O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti tarix fakulteti
Download 0.76 Mb. Pdf ko'rish
|
Arxivshunoslik. Ma\'ruza matni
Arxeografiya to’g’risidagi
tushuncha Arxeografik to’plam mavzusini tanlash Муаммоли савол: Археографик тўплам мавзусини танлашда нималар эътиборга олинади? 74 mustamlakachilik davri, tarixi, milliy ozodlik, jadidchilik harakatlari, sovet davri hamda Turkiston, Xorazm, Buxoro va O’zbekiston Respublikasi tarixi bilan bog’lik mavzular, istiqlolchilik harakati, kollektivlashtirish muammolari shunday mavzular sirasiga kiradi. Hujjatlar to’plami uchun mavzu tanlanayotganligini nazarda tutib, shu mavzu bo’yicha kulyozma hujjatlar arxivlarda qay darajada saqlanayotganligini, ya’ni bor yoki yo’qligini, ko’p yoki ozligini ham hisobga olish lozim. Tanlangan mavzu bo’yicha manbalar yetarli bo’lsagina bu mavzu davlat arxivi tomonidan tasdiqlanadi va ish boshlanadi. Mavzu yangiligi, shu mavzuga oid ilmiy adabiyotlarda u qanday ishlab chiqilganligi ishning ahamiyatini belgilashda muhim o’rin tutadi. Tanlangan mavzu yangi va fanda hali kam tadqiq qilingan bo’lishi zarur. Tarixiy adabiyotlarda yetarlicha to’la yoritib berilgan mavzuni qayta ishlashning foydasi yo’q. Shuning uchun hali o’rganilishi ahamiyatli bo’lgan, yangilik elementlari bor mavzularni tanlashga harakat qilish kerak. Buning uchun mavzuga oid adabiyotlar bilan tanishib chiqish talab etiladi. Mavzuni tanlashda yana shu narsa muhimki, tadqiqotchi, tarixchi-arxivchi O’zbekiston tarixi bilan shug’ullanadigan ilmiy-tadqiqot institutlarining bu sohadagi istiqbolli rejalarini hisobga olgan holda ish boshlasa, maqsadga muvofiq bo’ladi. Shunday qilib, ilmiy ishning mavzui tarix fanining vazifalaridan kelib chikkan xolda tanlanishi zarur. Mavzuni aniq, ifodalash juda muhim ahamiyat kasb etadi. U aniq ifodalangan bo’lishi lozim. Shundagina olib borilgan tadqiqot muvaffaqqiyatli chiqishi mumkin. Mavzu nomida masala, muammodan tashqari hududiy va xronologik doiralar ham ko’rsatilishi zarur. Agar hududiy doiralar tor bo’lsa, u holda xronologik doiralarni kengaytirish, va aksincha, agar xronologik doiralar tor bo’lsa, hududiy doiralarni kengaytirish kerak. Tadqiq qilinishi ko’zda tutilayottan mavzuning rejasi ham chuqur o’ylanib tuzilishi lozim, toki boblar va paragraflar mavzu mazmunini to’la ochib bersin. Ish rejasini tuzishdan avval adabiyotlar va manbalar bibliografiyasini tuzib olish hamda adabiyotlarni sinchiklab o’rganib chiqish zarur. Adabiyotlarni o’rganish jarayonida mavzuga doir asosiy masalalar doirasi aniqlab olinadi va shu asosda ish rejasi tuzib chiqiladi. Reja tadqiqotchining ilmiy ishni tayyorlash borasida qilinadigan ishlarida ma’lum bir qo’llanma bo’lib xizmat qiladi. Ishda qanday masalalar yoritilishi zarurligini aniq belgilab olish va uni chuqur tasavvur etish materiallar, hujjatlarni to’g’ri topish, hamda tanlash uchun juda muhim davr hisoblanadi. Ilmiy tadqiqot rejasi boshqa har qanday ilmiy ish rejasi singari to’plam tuzuvchilar tomonidan to’plamning mas’ul muharriri rahbarligida tuziladi. Dastlab ilmiy ish rejasi tuziladi. Demak, bu rejada hali mukammal Download 0.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling