O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti g. R. Tursunova
Download 6.77 Mb. Pdf ko'rish
|
Ресторан бизнеси. Ўқув қўлланма
- Bu sahifa navigatsiya:
- Buyurtma qabul qilish.
katta banketlar
Bunday banketlar diplomatlar yig‘inlarida, rasmiy qabul marosimlarida o‘tkaziladi. Bunday qabullar faqat diplomatlar uchun deb qarash restoran faoliyatini cheklagan bo‘ladi. Restoranlarda huddi shunday mehmonlar kutish, ularga xizmat ko‘rsatish hamma uchun erkin xisoblanadi. Bunday banketlarda 8 nafardan 50 nafargacha, ba’zan esa 100 dan mehmonlar qatnashadi. Buyurtma qabul qilish. Bosh ofitsiant banket tashkilotchilaridan buyurtma qabul qilib oladi va eng avval tadbirning sanasi, vaqtini aniqlaydi, mehmonlar soni, tarkibi (jinsi, yoshi, millati, kasbi)ni biladi, tadbirning maqsadi, xarajatlarni (har bir kishi uchun), pul to‘lash shakli (naqd, kredit), taklif qilingan hurmatli mehmonlar ro‘yxati aniqlanadi. So‘ngra bosh ofitsiant buyurtmachini zal bilan tanishtiradi, banket o‘tkaziladigan joyni ko‘rsatadi. Stollarni joylashtirish tartibi, mehmonlarni o‘tqizish rejalari kelishib olinadi. Bundan tashqari bosh ofitsiant vazifasiga yana quyidagilar kiradi: 1. Xorijiy davlatlarning turli elchixonalaridan mehmonlar tashrif buyursa, o‘sha mamlakatlar bayroqlarini osib qo‘yish; 2. Hurmatli mehmonlarni restoranga taklif qilish; 3. Stollarda mikrofonlar bo‘lishini ta’minlash; 4. Orkestr kerak bo‘lsa, uning dasturini aniqlash va kerakli jihoz va asboblar bilan ta’minlash; 283 5. Banket qatnashchilari uchun shaharlararo va xalqaro telefon bo‘yicha gaplashish, rasmga tushish, pianino chalish imkoniyatini yaratish; 6. Mehmonlar tarqalishi oldidan mashinalar kelishini tashkil etish va hokazo. Buyurtmachi bilan taomnoma haqida muhokama qiladi, taomlarni berish vaqti va navbati, xizmat ko‘rsatish jarayonidagi tanaffus va mehmonlarning yurish joylari haqida kelishib oladi. Banket taomnomasi tuzilganda milliy taomlar ham qo‘shilishi zarur. Taomnomada qaysi taomlar oldidan bo‘lishi, qachon issiq gazak, issiq taom va shirinliklar berilishi belgilanadi. Banket taomnomasiga 3-4 ta sovuq gazaklar, issiq gazaklar, 1-2 ta issiq taomlar, shirinliklar, kofe, mevalar va ichimliklar kiritiladi. Tanaffus paytida qanday ichimliklar berish mumkinligi haqida ham kelishib olinadi. Buning uchun esa tanaffus qancha vaqt davom etishini aniqlab olish kerak bo‘ladi. Banketning har bir mehmoniga taom va ichimliklarning taomnoma kartochkasi beriladi, bu o‘z navbatida stolni bezatadigan bir manzara xisoblanadi. Taomnomaning maxsus kartochkasida har bir mehmonning ismi - sharifi, unvoni, lavozimi ko‘rsatiladi. Bu kartochkada nafaqat taom va ichimliklar ro‘yxati, balki banketning maqsadi ham qisqacha bayon etiladi. Banketda xorijiy mehmonlar qatnashayotgan bo‘lsa, ular uchun taomnoma xorijiy tilda yoziladi. Ular stol markaziga yaqin yoki o‘ng tomonga qo‘yiladi. Download 6.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling