O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti g. R. Tursunova


Download 6.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet157/194
Sana12.11.2023
Hajmi6.77 Mb.
#1768385
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   194
Bog'liq
Ресторан бизнеси. Ўқув қўлланма

Kokteyl - banket. Konferensiya, ko‘rgazma va yig‘ilish qatnashchilari uchun 
kokteyl - banketlar tashkil qilinadi. Odatda, bunday banketlar kechqurun o‘tkaziladi 
va 2 soat davom etadi. Kokteyl - banket uchun stollarning uzunligi 2 - 4 m, eni 1 - 1,5 
m bo‘ladi. Kokteyl - banketlar o‘tkazishda qat’iy bir tartib o‘rnatilmagan. 
Belgilangan vaqt ichida mehmonlar o‘zlari uchun qulay paytda kelishlari va ketishlari 
mumkin. Kokteyl - banketlarning o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, ularning 
taomnomasida kokteyl va turli - tuman alkogolsiz ichimliklar qo‘yiladi. 
Kokteyl - banketni o‘tkazish tartibi ancha ixcham, ortiqcha jihoz, idish - tovoq 
va anjomlar talab qilinmaydi. Bu banketga ham boshqa banketlarga o‘xshash talablar 
qo‘yiladi. Ammo, bu banket ancha arzon tushadi. Kokteyl - banketlari alkogolsiz 
deyilsa ham, ehtiyoj bo‘lganda spirtli va boshqa ichimliklar beriladi. Ya’ni, kon’yak, 
likyor, vino va shu kabi ichimliklar aralashmasidan shakar va ziravorlar qo‘shib 
tayyorlangan shirin, xushbo‘y ichimliklar taklif qilinadi. Bunday banketlar ko‘pincha 
xorijiy davlatlarda o‘tkaziladi. 
Banketga tayyorgarlik ko‘rish. Zalga banket stollari qo‘yilmaydi, ammo 
zalning qulay joyida, devor yonlarida, ustunlar atrofida va boshqa joylarda stollar 
bo‘ladi.
Banketda idishlarga solingan gazaklar, ryumka, qadahlarga qo‘yilgan 
ichimliklarni ofitsiantlar podnoslarda olib yurib mehmonlarga taklif qiladi. Yyengil 
turli xildagi gazaklar, sovuq taomlar, issiq taomlar oz - ozdan solinib tarqatiladi. 
Baliqli taomlar, shirinliklar ko‘p bo‘ladi.
Kokteyl - banketlarida cheklangan miqdorda chinni, shisha idishlar va metall 
buyumalardan foydalaniladi. Ryumka, qadahlar ko‘proq kerak bo‘ladi. Kokteyl - 
banketlari uchun ishlatiladigan idish - tovoq va anjomlar miqdori keladigan 
mehmonlar soni va malakasiga, gazak va ichimliklar assortimentiga, banket 
o‘tkazilayotgan zalning muvofiqligi va boshqa sabablarga bog‘liq. 


277 
 
 
 
 
3-rasm. Banket zali 
Kokteyl - banket restoranda o‘tkazilmay, boshqa binoda o‘tkaziladigan bo‘lsa, 
u joyni banket zaliga o‘xshatib bezash kerak. Bunday hollarda hamma narsa shu 
yerning o‘zida tayyorlanadi. Agar banket o‘tkazish uchun ikkita xona bo‘lsa, birida 
bufet joylashadi, boshqasida gazak va taomlar tayyorlanadi. Bu ishni bufetchi va 
ofitsiantlar bajaradilar. Bufetni ishga tayyorlash, kokteyl tayyorlash, ryumka va 
qadahlarga qo‘yilgan ichimliklarni stollarga tez qo‘yish uchun bir necha bufetchilar 
yoki tajribali ofitsiantlar tayinlanadi. Bufetchilar xizmat ko‘rsatadigan bo‘lsa, ularga 
yordamchilar tayinlanadi, yordamchilar tezlik bilan ichimliklarni qo‘yib beradi.
Banketga tayyorgarlik ko‘rganda bufet stollariga, albatta, ichimliklarni xisobga 
olgan holda, ryumka, stakan, qadahlar guruhlab qo‘yib chiqiladi. Qolgan idish - tovoq 
va anjomlar bufetda saqlanadi. Ichimliklar banket boshlanishidan oldin ochilib 
tayyorlanadi. Birinchi mehmon kelganiga qadar ryumka, stakan, qadahlarning 


278 
to‘rtdan bir qismi ichimliklar bilan to‘ldiriladi va podnoslarga qo‘yilib, usti salfetka 
bilan yopiladi. Ichimliklar idishlarga to‘ldirib qo‘yilmaydi, ya’ni uchdan ikki 
qismigacha qo‘yiladi. Ichimliklar orasidagi masofa 1 - 2 sm dan ko‘p bo‘lishi kerak.
Banket boshlanishidan bir necha daqiqa oldin ofitsiantlar taom va ichimliklarni 
yordamchi stollarga olib kelib qo‘yadi. Lekin ishlatiladigan barcha idish – tovoqlar 
toza, talabga javob berishi lozim. 

Download 6.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling