O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti g. R. Tursunova


Ofitsiantlarni xizmatga tayyorlash


Download 6.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet162/194
Sana12.11.2023
Hajmi6.77 Mb.
#1768385
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   194
Bog'liq
Ресторан бизнеси. Ўқув қўлланма

Ofitsiantlarni xizmatga tayyorlash. Bosh ofitsiantning vazifasi ofitsiantlarga 
tadbir yoki banket haqida tushuntirishi, banket boshlanadigan kun esa bosh ofitsiant 
hamma ofitsiantlarni yig‘ib, banket qachon boshlanishi, mehmonlarning soni, 
ularning tarkibi (millati, jinsi, yoshi) haqida axborot beradi. Mehmonlarni qabul qilib 
olib, joylashish rejalari bilan tanishtiradi, taom va ichimliklar taomnomasi, banket 
stollarini bezash xususiyatlari haqida ko‘rsatma beradi. Shuningdek, bosh ofitsiant 
xizmat ko‘rsatish, banket stolini bezash, kofe stollarini tayyorlash, bufetdan 
mahsulotlarni olish va tayyorgarlik bo‘yicha ofitsiantlarni tayyorlaydi. Bosh ofitsiant 
mehnat taqsimoti tamoyili asosida rahbarlik qiladi. 2-4 mehmonga bitta ofitsiant 
xizmat ko‘rsatadi. Yoki bir ofitsiant taom keltirsa, ikkinchisi ichimlik olib keladi. 
Agar banket 50-60 daqiqa davom etadigan bo‘lsa, xizmatni quyidagicha tashkil 
qilish mumkin. 12-16 nafar mehmonga 3 ta ofitsiant xizmat ko‘rsatadi, ikkitasi 


284 
taomlar, bittasi ichimlik keltiradi. Hamma mehmonlarga barobar xizmat qilinadi. 
Ba’zi hollarda tegishli miqdordagi mehmonlarga birgina ofitsiant xizmat ko‘rsatishi, 
ham taom, ham ichimliklar bilan o‘zi ta’minlashi mumkin. 
Jihozlarni joylashtirish. Banket o‘tkazishda jihozlar tartib bilan joylashtiriladi. 
Stol va o’rindiqlar, ofitsiant uchun yordamchi stol va servantlar qo‘yiladi. Agar 
banket qatnashchilari uncha ko‘p bo‘lmasa, aylana shakldagi stol atrofiga 
joylashtirish lozim, chunki bu ancha qulay, hamma qatnashchilar bir - birlarini ko‘rib 
turadilar. Bunday stollarga 8 - 12 nafargacha mehmonlarni joylashtirish mumkin.
Restoranda hamma vaqt ham tegishli banket stollari bo‘lavermaydi. Agar 
buyurtma berilgan bo‘lsa, kofe uchun alohida zal tayyorlanadi va kofe tarqatishda 
aylana yoki uzun stollardan foydalanish tavsiya etiladi, ularga 12 - 20 nafargacha 
mehmonlar joylashtiriladi. 
Banket stollarini joylashtirishda zalning maydoni, uning sig‘imi, banket 
ishtirokchilarining soni, bino ichki dezayni inobatga olinadi. Stollarni bir qator, bir - 
biriga parallel qilib qo‘yish ham mumkin. Bunda hurmatli mehmonlar uchun alohida 
joy ajratiladi. Eng muhimi tashrif buyuruvchilarning hech biri hurmatli mehmonlarga 
orqa tomoni bilan o‘tirmasligi kerak va bu haqda bosh ofitsiant bilishi lozim. 
O‘rinlarni rejalashtirganda buyurtmachi bilan kelishib olishi, ayniqsa, xorijiy turistlar 
ziyofatida o‘sha mamlakatga xos udumlar qo‘llanilishi maqsadga muvofiq bo‘ladi. 
Mehmonlar stoli bilan asosiy stollar orasida 1 - 2 m yo‘lak bo‘lishi zarur. Hurmatli 
mehmonlar uchun stolning faqat bir tomoni bezatiladi, uning eni ensizroq bo‘ladi, 
lekin 70 sm dan kam bo‘lmasligi kerak. 
Zalda banket stollaridan tashqari yordamchi stollar va servantlar devor 
burchaklari hamda ustunlari atrofiga qo‘yiladi. Ular idish - tovoq va anjomlar
ichimliklar qo‘yishda foydalaniladi. Ularning soni zal maydoniga bog‘liq bo‘lib, bitta 
yordamchi stol yoki servant 12 - 16 kishiga xizmat ko‘rsatish uchun yetarli 
xisoblanadi. 

Download 6.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling