O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti g. R. Tursunova
Kokteyl - banketda xizmat ko‘rsatish
Download 6.77 Mb. Pdf ko'rish
|
Ресторан бизнеси. Ўқув қўлланма
- Bu sahifa navigatsiya:
- Banket stoli
- Choy - banketi.
- Banketga tayyorgarlik ko‘rish.
Kokteyl - banketda xizmat ko‘rsatish. Zalga kirishda mehmonlarni banket
tashkilotchilari kutib oladi. Mehmonlardan birinchisining zalda ko‘rinishi bilan ofitsiantlar xizmat ko‘rsatishni boshlaydi. Xizmat boshlanishida zalda qancha mehmon borligiga qarab, tirsak barobarida ko‘targan ofitsiantlar avval chap qo‘lda podnosda ichimliklar, keyin boshqa ofitsiantlar gazaklarni olib, har bir mehmon oldiga kelib ichimlik va gazaklarni tavsiya etadi. 4-rasm. Banket stoli Ba’zida mehmonlar sharbat so‘rashi mumkin, lekin ofitsiantda bu ichimlik bo‘lmasa, bufetdan olib keladi. Agar mehmon istagan ichimlik bufetda ham bo‘lmasa, ofitsiant mehmondan uzr surab, boshqa ichimlik taklif qilishi mumkin. 279 Ba’zi mehmonlar bo‘shagan ryumka, qadahlarini podnosga qo‘yishni xohlasalar, ofitsiant podnosni tutadi yoki ryumkani o‘ng qo‘li bilan olib eng yaqin yordamchi stolga qo‘yadi. Issiq gazaklarni banket egasi va bosh ofitsiant bilan kelishilgan holda beriladi. Gazaklar bo‘lakchalarga bo‘lingan bo‘lsa, har bir bo‘lakchaga bittadan alohida sanchgich bo‘ladi, mehmonlar bemalol olib iste’mol qiladi. Gazak bilan mehmonlar atrofida yurgan ofitsiant podnosni chap qo‘lida, o‘ng qo‘lida esa bo‘shagan sanchgichlarni solishi uchun tarelka bo‘ladi. Ofitsiantlar mehmonlar kelganidan boshlab to oxirgi mehmon qolguncha uzluksiz xizmat qiladi. Choy - banketi. Choy - banketlar tug‘ilgan kunlar va boshqa tadbirlarda o‘tkaziladi. Bunday banketlarda mehmonlar uncha ko‘p bo‘lmaydi. Bunday tadbirlar ko‘p hollarda soat 16 dan 18 largacha o‘tkaziladi va 2 soat davom etadi. Choy - banketini o‘tkazilishda qat’iy qoida yo‘q. U erkin holda o‘tkaziladi. Banketga tayyorgarlik ko‘rish. Choy - banketiga tavsiya etiladigan jihozlardan aylana, uzun stollar, ular bo‘lmasa kvadrat, to‘g‘ri to‘rtburchakli stol - o’rindiqlar, o’rindiqlar, yumshoq kursi va divanlar qo‘yiladi. Choy stollari zalning markaziga yoki mehmonlar uchun qulay joylarga joylashtiriladi. Zalga bir qancha stollar qo‘yiladigan bo‘lsa, ular orasida mehmonlar o‘tishi, ofitsiantlar yurishi uchun yo‘lak bo‘lishi lozim. Asosiy choy stollaridan tashqari ofitsiantlar uchun yordamchi stollar ham qo‘yiladi. Tadbirning mavzusiga qarab rang - barang gulli dasturxonlar va ularga mos keladigan sochiq - salfetkalar tanlanadi. Lekin silliqlangan, oyna bilan qoplangan stollarga dasturxon to‘shalmaydi. Banket taomnomasida taomlardan tashqari quritilgan mevalar non - qandolat mahsulotlari, har xil turdagi shirinliklar ham bo‘ladi. Choy stoliga sovuq gazaklar berish tavsiya etilmaydi. Mevalar uchun tarelkalar va anjomlar 4 - 6 tadan taxlanib, mehmonlar uchun qulay joyga qo‘yiladi. Ular xizmat qiluvchilar uchun ham qulay bo‘lishi kerak. Choy - banket stoliga mayda dessert tarelkalari, spirtli ichimlik idishlari, ryumkalar, shampan vinosi qadahlari, choynak - piyola, qanddon va qandni olgich, 280 qandolat mahsulotlarini solish uchun idishlar qo‘yiladi. Choy stolidagi har bir mehmonga agar taomnomaga kiritilgan bo‘lsa, kichik dessert tarelkasi, uning yoniga likyor va kon’yak uchun ryumka qo‘yiladi. Ba’zi banketlarda shampan vinosi ham beriladi. Shampan vinosi uchun qadahlar vino ryumkalarining chap tomonida turadi. Pichoq, sanchqi, qoshiq dessert tarelkalariga yoki uning yoniga qo‘yiladi. Gulli sochiq - salfetkalar chiroyli buklanib, dessert tarelkalariga yoki ularning yoniga, chap tomonga qo‘yiladi. Kuldon, sigaretalar, gugurt choy stoliga qo‘yilmaydi. Ular zarur bo‘lganda ofitsiantlar olib kelib beradi. Choy stolining bezagi-samovardir. U asosiy stol ustiga yoki maxsus tayyorlangan stolga qo‘yiladi. Chinni choynak - piyolalar, chashkalar samovar yonida bo‘ladi. Download 6.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling