O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti g. R. Tursunova


Furshet - banketda xizmat ko‘rsatish


Download 6.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet156/194
Sana12.11.2023
Hajmi6.77 Mb.
#1768385
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   194
Bog'liq
Ресторан бизнеси. Ўқув қўлланма

Furshet - banketda xizmat ko‘rsatish. Furshet - banketlarda xizmat ko‘rsatish 
me’yor bo‘yicha har bir ofitsiantga 18 - 20 tadan mehmon to‘g‘ri keladi. Ofitsiantlar 
zal stollari qarshisida tik turgan holda mehmonlarga ichimliklar qo‘yib beradi, taom 
va gazaklarni solib stol ustiga qo‘yadi. Taklif qilinganlarning hammasiga, stollar 
yoniga kela olmagan mehmonlarni xisobga olib ofitsiantlar qolgan mehmonlarga ham 
xizmat ko‘rsatishi, ichimliklar, taomlar, gazaklar taqdim etishi lozim. Ichimliklar 
tarqatishda ofitsiantlar quyidagi qoidaga rioya qilishlari kerak: 


275 

ofitsiant podnosda ryumkalar, ichimliklar qo‘yilgan holda chap qo‘li bilan 
olib yuradi, ryumkalar ustiga salfetkalar yopilgan bo‘ladi, mehmonlarga ichimliklar 
taklif qiladi va o‘ng qo‘li bilan olib beradi; 

ofitsiant mehmonlarga xizmat ko‘rsatish paytida ichimlik shishalari 
etiketkasi mehmonlarga ko‘rinib turishiga e’tibor berish kerak. Bu ishni ikkita 
ofitsiant bajarsa ham bo‘ladi: bitta ofitsiant shisha va ryumkalar qo‘yilgan podnosni 
olib boradi, ikkinchi ofitsiant mehmonlarga ichimliklar tavsiya etadi va xohish 
bildirganlariga quyib beradi. 
Stol yaqinida bo‘lmagan mehmonlar uchun ofitsiant stoldan gazak taklif qiladi, 
bunday hollarda mehmon stoldan bo‘sh tarelkani oladi va ofitsiant unga gazak solib 
beradi.
Bosh ofitsiant ishorasi bilan mehmonlar sovuq gazaklarning asosiy qismini 
tamaddi qilib bo‘lganlaridan so‘ng (20 - 30 daqiqa), ofitsiantlar issiq gazak va 
taomlar berishni boshlaydilar. Issiq gazak va taomlar har bir kishi uchun alohida 
idishlarda keltiriladi. Issiq gazak va taomlarni ofitsiantlar ikki kishi bo‘lib olib kelishi 
ham mumkin.
Issiq taomlardan so‘ng, har xil shirinliklar va ularga tegishli idish - tovoq va 
anjomlar stolga qo‘yiladi. Ichimliklardan shampan vinosi va qadahlar har bir 
mehmonga tavsiya qilinadi. Furshet - banket kofe ichish bilan yakunlanadi.
Butun xizmat ko‘rsatish jarayonida ofitsiantlar stollarga qarab turadi, 
foydalanilgan idishlar, bo‘shagan shishalarni darrov yig‘ishtirib oladi, ularni 
yuvadigan xonaga topshiradi, toza idishlarni olib kelib turadi. Banket tugagach
yig‘ishtirish ishlari quyidagi tartibda o‘tadi:

eng avval salfetkalar, shishalar, guldonlar va anjomlar navbati bilan 
olinadi; 

chinni, shisha idishlar yig‘ishtiriladi; 

stol ustiga to‘shalgan dasturxonlardan non ushoqlari va taom qoldiqlari 
tozalab olinadi, podnoslarga solinadi; 


276 

dasturxonlar va ular ostiga to‘shalgan matolar o‘rab olinadi va keyin pol 
tozalanadi. 

Download 6.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling