75
bo’lmaydi. Taxminiy rejadagi savollar hajmi ilmiy
ishning tuzilajak mukammal
rejasidagi savollar hajmiga qaraganda keng yoki tor bo’lishi mumkin. Chunki unda
hali barcha mavjud manbalar hisobga olinmagan bo’ladi.
Ishning davom ettirish jarayonida taxminiy reja topilgan hujjatlar tarkibi,
mazmuniga qarab o’zgarib, aniqlashib, mukammallashib boradi. Ilmiy ishni yozish
uchun zarur bulgan barcha manbalar topil-ganidan
keyingina ishda aniq masala
yoki masalalarni to’la yoritish imkoniyati tug’iladi. E’lon qilingan, e’lon
qilinmagan manbalarning hammasi topilganidan keyin shu asosda qat’iy reja
tuziladi. Reja tuzishga ijodiy yondashib uni yangi
boblar va paragraflar bilan
to’ldirish yoki biron-bir bobdan, paragrafdan voz kechish, ayni paytda ayrim bob
va paragraflarni kengaytirish, yiriklashtirish mumkin. Rejaning strukturasi so’z
boshi, boblar, paragraflar va so’ng so’zdan iborat bo’ladi.
Quyida ilmiy ishning
dastlabki taxminiy rejasiga, uning o’zgarib borishiga misol keltiramiz.
Mavzuga taalluqli adabiyotlarni o’rganib chiqish asosida mana bunday
taxminiy reja tuzildi:
TURKISTON ChORIZM MUSTAMLAKAChILIGI DAVRIDA
Hujjatlar to’plami
Kirish
I bob. Turkistonning Rossiya tomonidan bosib olinishi.
II bob. Turkistonda milliy ozodlik harakati.
Mana shu rejaga binoan yig’ilgan hujjatlar
va materiallar rejani
o’zgartirishni talab qildi.
Yig’ilgan manbalar tarkibi va mazmuni rejadagi boblarni paragraflarga
bo’lishni taqozo kildi. Shu sababli ilmiy ishning uzil-kesil
variantini tayyorlash
jarayonida bu boblar bir necha paragraflarga ajratildi va yana bir bob qo’shildi.
Natijada ilmiy ishning qat’iy rejasi quyidagicha ko’rinish oldi.
Do'stlaringiz bilan baham: