O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti g. R. Tursunova


Kokteyl - banketda xizmat ko‘rsatish


Download 6.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet158/194
Sana12.11.2023
Hajmi6.77 Mb.
#1768385
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   194
Bog'liq
Ресторан бизнеси. Ўқув қўлланма

Kokteyl - banketda xizmat ko‘rsatish. Zalga kirishda mehmonlarni banket 
tashkilotchilari kutib oladi. Mehmonlardan birinchisining zalda ko‘rinishi bilan 
ofitsiantlar xizmat ko‘rsatishni boshlaydi. Xizmat boshlanishida zalda qancha 
mehmon borligiga qarab, tirsak barobarida ko‘targan ofitsiantlar avval chap qo‘lda 
podnosda ichimliklar, keyin boshqa ofitsiantlar gazaklarni olib, har bir mehmon 
oldiga kelib ichimlik va gazaklarni tavsiya etadi.
 
 
 
 
4-rasm. Banket stoli 
Ba’zida mehmonlar sharbat so‘rashi mumkin, lekin ofitsiantda bu ichimlik 
bo‘lmasa, bufetdan olib keladi. Agar mehmon istagan ichimlik bufetda ham 
bo‘lmasa, ofitsiant mehmondan uzr surab, boshqa ichimlik taklif qilishi mumkin. 


279 
Ba’zi mehmonlar bo‘shagan ryumka, qadahlarini podnosga qo‘yishni 
xohlasalar, ofitsiant podnosni tutadi yoki ryumkani o‘ng qo‘li bilan olib eng yaqin 
yordamchi stolga qo‘yadi.
Issiq gazaklarni banket egasi va bosh ofitsiant bilan kelishilgan holda beriladi. 
Gazaklar bo‘lakchalarga bo‘lingan bo‘lsa, har bir bo‘lakchaga bittadan alohida 
sanchgich bo‘ladi, mehmonlar bemalol olib iste’mol qiladi. Gazak bilan mehmonlar 
atrofida yurgan ofitsiant podnosni chap qo‘lida, o‘ng qo‘lida esa bo‘shagan 
sanchgichlarni solishi uchun tarelka bo‘ladi. Ofitsiantlar mehmonlar kelganidan 
boshlab to oxirgi mehmon qolguncha uzluksiz xizmat qiladi. 
Choy - banketi. Choy - banketlar tug‘ilgan kunlar va boshqa tadbirlarda 
o‘tkaziladi. Bunday banketlarda mehmonlar uncha ko‘p bo‘lmaydi. Bunday tadbirlar 
ko‘p hollarda soat 16 dan 18 largacha o‘tkaziladi va 2 soat davom etadi. Choy - 
banketini o‘tkazilishda qat’iy qoida yo‘q. U erkin holda o‘tkaziladi. 
Banketga tayyorgarlik ko‘rish. Choy - banketiga tavsiya etiladigan jihozlardan 
aylana, uzun stollar, ular bo‘lmasa kvadrat, to‘g‘ri to‘rtburchakli stol - o’rindiqlar, 
o’rindiqlar, yumshoq kursi va divanlar qo‘yiladi. Choy stollari zalning markaziga 
yoki mehmonlar uchun qulay joylarga joylashtiriladi. Zalga bir qancha stollar 
qo‘yiladigan bo‘lsa, ular orasida mehmonlar o‘tishi, ofitsiantlar yurishi uchun yo‘lak 
bo‘lishi lozim. Asosiy choy stollaridan tashqari ofitsiantlar uchun yordamchi stollar 
ham qo‘yiladi. 
Tadbirning mavzusiga qarab rang - barang gulli dasturxonlar va ularga mos 
keladigan sochiq - salfetkalar tanlanadi. Lekin silliqlangan, oyna bilan qoplangan 
stollarga dasturxon to‘shalmaydi.
Banket taomnomasida taomlardan tashqari quritilgan mevalar non - qandolat 
mahsulotlari, har xil turdagi shirinliklar ham bo‘ladi. Choy stoliga sovuq gazaklar 
berish tavsiya etilmaydi.
Mevalar uchun tarelkalar va anjomlar 4 - 6 tadan taxlanib, mehmonlar uchun 
qulay joyga qo‘yiladi. Ular xizmat qiluvchilar uchun ham qulay bo‘lishi kerak.
Choy - banket stoliga mayda dessert tarelkalari, spirtli ichimlik idishlari, 
ryumkalar, shampan vinosi qadahlari, choynak - piyola, qanddon va qandni olgich


280 
qandolat mahsulotlarini solish uchun idishlar qo‘yiladi. Choy stolidagi har bir 
mehmonga agar taomnomaga kiritilgan bo‘lsa, kichik dessert tarelkasi, uning yoniga 
likyor va kon’yak uchun ryumka qo‘yiladi. Ba’zi banketlarda shampan vinosi ham 
beriladi. Shampan vinosi uchun qadahlar vino ryumkalarining chap tomonida turadi. 
Pichoq, sanchqi, qoshiq dessert tarelkalariga yoki uning yoniga qo‘yiladi. Gulli 
sochiq - salfetkalar chiroyli buklanib, dessert tarelkalariga yoki ularning yoniga, chap 
tomonga qo‘yiladi. 
Kuldon, sigaretalar, gugurt choy stoliga qo‘yilmaydi. Ular zarur bo‘lganda 
ofitsiantlar olib kelib beradi. Choy stolining bezagi-samovardir. U asosiy stol ustiga 
yoki maxsus tayyorlangan stolga qo‘yiladi. Chinni choynak - piyolalar, chashkalar 
samovar yonida bo‘ladi.

Download 6.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling