O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti g. R. Tursunova


Restoran xodimlariga qo‘yiladigan sanitariya - gigiyena talablar


Download 6.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/194
Sana12.11.2023
Hajmi6.77 Mb.
#1768385
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   194
Bog'liq
Ресторан бизнеси. Ўқув қўлланма

2. Restoran xodimlariga qo‘yiladigan sanitariya - gigiyena talablar 
 
Restoranlar va ovqatlantirish korxonalarining eng muhim va mas’uliyatli 
xodimlaridan biri bu ofitsiantlardir. Ofitsiantlarining kasbi artist faoliyatiga o‘xshab 
ketadi. Artistlar tomoshabinlar bilan bog‘langanidek, ofitsiantlar ham zaldagi mi-
jozlar bilan uzluksiz aloqada bo‘ladi. Ofitsiantlar zalda psixologik muhit yaratadi, 
ularning harakati, muomalasi mijozlarda bu restoran haqida ijobiy fikr paydo bo‘ladi. 
Ofitsiantlarning tashqi ko‘rinishiga, yurish - turishiga, o‘zini tuta bilishiga juda 
ko‘p narsalar bog‘liq. Xushmuomalalik ofitsiantning yuzidan, chehrasidan ko‘rinib 
turishi kerak, ya’ni bo‘yi - basti o‘rtacha, sochi yaxshi taralgan, chiroyli qad - qomat 
restoran zalining husniga husn qo‘shadi. Bu tabiat in’om etgan go‘zallik, yaxshi 
eshitish qobiliyati, dona - dona so‘z ifodasi kabilar restoranga tashrif buyuruvchilarda 
ofitsiantlarga nisbatan ijobiy munosabat uyg‘otadi. 
 
 
 
1-rasm. Restoran ofitsiantlari 
Ofitsiantlar xizmatining o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, u mijozlarga 


149 
taom tashiydi, kerak bo‘lsa stol atrofida aylanib ularga parvona bo‘ladi. Bunda ular 
albatta sanitariya - gigiyena qoidalariga rioya qilishi lozim. Ularga qo‘yiladigan 
talablar qo‘yidagicha: 
1. Ofitsiantning sochi ajib, g’ayriodatiy bo‘lmasligi, sochlar ko‘z ustiga 
tushmasligi, ish jarayonida sochlarni tartibga solish, tarash tavsiya etilmaydi. Chunki 
soch taomga tushishi mumkin. 
2. Ayol ofitsiantlarning sochlari har doim yig‘ilgan, parvarishlangan bo‘lishi, 
iloji bo‘lsa peshona qismiga soch tushib turmasligi lozim. Bu nafaqat ofitsiantlarning 
xizmat jarayoniga halaqit beradi, balki mijozlarga ham yomon ko‘rinishi mumkin.
3. Og‘izdan noxush hid tarqalmasligi uchun maxsus pasta bilan og‘izni 
yuvishi va chayishi lozim. Har kuni kechki taomdan so‘ng va ertalab ish boshlashdan 
oldin tishni yuvib tozalash kerak.
4. Erkaklar har kuni soqolini olishlari, tashqi ko‘rinishiga e’tibor berishlari 
lozim. 
5. Ishga toza kiyimda kelishi, xizmatga kirishish oldidan qo‘llarni sovun bilan 
tozalab yuvish zarur. Ish jarayonida ham ora - orada qulini yuvib turish, elektr sochiq 
bilan quritish, agar u bo‘lmasa bir marta foydalaniladigan sochiqqa artib turishlari 
lozim.
 
 
 
2-rasm. Restoran ofitsiantlariga qo‘yiladigan talablar 
6. Ayol ofitsiantlarga ishga chiqish oldidan kosmetik vositalardan haddan 
ortiq foydalanishi, kuchli hidli atirlar sepishi, yirik taqinchoqlar taqishi tavsiya 
etilmaydi. 


150 
7. Ishga tushishdan oldin erkak va ayol ofitsiantlar dush qabul qilishlari zarur. 
8. Ofitsiantlar ko‘p harakatlarni mijozlar oldida, ularning ko‘z - o‘ngida 
bajaradi, shuning uchun qo‘llarida ham hech qanday nuqson bo‘lmasligi lozim. 
Masalan, tirnoqlar olingan bo‘lishi, qulda yara alomatlari bo‘lmasligi, biron barmoq 
bint bilan bog‘lanmagan bo‘lishi kerak. 
 
 
 
 
3-rasm. Restoran ofitsiantlariga qo‘yiladigan talablar 
 
9. Restoran va ovqatlantirish korxonalarida dasturxonni bezashda idish - 
tovoq va anjomlar yaxshilab artiladi. Ularni artishda va issiq taomlarni patnisga 
qo‘yib olib kelishda sochiqlardan foydalaniladi. Shu boisdan ham ofitsiantlarning 
sochiqlari oppoq, toza va yaxshi dazmollangan bo‘lishi lozim. 
 
 
 
 
4-rasm. Restoran ofitsiantlariga qo‘yiladigan talablar 


151 
10. Restoran va ovqatlantirish korxonalari ofitsiantlarning ish va oyoq 
kiyimlari bugungi kun modasi talablariga mos kelishi kerak. Ishni boshlashdan oldin 
ofitsiantlar ish kiyimlariga ayniqsa, yoqalari va manjetlarining tozaligiga, dazmol 
qilinganligiga, tugmalariga e’tibor berishlari kerak. Har kuni ishchi kiyimlari va 
paypoqlarini almashtirishlari, oyoq kiyimlari doimo toza bo‘lishi shart.
11. Restoran kiyimida ofitsiantlar tashqariga chiqishi, boshqa biron ish bilan 
band bo‘lishi mumkin emas. 
 
 
 
 
 
5-rasm. Restoran ofitsiantlariga qo‘yiladigan talablar 
Ovqatlantirish korxonalari xodimlarining hammasi tibbiy ko‘rikdan o‘tgan 
bo‘lishlari shart. Bundan maqsad kasallik taom orqali boshqalarga yuqmasligi, 
restoran xodimlari va restoranga tashrif buyuruvchilar sog‘lom bo‘lishini 
ta’minlashdir. 

Download 6.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling