O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti g. R. Tursunova
Download 6.77 Mb. Pdf ko'rish
|
Ресторан бизнеси. Ўқув қўлланма
Sotilgan mahsulot (amalga oshirilgan ehtiyoj)-ovqatlantirish korxonalarining
mahsulot va xizmat iste’molchilar talabini qondirish darajasi bilan belgilanadi. Qanoatlantirilmagan ehtiyoj aholiga kerakli taomlar, qandolat mahsulotlari, yarim tayyor mahsulotlar va boshqalarning yetishmovchiligi bilan belgilanadi. Shakllanayotgan ehtiyoj hali yuzaga chiqmagan mahsulotning asosiy qismi tayyorlangan bo‘ladi. Shunga muvofiq ovqatlantirish korxonalarining mahsulotga bo‘lgan ehtiyojini o‘rganish usuli uchta asosiy guruhga ajratiladi: realizatsiya qilingan mahsulotga bo‘lgan ehtiyojni o‘rganish usuli; qanoatlantirilmagan mahsulotga bo‘lgan ehtiyojni o‘rganish usuli; shakllanayotgan mahsulotga bo‘lgan ehtiyojni o‘rganish usuli. Realizatsiya qilingan mahsulotlarga bo‘lgan ehtiyojni o‘rganish usuli - bu yaxlit yoki tanlab olingan statistik tadqiqotlardir. Statistik ma’lumotlar natijasi ehtiyojning taraqqiyoti, uning tizimi, mavsumiy o‘zgarishi umumiy taraqqiyot qonuniyatlarini aniqlash uchun imkoniyat yaratadi. Masalan, taomlarning turlari, mahsulot sarflanishi haqidagi xisobot bo‘yicha ehtiyoj hajmi va miqdorini bildiruvchi 330 ma’lumotlardir. O‘tgan davr mobaynida qancha taom sotilganligi haqidagi tahlil natijalari qaysi taomlar mijozlar tomonidan ko‘p iste’mol qilingan va qancha sotilganligini bilishga imkon beradi. Bu ma’lumotlar asosida taomnomadan ehtiyoji yo‘q taomlar chiqarib tashlanadi va uning o‘rniga mijozlar tavsiya etadigan, assortimentda nazarda tutilgan yangi taomlar kiritiladi. Realizatsiya qilingan taomlarga bo‘lgan ehtiyojni o‘rganish ayrim mijozlar buyurgan taomning umumiy bahosini xisobga olish yo‘li bilan aniqlanadi. Bunday xizmatni amalga oshirish bitta mijoz buyurgan taom bahosini xisoblab, korxonada g’azna mashinasida chek yozib berish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Qanoatlantirilmagan mahsulotga bo‘lgan ehtiyojni o‘rganish usuli - anketalarga javob berish yo‘li bilan aniqlanadi. Anketa savoliga javob mijoz yoki anketa to‘ldiruvchisi tomonidan beriladi. Bunday savol - javoblar ovqatlantirish korxonalarida, mijozning ish joyi yoki uyida ham o‘tkazilishi mumkin. Bundan tashqari qanoatlantirilmagan mahsulotga bo‘lgan ehtiyojni o‘rganish bo‘yicha ma’lumotlarni kechki taom iste’molchilar konferensiyasi ham berishlari mumkin. Restoranlar va ovqatlantirish korxonalarida o‘tkaziladigan kunduzgi konferensiyalarda ishtirokchilar mahsulotlar assortimenti haqida gapirishi va xizmatlarni yaxshilashi haqida takliflar kiritadi. Bunday konferensiyalar restoranlar va ovqatlantirish korxonalarining doimiy mijozlari ko‘p bo‘lgan tashkilotlarda o‘tkaziladi. Konferensiyani o‘tkazish kuni, vaqti va joyi haqida restoranlar va ovqatlantirish korxonalari xodimlari aholiga e’lonlar, taklifnomalar orqali oldindan xabar berishlari lozim. Shakllanayotgan mahsulotga bo‘lgan ehtiyojni o‘rganish usuli - qandolat mahsulotlari va yarim tayyor mahsulotlar ko‘rgazma - sotuv jarayonida amalga oshiriladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling