O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti g. R. Tursunova


Download 6.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/194
Sana12.11.2023
Hajmi6.77 Mb.
#1768385
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   194
Bog'liq
Ресторан бизнеси. Ўқув қўлланма

Ofitsiant. Restoranga xodimlar tanlashda, ofitsiantlikka xohish bildiruvchilar 
oldiga asosan samimiylik, sofdillik va mijozlarga hurmat kabi muhim talablar 
qo‘yiladi. Hozirgi zamon ofitsianti qiyofasi saranjom-sarishta, chiroyli kiyingan, 
ravon qadam tashlaydigan, ortiqcha gapirmaydigan, chaqqon, har qanday vaziyatidan 
chiqib keta oladigan bo‘lishi kerak. Boshqa tomondan yetuk pazanda, taomlar va 
ichimliklar xususiyatini biladigan xodimlargina ofitsiant bo‘lib ishlay oladi. Restoran 
ishini san’at deb qarab, bajonidil ishlaydigan xodimgina ofitsiant bo‘lishi mumkin. 
Ofitsiant quyidagilarni bilishi shart: 

stol servirovkasi qoidalari va mijozlarga xizmat ko‘rsatishni bilishi; 

taomning qisqacha tavsifini bilishi; 

ovqatlantirish korxonasidagi mahsulotlar va xizmatlarga oid me’yoriy 
hujjatlar talabini bilishi; 

taom va ichimliklarni navbat bilan berish qoidalarini, ularning bezagi va 
haroratiga qo‘yiladigan talablar, beriladigan taomning xususiyatiga qarab vino va 
ichimliklar assortimenti taomlarga moslashtirib berishini bilishi; 

realizatsiya qilingan pazandachilik mahsulotlari, qandolat mahsulotlari va 
sotib olingan mahsulotlar narxini bilishi; 

taomnomada ko‘rsatilgan taom va ichimliklar mavjudligini, uning bahosi, 
ularni berish tartibi va tayyorlash texnologiyasini bilishi; 

banket, rasmiy va norasmiy qabullar uchun taomnoma tuzish qoidalarini 
bilishi; 

oshxona idish - tovoq va anjomlari, dasturxonlarining turlari, maqsadi va 
foydalanishiga qo‘yiladigan talablar, ularni olish va qo‘yish qoidasini bilishi; 

jihozlar va inventarlardan foydalanish qoidalarini bilishi; 

mijozlarga xizmat ko‘rsatish qoidalari va texnik usullarini bilishi; 

etika qoidalarini bilishi; 

xorijiy mijozlarga xizmat ko‘rsatishning xalqaro etika qoidalari, texnikasi 
va o‘ziga xosligini bilishi (luks, oliy va birinchi toifadagi restoran, barlar uchun); 


124 

milliy, buyurtmali va firma taomlari, chet el oshxonasi taomlarini 
tayyorlanish xususiyatlari, ularga bezak berish va uni mehmonga uzatish qoidalarini 
bilishi; 

banket, bayramlar va boshqa maxsus tadbirlarda, jumladan, boshqa 
hududdan tashrif buyuruvchilarga xizmat ko‘rsatish xususiyatlarini bilishi; 

xorijiy til va mutaxassislikka oid atamalarni (gaplasha olish darajasida) 
bilishi; 

nazorat g’azna apparatlari va boshqalardan foydalanish, xisobni 
rasmiylashtirish tartibini hamda mijozlar bilan xisob - kitob qilishni bilishi; 

taksi, ichki ishlar, tez yordam va o‘t o‘chirish xizmatlari telefon 
raqamlarini bilishi; 

ichki tartib - qoidalar, mehnatni muhofaza qilish me’yorlari, sanitariya va 
gigiyena qoidalarini bilishi; 

ish joyida mehnatni to‘g‘ri tashkil qilish talablarini bilishi shart. 
Bundan tashqari ofitsiant mijozlarga taom va ichimliklarni berayotganda ular 
haqida xizmat jarayonida qisqacha ma’lumot bera olishi kerak. 
O‘z faoliyatida ofitsiant quyidagilarni bajarishi shart: 

madaniyatli muloqot o‘rnata olishi; 

mijozlar bilan muomala qilganda o‘zini tuta bilishi, professional etika 
me’yorlariga amal qilgan holda muloyimlik, xushmuomalalik, e’tiborli va ehtiyotkor 
bo‘lishni bilishi; 

mehmondo‘stlik muhitini yarata olishi; 

mijozlar bilan muloqot qilganda mehribon va sabrli, irodali bo‘lishi, 
ziddiyatli vaziyatlarning oldini olish qobiliyatiga ega bo‘lishi shart. 
Ofitsiantning majburiyatlariga quyidagilar kiradi: 
Ish kuni boshlanishidan oldin: 

kiyim va sochlarini tegishli holatga keltirish; 

rahbaridan kerakli vazifalarni olishi; 

kerakli inventar va uskunalarni tayyorlash. 


125 
Mijozlarga xizmat ko‘rsatish jarayonida: 

stolni oldindan bezash va servirovka qilish, kerakli idish - tovoq hamda 
anjomlarni qo‘yishi; 

mijozlarni kutib olish va stolga joylashtirishi; 

taom va ichimliklar bilan tanishtirish hamda tanlash uchun mijozlarga 
taomnomani taqdim qilishi; 

xizmat ko‘rsatish jarayonida taom va ichimliklarni ta’riflash, mijozlarga 
tegishli axborotlar berishni bilishi; 

mijozlardan buyurtmalarni qabul qilib, ishlab chiqarish bo‘limiga uni 
berishi (oshxona); 

stolga taom va ichimliklarni olib kelishi; 

ovqatlantirish mobaynida taom va anjomlarni o‘z navbati bilan olib kelishi; 

butun ish kuni davomida ish joyi, stollarni toza va tartibli tutish, dasturxonni 
o‘z vaqtida tuzash, foydalanilgan idish - tovoq va anjomlarni o‘z qoidasiga binoan 
yig‘ishtirib olishi; 

xizmat so‘ngida mijozlarga xisobni to‘lash uchun rasmiylashtirish va 
taqdim etishi.
Ofitsiantning xizmati ish jarayonida zarur bo‘ladigan narsalarni olishdan 
boshlanadi. Ulardan biri ofitsiantning bilak uchiga olib yuradigan sochiqchadir. Bu 
sochiq ofitsiantning qo‘li kuyishi va kiyim yengi ifloslanishining oldini oladi. Bundan 
tashqari ochish uchun ochqich, avtoruchka, dastro‘mol, agar zalda chekishga ruxsat 
bo‘lsa, gugurt yoki zajigalka kabilar ofitsiant xizmatida foydalaniladi. 
Ish kuni mobaynida: 

stollarni tozalash, notoza dasturxon va salfetkalarni almashtirish; 

xushmuomalalik bilan mijozlarni kutib olish, zalga boshlab kirish, 
joylashtirish, taomnomani taklif qilish, xizmat qilish texnikasi qoidalariga muvofiq 
tezlik bilan buyurtmalarni bajarishga kirishish; 

singan, yorilgan, darz ketgan yoki dog‘i bor idish - tovoq va anjomlardan 
foydalanmaslik; 


126 

zalning tozaligi va holatini kuzatish. 
 
 
 
1-rasm. Ofitsiant xizmatidagi buyumlar 
 
Ish kunining oxirida: 

ishlatilmagan idish - tovoq, anjomlar va dasturxonlarni topshirish; 

o‘z uniformasini topshirish; 

buxgalteriyaga xisob, g’azna va xisobot hujjatlarini topshirish. 
Ofitsiant quyidagi holatda bo‘lishi kerak: 

ishda belgilangan shakldagi kiyimda yurish, u doimo ozoda, ko‘rkam 
bo‘lishi, poyafzallari esa toza tutilishi lozim. Ismi - sharifi va lavozimi yozilgan 
ko‘krak nishonini taqib yurishi; 

mijozlarga xizmat ko‘rsatish jarayonida etika qoidalariga rioya qilishi; 

stolni servirovka qilishda, anjom, inventar va boshqa qimmatbaho 
buyumlardan foydalanishda, zalda patnosda taom tashiganda ehtiyotkor va e’tiborli 
bo‘lishi; 

mijozlar taom va ichimliklarni tanlayotganlarida sabrli, e’tiborli va ogoh 
bo‘lishi; 

mijozlar bilan xisob - kitob qilganda minnatdorchilik bildirishi; 

o‘z ish joyini tark etganida o‘rniga boshqa ofitsiantni qo‘yib ketishi; 

o‘z vaqtida tibbiy ko‘rikdan o‘tishi kerak. 


127 
Ofitsiantga mutlaqo ta’qiqlanadi: 

zalda chekish, o‘tirish, ovqat yeyish, qattiq gapirish, shuningdek, servant, 
devorlar va boshqalarga suyanishi; 

zalda qarindosh va yaqin tanishlari bilan do‘stona suhbatlashishi; 

kiyim cho‘ntaklariga shaxsiy buyumlarni saqlashi; 

banket, to‘y va boshqa tadbirlar uchun bosh ofitsiantsiz buyurtmalar qabul 
qilishi; 

xizmat ko‘rsatish jarayonida jamoa rahbari yoki bosh ofitsiant ruxsatisiz 
uzoq muddatga ketib qolishi; 

mijozlar oldida shaxsiy gigiyena tadbirlarini o‘tkazish va b. 
Ofitsiant quyidagi javobgarliklarga ega: 

ishi va majburiyatlarini bajarishida sifatsiz hamda zamon talabi darajasida 
foydalanmasa; 

hujjat va yo‘riqnomalarda ko‘rsatilgan ta’qiqlarni buzishi; 

hujjat va yo‘riqnomalarda ko‘rsatilgan ma’lumotlar haqida bilimga ega 
bo‘lmaslik; 

unga ishonib topshirilgan moddiy qiymatga ega bo‘lgan buyumlarni 
saqlamaganligi uchun, shuningdek, taom va ichimliklarni realizatsiya qilishda 
noto‘g‘ri xatti - harakatlar qilishi; 

o‘z faoliyati davomida qonunga qarshi ish qilsa, qonun hujjatlarida 
belgilangan tartibda fuqarolik, ma’muriy va huquqiy javobgarlikka tortiladi.
Umumiy talab bo‘yicha xizmat ko‘rsatish sohasidagi barcha xodimlar maxsus 
ma’lumotga yoki kasb - hunar tayyorgarligiga ega bo‘lishlari shart. 

Download 6.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling