O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti g. R. Tursunova
Ofitsiantlarni xizmatga tayyorlash
Download 6.77 Mb. Pdf ko'rish
|
Ресторан бизнеси. Ўқув қўлланма
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jihozlarni joylashtirish.
Ofitsiantlarni xizmatga tayyorlash. Bosh ofitsiantning vazifasi ofitsiantlarga
tadbir yoki banket haqida tushuntirishi, banket boshlanadigan kun esa bosh ofitsiant hamma ofitsiantlarni yig‘ib, banket qachon boshlanishi, mehmonlarning soni, ularning tarkibi (millati, jinsi, yoshi) haqida axborot beradi. Mehmonlarni qabul qilib olib, joylashish rejalari bilan tanishtiradi, taom va ichimliklar taomnomasi, banket stollarini bezash xususiyatlari haqida ko‘rsatma beradi. Shuningdek, bosh ofitsiant xizmat ko‘rsatish, banket stolini bezash, kofe stollarini tayyorlash, bufetdan mahsulotlarni olish va tayyorgarlik bo‘yicha ofitsiantlarni tayyorlaydi. Bosh ofitsiant mehnat taqsimoti tamoyili asosida rahbarlik qiladi. 2-4 mehmonga bitta ofitsiant xizmat ko‘rsatadi. Yoki bir ofitsiant taom keltirsa, ikkinchisi ichimlik olib keladi. Agar banket 50-60 daqiqa davom etadigan bo‘lsa, xizmatni quyidagicha tashkil qilish mumkin. 12-16 nafar mehmonga 3 ta ofitsiant xizmat ko‘rsatadi, ikkitasi 284 taomlar, bittasi ichimlik keltiradi. Hamma mehmonlarga barobar xizmat qilinadi. Ba’zi hollarda tegishli miqdordagi mehmonlarga birgina ofitsiant xizmat ko‘rsatishi, ham taom, ham ichimliklar bilan o‘zi ta’minlashi mumkin. Jihozlarni joylashtirish. Banket o‘tkazishda jihozlar tartib bilan joylashtiriladi. Stol va o’rindiqlar, ofitsiant uchun yordamchi stol va servantlar qo‘yiladi. Agar banket qatnashchilari uncha ko‘p bo‘lmasa, aylana shakldagi stol atrofiga joylashtirish lozim, chunki bu ancha qulay, hamma qatnashchilar bir - birlarini ko‘rib turadilar. Bunday stollarga 8 - 12 nafargacha mehmonlarni joylashtirish mumkin. Restoranda hamma vaqt ham tegishli banket stollari bo‘lavermaydi. Agar buyurtma berilgan bo‘lsa, kofe uchun alohida zal tayyorlanadi va kofe tarqatishda aylana yoki uzun stollardan foydalanish tavsiya etiladi, ularga 12 - 20 nafargacha mehmonlar joylashtiriladi. Banket stollarini joylashtirishda zalning maydoni, uning sig‘imi, banket ishtirokchilarining soni, bino ichki dezayni inobatga olinadi. Stollarni bir qator, bir - biriga parallel qilib qo‘yish ham mumkin. Bunda hurmatli mehmonlar uchun alohida joy ajratiladi. Eng muhimi tashrif buyuruvchilarning hech biri hurmatli mehmonlarga orqa tomoni bilan o‘tirmasligi kerak va bu haqda bosh ofitsiant bilishi lozim. O‘rinlarni rejalashtirganda buyurtmachi bilan kelishib olishi, ayniqsa, xorijiy turistlar ziyofatida o‘sha mamlakatga xos udumlar qo‘llanilishi maqsadga muvofiq bo‘ladi. Mehmonlar stoli bilan asosiy stollar orasida 1 - 2 m yo‘lak bo‘lishi zarur. Hurmatli mehmonlar uchun stolning faqat bir tomoni bezatiladi, uning eni ensizroq bo‘ladi, lekin 70 sm dan kam bo‘lmasligi kerak. Zalda banket stollaridan tashqari yordamchi stollar va servantlar devor burchaklari hamda ustunlari atrofiga qo‘yiladi. Ular idish - tovoq va anjomlar, ichimliklar qo‘yishda foydalaniladi. Ularning soni zal maydoniga bog‘liq bo‘lib, bitta yordamchi stol yoki servant 12 - 16 kishiga xizmat ko‘rsatish uchun yetarli xisoblanadi. Download 6.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling