O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti g. R. Tursunova
Download 6.77 Mb. Pdf ko'rish
|
Ресторан бизнеси. Ўқув қўлланма
Boshqarishning iqtisodiy usuli iqtisodiy
manfaatlardan foydalanishga asoslanadi. Boshqaruv usuli erkin bozor munosabatlari sharoitida juda ananaviy qo‘llaniladi. Chunki tashkilotning barcha azolari tashkilot iqtisodiyotining barqaror rivojlanishidan manfaatdor bo‘lishliligini juda yaxshi bilishadi. Boshqarishning iqtisodiy usuli tashkilot xodimlarining tadbirkorligi, ixtirochilik imkoniyatlarini uyg‘otadi, tashabbuskorlikni kuchaytiradi. Tashkilotda bunday ijobiy xolatlarning yuzaga kelishi natijasida tashabbuskorlik, ixtirochilik, yangilikka intilish, tavsiya va takliflarni joriy qilishdan qo‘shimcha daromad oladi. Bu qo‘shimcha daromadning malum bir qismidan jamoa a’zolari manfaatdor bo‘lishadi. Har qanday jamiyatning iqtisodiy munosabatlari, eng avvalo manfaatlarda namoyon bo‘ladi. Manfaatlar 3 xil bo‘ladi: umumjamiyat manfaatlari; jamoa manfaatlari; 88 shaxsiy manfaatlar. Bu manfaatlarni uyg‘un holda boshlab olib borish muammosi bir qator muammolarni hal qilishni, har bir davr sharoitlariga muvofiq keladigan munosabatlarni o‘rnatishni talab qiladi. Masalan, bozor iqtisodiyoti sharoitida umumjamiyat manfaatlarini ruyobga chiqarish maqsadida quyidagi iqtisodiy boshqaruv usullariga, ya’ni, bu usulda kishilarning shaxsiy va guruh manfaatlarini yuzaga chiqarish orqali ularning samarali ishlashi ta’minlanadi. Bu maqsadda qo‘shimcha ish haqi to‘lash, mukofotlar berish, bir yo‘la katta pul bilan taqdirlash kabilar muhim ahamiyat kasb etadi. Iqtisodiy usullar boshqarishning barcha usullari ichida yetakchi o‘rinni egallaydi. Har qanday darajadagi rahbar bu usulning mazmunini yaxshi bilishi va ularni kerakli paytda qo‘llay olishi kerak. Boshqariluvchi ob’ektga iqtisodiy usullar orqali ko‘rsatiladigan ta’sir korxonalarni: jiddiy rejalar qabul qilishiga; mehnat va moliya resurslaridan yanada unumliroq foydalanishiga; yangi texnologiyalarni joriy qilishiga; mehnat unumdorligini oshirishiga; raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab chiqarishga rag‘batlantiruvchi va shunga da’vat etuvchi bo‘lishi kerak. Shu bilan birga iqtisodiy usullar shunday tanlanishi va qo‘llanilishi kerakki, bunda jamoalar va har bir xodimning manfaatlarigagina emas, balki butun jamiyat manfaatlariga to‘g‘ri keladigan hamda bir korxona uchun foydali tadbir davlatga ham foyda bo‘lishi lozim. Agar tashkiliy - ma’muriy usuli o‘zini - o‘zi boshqaradigan bozor mexanizmlariga qarshilik ko‘rsatsa, yoki, ularga to‘sqinlik qilsa, iqtisodiy usullar esa aksincha, ulardan foydalanishga tayanadi. Xo‘jalik sohasiga davlatning ta’siri ham tubdan o‘zgaradi. Binobarin, ma’muriy boshqarish usulida davlat korxonalarga o‘z ta’sirini qat’iy belgilangan reja orqali o‘tkazadi. Download 6.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling