O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti tarix fakulteti


Download 0.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/72
Sana18.10.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1708023
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   72
Bog'liq
Arxivshunoslik. Ma\'ruza matni

Arxeografiya to’g’risidagi 
tushuncha 
Arxeografik to’plam 
mavzusini tanlash 
Муаммоли савол: Археографик тўплам мавзусини 
танлашда нималар эътиборга олинади? 


74 
mustamlakachilik davri, tarixi, milliy ozodlik, jadidchilik harakatlari, sovet davri 
hamda Turkiston, Xorazm, Buxoro va O’zbekiston Respublikasi tarixi bilan 
bog’lik mavzular, istiqlolchilik harakati, kollektivlashtirish muammolari shunday 
mavzular sirasiga kiradi. Hujjatlar to’plami uchun mavzu tanlanayotganligini 
nazarda tutib, shu mavzu bo’yicha kulyozma hujjatlar arxivlarda qay darajada 
saqlanayotganligini, ya’ni bor yoki yo’qligini, ko’p yoki ozligini ham hisobga olish 
lozim. Tanlangan mavzu bo’yicha manbalar yetarli bo’lsagina bu mavzu davlat 
arxivi tomonidan tasdiqlanadi va ish boshlanadi. 
Mavzu yangiligi, shu mavzuga oid ilmiy adabiyotlarda u qanday ishlab 
chiqilganligi ishning ahamiyatini belgilashda muhim o’rin tutadi. Tanlangan 
mavzu yangi va fanda hali kam tadqiq qilingan bo’lishi zarur. Tarixiy 
adabiyotlarda yetarlicha to’la yoritib berilgan mavzuni qayta ishlashning foydasi 
yo’q. Shuning uchun hali o’rganilishi ahamiyatli bo’lgan, yangilik elementlari bor 
mavzularni tanlashga harakat qilish kerak. Buning uchun mavzuga oid adabiyotlar 
bilan tanishib chiqish talab etiladi. 
Mavzuni tanlashda yana shu narsa muhimki, tadqiqotchi, tarixchi-arxivchi 
O’zbekiston tarixi bilan shug’ullanadigan ilmiy-tadqiqot institutlarining bu 
sohadagi istiqbolli rejalarini hisobga olgan holda ish boshlasa, maqsadga muvofiq 
bo’ladi. Shunday qilib, ilmiy ishning mavzui tarix fanining vazifalaridan kelib 
chikkan xolda tanlanishi zarur. 
Mavzuni aniq, ifodalash juda muhim ahamiyat kasb etadi. U aniq 
ifodalangan bo’lishi lozim. Shundagina olib borilgan tadqiqot muvaffaqqiyatli 
chiqishi mumkin. 
Mavzu nomida masala, muammodan tashqari hududiy va xronologik 
doiralar ham ko’rsatilishi zarur. Agar hududiy doiralar tor bo’lsa, u holda 
xronologik doiralarni kengaytirish, va aksincha, agar xronologik doiralar tor 
bo’lsa, hududiy doiralarni kengaytirish kerak. Tadqiq qilinishi ko’zda tutilayottan 
mavzuning rejasi ham chuqur o’ylanib tuzilishi lozim, toki boblar va paragraflar 
mavzu mazmunini to’la ochib bersin. 
 
Ish rejasini tuzishdan avval 
adabiyotlar 
va 
manbalar 
bibliografiyasini tuzib olish hamda adabiyotlarni sinchiklab o’rganib chiqish zarur. 
Adabiyotlarni o’rganish jarayonida mavzuga doir asosiy masalalar doirasi aniqlab 
olinadi va shu asosda ish rejasi tuzib chiqiladi. Reja tadqiqotchining ilmiy ishni 
tayyorlash borasida qilinadigan ishlarida ma’lum bir qo’llanma bo’lib xizmat 
qiladi. Ishda qanday masalalar yoritilishi zarurligini aniq belgilab olish va uni 
chuqur tasavvur etish materiallar, hujjatlarni to’g’ri topish, hamda tanlash uchun 
juda muhim davr hisoblanadi. Ilmiy tadqiqot rejasi boshqa har qanday ilmiy ish 
rejasi singari to’plam tuzuvchilar tomonidan to’plamning mas’ul muharriri 
rahbarligida tuziladi. 
Dastlab ilmiy ish rejasi tuziladi. Demak, bu rejada hali mukammal 

Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling