O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti g. R. Tursunova
• Tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanishga bo‘lgan qobiliyati 2
Download 6.77 Mb. Pdf ko'rish
|
Ресторан бизнеси. Ўқув қўлланма
1.
• Tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanishga bo‘lgan qobiliyati 2. • Ma'lumotli 3. • Kadrlarni to‘g‘ri tanlash va o‘qitish qobiliyati 4. • Tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish istagi 5. • Ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadigan xodimlarni boshqarish qobiliyati va ularning faoliyatini umumiy vazifalarni yechishga qaratishni tashkillashtirish 6. • Xususiy tadbirkorlik faoliyatinig qonun va sharoitlarini bilishi 7. • Tavakkalchilikka (xatarga) tayyorligi 8. • O‘zining imkoniyatlari va kuchiga to‘g‘ri baho bera olishi 9. • Yangiliklarga va tadqiqotlarga moyilligi 10 • Samimiy inson 11 • Atrofidagilarga hurmat bilan qarashi 12 • Mijozlarga bo‘lgan hurmat 109 sanitariya - gigiyena va texnologik talablar, taom hamda qandolat mahsulotlari ro’yxati to‘plamini bilishi; ovqatlantirish korxonasini boshqarish va mehmonlarga xizmat ko‘rsatish tizimini bilishi; mehmonlarga xizmat ko‘rsatish usullari va shakllarini bilishi; ovqatlantirish sohasi iqtisodiyoti va bozorini yaxshi bilishi; rasmiyatchilik va narxlash tartibini bilishi; taomnomani tuzishga qo‘yiladigan talablar va ko‘rsatiladigan xizmatlarni shakllantirishni bilishi; yaxshi nazorat qiluvchi va boshqaruvchi bo‘lishi; texnika xavfsizligi, yong‘inga qarshi tadbirlar, sanitariya - gigiyena qoidalari va me’yorlarini bilishi kerak. Menejerning majburiyatlariga quyidagilar kiradi: biznes - rejani ishlab chiqish va uni realizatsiya qilishni amalga oshirib borish; oshxonada ishlatiladigan mahsulot turlari, amal qilish muddati, sifati, hamda realizatsiya qilish bo‘yicha shartnomalar imzolash va muzokaralar olib borish; menejer boshqa korxonalar bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnata olishi kerak. Chunki hamkor korxonalar bilan ishlash davomida o‘z korxonasining faoliyatini kengaytirib borish imkoniyati ham bo’lishi mumkin. Buning natijasida korxonaning iqtisodiy - ijtimoiy holatini mustahkamlashi, nafaqat mahalliy aholi, balki xorijdan tashrif buyurayotgan turistlarni ham jalb qila olishi mumkin; xodimlarni ishga olish va ularni boshqarish, o‘z guruhidagi xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarni boshqara olishi, ularning faoliyatini, sifatli xizmat ko‘rsatishini nazoratga olishi; menejer mijozlarga nisbatan xushmuomala bo‘lishi kerak, ya’ni «mijoz hamisha haq» qoidasiga amal qilish korxonaning kelajakda yanada yaxshi faoliyat olib borishiga zamin yaratadi; 110 tuy, banket va boshqa tadbirlarga xizmat ko‘rsatish uchun buyurtmalar qabul qiladi. Shu jumladan, VIP - mehmonlar uchun tadbirli marosimlarga xizmat ko‘rsatishni shaxsan tashkillashtiradi; menejer texnologik jarayonlarni yaxshi o‘zlashtirgan bo‘lishi, taom tayyorlash, uni tayyorlashda ishlatiladigan asbob - uskunalar ishini yaxshi bilishi lozim; menejer xisob - kitobni yaxshi bo‘lishi, korxonadagi xarajat va daromadlarni yaxshi nazorat qilishi lozim. Menejer quyidagi huquqlarga ega: tashkilot rahbari loyiha qarorlarining muhokamasida ishtirok etish; ishlab chiqarish xo‘jaligi va moliyaviy - iqtisodiy masalalar bo‘yicha uchrashuvlar o‘tkazish; uning majburiyatlarini bajarishga tegishli bo‘lgan savollar muhokamasida qatnashish; Menejer quyidagi javobgarliklarga ega: asossiz qarorlarni qabul qilish natijasida mol-mulkni buzilishiga yoki foydalanishda yaroqsiz ahvolga tushishi natajasida yuzaga keladigan oqibatlar uchun shaxsan o‘zi javobgar xisoblanadi. menejer unga topshirilgan mol-mulkni o‘z manfaatlari yo‘lida yoki tashkilot faoliyatiga qarshi manfaatlarda ulardan foydalansa fuqarolik, jinoiy javobgarlikka tortiladi. Menejer yordamchisi ham ovqatlantirish sohasida asosiy rol o‘ynaydi. U quyidagi vazifalarni bajaradi: bosh menejer yo‘qligida restorandagi umumiy ish jarayonini kuzatadi; daromadlar va xarajatlar balansini aniqlashga yordamlashadi; xodimlarni ishga qabul qilish va ularni boshqarishga yordam beradi; asbob - uskunalar va inventarlardan foydalanish hamda ularni saqlash tartibi, buyurtmalarni bajarishga yordam beradi; ko‘pincha barni boshqarish bilan shug‘ullanadi. 111 Unga qo‘yiladigan boshqa talablar: o‘rta maxsus ta’limi darajasini egallagan bo‘lishi; ovqatlantirish sohasida ish tajribasiga egaligi; liderlik sifatiga egaligi va boshqalar. Download 6.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling