O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti g. R. Tursunova
Download 6.77 Mb. Pdf ko'rish
|
Ресторан бизнеси. Ўқув қўлланма
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kafeteriylar
- Tamaddixonalar
Muzqaymoq kafesi - dam olish uchun eng gavjum joy xisoblanadi. Hamma
oilalar ham restoran yoki barlarga boravermaydi, chunki u joylar yosh jihatidan kattalarga mo‘ljallangan va narxi ham qimmat bo‘ladi. Muzqaymoq kafelari esa hammabop, butun oila a’zolari bilan kelib dam olish imkonini beruvchi joy xisoblanadi. Muzqaymoq tayyorlash jarayoni ham o‘ziga xos, ishlatiladigan idish - tovoqlar zanglamaydigan po‘latdan tayyorlanadi. Muzqaymoq kafesi uchun uncha katta maydon talab qilinmaydi va mijozlar uchun past haroratli vitrinada muzqaymoq assortimenti namunalari qo‘yiladi. Bundan tashqari muzqaymoq kafesida tashrif buyuruvchilarga har xil pishiriq va qandolat mahsulotlari, issiq hamda sovuq ichimliklar taklif qilinadi. Kafeteriylar - yirik oziq-ovqat yoki nooziq-taom do’konlarida tashkil etiladi. Kafeteriylarda issiq ichimliklar, sut - qatiq mahsulotlari, qandolat mahsulotlari tayyorlanishi va sotilishi mumkin. Lekin alkogol ichimliklarni sotish ta’qiqlanadi. Oshxona - tegishli mijozlar talabini qondiradigan, oziq - ovqatlar iste’mol qilinadigan ovqatlantirish maskani bo‘lib, u yerda haftaning kunlari bo‘yicha taomnoma tuziladi, taomlar tayyorlanadi va mijozlarga taqdim etiladi. Ovqatlantirish korxonalari orasida oshxonalar eng keng tarqalgan ovqatlantirish joyi xisoblanib, asosiy faoliyati o‘z mahsulotidan aholi uchun taomlar tayyorlash, mijozlar talablarini qondirish, nonushta, tushlik, kechki taomlar yoki ularning bir qismini tayyorlashdir. Oshxonalardan uyga ham taom olib ketish mumkin. Oldindan buyurtmalar qabul qilinadi, shuningdek taom mahsulotlari, yarim tayyor mahsulotlar sotiladi. Oshxonalar bir - birlaridan qo‘yidagicha farqlanadi: mahsulotlari assortimenti bo‘yicha: umumiy va parhez taomlar oshxonalari; xizmat ko‘rsatiladigan mijozlar: maktab bolalari, talabalar va kattalar; manzili bo‘yicha: hamma uchun, OTM va korxona, muassasa xodimlari uchun. 29 Tamaddixonalar - taomlar assortimenti cheklangan ovqatlantirish maskani bo‘lib, mahsulotlardan tez va oson taom tayyorlanadi. Ular boshqa ovqatlantirish korxonalaridan farq qilib, xizmatni juda tez amalga oshiradi va tashrif buyuruvchilar bir zumda ovqatlanishadi. Iste’mol taomlar assortimenti asosan issiq va sovuq taomlardir. Tamaddixonalarda alkogol ichimliklarni sotish ta’qiqlanadi. Tamaddixonalar mahsulotlar assortimentini sotish bo‘yicha umumiy va maxsus turlarga bo‘linadi. Maxsus tamaddixonalarda chuchvara, pishirilgan go‘sht, kabob, somsa va shu kabilar tayyorlanadi. Tamaddixonalarda ko‘p hollarda tik turib tamaddi qilinadi va taom tanlangach, xisob - kitob birdaniga amalga oshiriladi. Bufetlar - ovqat mahsulotlarini sotishga mo‘ljallangan bo‘lib, ular odatda mahsulotlarni o‘zlariga qarashli ovqatlantirish korxonalaridan oladi. Ommaviy o‘yin - tomosha joylaridagi bufetlarda oliy sifatli qandolat mahsulotlari, shirinliklar, meva va turli xildagi sharbatlar, issiq ichimliklar sotiladi. Spirtli ichimliklar bilan savdo qilish mumkin emas. U yerda o‘z - o‘ziga xizmat qilish usuli amalga oshiriladi. Bufetlar quyidagi joylarda faoliyat ko‘rsatadi: maktab va OTMlarda; tomosha maskanlarida; sport maydonlari atrofida; temiryo‘l larda; daryo va dengiz kemalarida; ishlab chiqarish va transport korxonalarida; qurilish va boshqa muassasalarning ichida yoki tashqarisida joylashishi mumkin. Download 6.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling