O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti tarix fakulteti


Download 0.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet66/72
Sana18.10.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1708023
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   72
Bog'liq
Arxivshunoslik. Ma\'ruza matni

Hujjatlarni yig’ish va tanlash 
usuli 


78 
hujjatlardan ko’chirma olish foydalidir. Hujjatlardan ko’chirmalarning xar birini 
alohida-alohida varaqlarga yozish maqsadga muvofiq. Shunda ularni ayrim 
masalalar bo’yicha istalgan tartibda joylashtirish oson bo’ladi. 
Adabiyotlar, e’lon qilingan manbalar bilan birga vaqtli matbuotni ham 
o’rganib borish foydadan holi emas. Gazeta va jurnallardan to’plam uchun hujjatlar 
yig’iladi. Shuningdek, ular tadqiq qilinayotgan davrni, mavzuga oid tarixiy 
jarayonlarni har tomonlama o’rganishda ko’maklashadi. 
Yuqorida hujjatlar to’plamini tayyorlashda kitoblardan, e’lon qilingan 
manbalardan foydalanibgina qolmasdan, balki vaqtli matbuotdan, ya’ni gazeta va 
jurnallardan ham foydalanish kerak deyildi. Vaqtli nashrlarda muhim davlat 
hujjatlari, davlat rahbarlarining nutqlari e’lon kilinadi, iqtisodiyot, fan, madaniyat 
sohasida erishilgan so’nggi yutuqlar, jamiyat xayotidagi muhim voqyealar yoritib 
boriladi. 
Gazetadagi materiallar tematikasi, ularning joylashtirilishi, maxsus 
bo’limlar, ruknlar talabaga, tadqiqotchiga uni qiziqtirayotgan mavzu uchun 
materialni qiynalmasdan topish imkonini beradi. Jurnallarda esa ulardagi 
mundarijalar, hamda yil bo’yi e’lon qilingan maqola va materiallar ro’yxati 
(odatda, bunday ro’yxatlar jurnalning xar yili oxiridagi sonida e’lon qilinadi) 
kerakli maqola va chiqishni topishda yordam beradi. Gazeta va jurnal 
materiallarini o’qish chog’ida ulardan zarur ko’chirmalar olib borish maqsadga 
muvofiq. Bu ish materialning mazmuniga qarab qilinadi. Shuningdek, gazeta va 
jurnallardan mavzuga doir hujjatlardan ham nusxa olinadi. 
Vaqtli matbuotda rasmiy hujjatlar (Oliy Majlis sessiyalari materiallari va 
boshqa muhim anjumanlarning qarorlari, stenografik hisobotlari va protokollari) 
bilan bir qatorda jamoat tashkilotlari, jamoalar, mexnatkashlarning alohida 
vakillari haqidagi materiallar ham muntazam berib boriladi. 
Aynan mana shunday materiallarning arxivlarda kamligi vaktli matbuot 
materiallarining tadqiqot uchun muhim manbaga aylanishidan dalolat beradi. 
Ilmiy asar tayyorlashsa arxiv hujjatlarining ahamiyati benihoyat kattadir. 
O’zbekiston tarixiga doir ko’plab voqyea va ijtimoiy xodisalarni faqat arxiv 
hujjatlari orqali bilish mumkin. Shuning uchun hujjatlar to’plamini tuzishda asosan 
arxiv hujjatlaridan foydalanish maqsadga muvofik. 
Tajriba shuni ko’rsatadiki, bunga e’lon qilingan kitoblarni o’qib, hujjatlarni 
yig’ib bulgandan keyin kirishish mahkuldir. Chunki ilmiy ishlarda foydalanilgan 
hujjatlarni, dalil va misollarni arxivdan olishning xojati yo’q. Bunday hollarda 
tadqiqotchilarga zarur ma’lumot va hujjatlarni kitoblardan, matbuotdan olish 
tavsiya qilinadi. Arxivdan faqat yangi, boshqa olimlar hali foydalanib ulgurmagan 
hujjatlarni olish maqsadga muvofiqdir. Shunday arxiv hujjatlari asosida yangi 
xulosalar qilish, fikrlar aytish va fanga yangilik kiritish mumkin. 

Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling