22
2-Mavzu: OVQATLANTIRISH KORXONALARI VA ULARNING
TASNIFLANISHI
Reja:
1. Ovqatlantirish korxonalarining tavsifi va turlari
2. Ovqatlantirish korxonalarining toifalari
3. Ovqatlantirish
korxonalarini
joylashtirish
tamoyillari
1. Ovqatlantirish korxonalarining tavsifi va turlari
Ovqatlantirish korxonalari - pazandachilik mahsulotlarini tayyorlaydigan va
ularni mijozlarga yetkazib berishni tashkil etadigan maskandir.
Ishlab chiqarish
faoliyati turiga qarab ovqatlantirish korxonalari quyidagilarga bo‘linadi: restoran,
kafe, bar, bufet, tamaddixona, oshxona va boshqalar.
Korxona ishlab chiqarishni
to‘la amalga oshirgan holda xomashyoni qayta ishlaydi,
yarim tayyor va tayyor
mahsulotlar ishlab chiqaradi, so‘ngra o‘zlari zallarda, bufet va taom magazinlarida
ularni sotadi. Turlari, joylashgan joyi, moddiy - texnik jihozlanganligi darajasi va
hajmiga qarab ovqatlantirish korxonalari turlarga bo‘linadi.
Savdo belgisi bo‘yicha ovqatlantirish korxonalari taom mahsulotlarini
dastlabki tayyorlov va tayyorlashgacha bo‘lgan davrlarga bo‘linadi.
Dastlabki tayyorlov korxonasi - mexanizatsiyalashgan korxona bo‘lib, yarim
tayyor
mahsulotlarni,
shuningdek,
taom
va
qandolat
mahsulotlarini
markazlashtirgan holda ishlab chiqarishga mo‘ljallangan.
Taom mahsulotlari va
yarim tayyor mahsulotlarni ishlab chiqaruvchi fabrikalar - ovqat fabrikalari, fabrika
- oshxonalar, ovqatlarni
tez muzlatadigan fabrikalar, yarim tayyor mahsulot
tayyorlaydigan maxsus korxonalardir. Yarim tayyor
mahsulotlar tayyorlash va
ularni majmuali ta’minlashgacha bo‘lgan davrda ovqat mahsulotlari va yarim
tayyor mahsulotlar fabrikasi xizmat qiladi. Ularda yuqori ishlab chiqarish asbob -
23
uskunalar bilan jihozlangan, mexanizatsiyalashgan va avtomatlashtirilgan liniyalar,
avtomatlar harakat qiladi.
Fabrikalar maxsus xonalarga xomashyo va tayyor
mahsulotlarni tegishli
haroratda saqlaydigan sovutgich va muzlatgichlari bo‘lgan omborxona xo‘jaligiga
ega korxonadir.
Do'stlaringiz bilan baham: