76
2-§ Boj, soliq, pul islohotlari.
3-§ Turkiston xalqlarini madaniy qoloqlikka
mahkum etishga qaratilgan
tadbirlar hamda madaniyat va ma’rifat sohasidagi ruslashtirish siyosati.
III bob. Turkiston o’lkasida milliy davlatchilikni tiklash va istiqlol uchun
kurashning asosiy bosqichlari.
1-§ XIX asrning 80-90 yillaridagi xalq harakatlari.
2-§ Chorizmning o’lkadagi milliy ozodlik harakatlarini
bostirish uchun
maxsus jazo otryadlari tashkil etishi.
3-§ O’lkadagi 1916 yilgi milliy ozodlik qo’zg’oloni va uning oqibatlari.
4-§ Turkiston muxtoriyati (1917 yil noyabrp – 1918 yil fevralp) - milliy
davlatchilikni tiklash yo’lidagi birinchi qadam.
Ilovalar.
Shuni ta’kidlash lozimki, ilmiy ish rejasi
muayyan muammo va mavzu
tamoyiliga ko’ra (mavzu tadqiq, qilinayotgan masalani umuman ochib beradigan
muammolarga bo’linadi), shuningdek xronologik tamoyilga ko’ra (boblar ma’lum
tarixiy davrlarga bag’ishlanadi, mavzu esa tarixiy izchillikda ochib beriladi)
tuzilishi mumkin. Bizning rejani muammoli tarzda tuzish usuli qulay ko’rinadi.
Bunda
mavzudagi asosiy, bosh muammolar boblarning nomlarida aks eggirilgan
bo’ladi. Paragraflar bobning alohida tomonlarini ochib beradi. Barcha paragraf va
boblar birgalikda tadqiq qilinayotan mavzuni butunlay o’z ichiga oladi.
Shunday qilib,
mavzu tanlash, ilmiy ish tuzilishining ishlab chiqilishi,
aniqrog’i bob va paragraflar sarlavhalarini aniqlash
tarixga oid tadqiqotning,
hujjatlar to’plami qo’lyozmasi ustida ishlashning muhim va mas’uliyatli bosqichi
hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: