O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti g. R. Tursunova


Download 6.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/194
Sana12.11.2023
Hajmi6.77 Mb.
#1768385
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   194
Bog'liq
Ресторан бизнеси. Ўқув қўлланма

Ijtimoiy - psixologik usul ijtimoiy - ma’naviy vaziyatga ta’sir etish yo‘li bilan 
kishilarning fe’l - atvori, psixologiyasini xisobga olib, ularning ijtimoiy (sotsial) 


89 
talablarini qondirish orqali boshqarishni bildiradi. Boshqacha qilib aytganda, ijtimoiy 
- psixologik usul bu - ishlab chiqarish jamoalarini, ulardagi «psixologik vaziyatni», 
har bir xodimning shaxsiy xususiyatlarini o‘rganishga asoslangan usuldir
13
.
Ijtimoiy - psixologik usulning asosiy maqsadi bu - jamoada sog‘lom ijtimoiy - 
psixologik muhitni yaratishdir.
Boshqaruvda har bir xodimga individual (shaxsan) yondashish korxona oldiga 
qo‘ygan maqsadni bajarishda, yagona jamoani shakllantirishda juda qo‘l keladi. Olib 
borilgan tadqiqotlardan ma’lumki, rahbarning jamoani boshqarish faoliyatidagi 
yutuqlarining 15%i malakali bilimga ega ekanligi, 85%i odamlar bilan muvaffaqiyatli 
ishlash qobiliyatiga bog‘liq ekan. Yaponiyalik olimlarning tadqiqotlari bo‘yicha 
korxonadagi psixologik muhitning ijobiy yoki salbiyligi jamoa mehnat 
unumdorligining 1,5% ga oshirishi yoki pasaytirib yubrishi mumkin. 
Ijtimoiy – psixologik usulda rahbarning asosiy faoliyati xodimlarning tabiiy 
xulq – atvorlariga, jamoada ishlashda o‘zaro munosabatlariga, shaxsiy manfaatdorlik 
tushunchalariga e’tibor berishi lozim. Bu usulda shaxsning tarbiyalanganlik (oilada) 
belgilari, muomala madaniyati, jamoa bilan hamfikrlilik holatlari chuqur 
o‘rganilishni talab etadi.
Ijtimoiy - psixologik usul quyidagi muammolarni hal qilishga qaratilgan 
bo‘ladi: 

kishilarning ijtimoiy - psixologik xususiyatlari, qobiliyatlari, mijozlari, 
harakatlari va boshqalarni xisobga olgan holda mehnat jamoalarini tashkil etishdir. 
Buning natijasida jamoani rivojlantirish, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish 
maqsadida hamkorlikda ishlash uchun qulay shart - sharoitlar yaratiladi; 

ijtimoiy odob - axloq me’yorlarini o‘rnatish, yaxshi va namunali 
an’analarni qo‘llab - quvvatlash, milliy urf - odatlarni joriy etish hamda jamoa ongini 
o‘stirishga yordam beradi; 

ijtimoiy rivojlantirish odamlarning intilishi va tashabbusini rag‘batlantirish, 
umumiy ta’lim darajasini oshirish, madaniy, ma’naviy - ma’rifiy o‘sish, malaka 
13
Пардаев О. Менежмент. Ўқув қўлланма. Самарқанд 2018 й. 


90 
oshirish, estetik yuksalish va mehnatga ijodiy munosabatni ta’minlaydi; 

kishilarning madaniy va ijtimoiy - maishiy ehtiyojlarini qondirish, ya’ni, uy 
- joylar, bolalar bog‘chalari, klublar, profilaktoriylar, sport inshootlari va boshqalarni 
qurishga sharoit yaratadi; 

mehnat jamoalarida talabchanlik, o‘zaro yordam, intizomni buzuvchilarga 
murosasizlikdan iborat ijtimoiy - psixologik muhitni vujudga keltirish va uni qo‘llab - 
quvvatlashga sharoit yaratadi; 

odamlarning o‘z mehnatidan, tanlagan mutaxassisligi va kasbidan 
qoniqishlari, ishlab chiqarish samaradorligi va ish sifatini oshirish uchun shart - 
sharoitlarini vujudga keltiradi. 
Bu muammolarning yechimi boshqarishning yanada yaxshiroq, samarali 
bo‘lishini talab qiladi. 
Amaliy boshqarishda ijtimoiy - psixologik usuldan samarali foydalanish uchun 
boshqarish ob’ekti to‘g‘risida keng axborotga ega bo‘lish kerak. Bunday axborot 
olish uchun jamoada bevosita ijtimoiy tadqiqotlar o‘tkazish lozim bo‘ladi. Ijtimoiy 
tadqiqotlar juda xilma - xil axborotlar olish imkonini beradi, ya’ni: 
 jamoa a’zolarining mehnatga va rahbarlarga munosabati;
 boshqarish usullarining bir - biri bilan o‘zaro munosabati;
 jamoaning ehtiyojlari va qiziqishlari; 
 xodimlar shaxsiyati; 
 xodimlar qo‘nimsizligi sabablari; 
 xodimlarning ishlab chiqarishdagi faolligi; 
 jamoa a’zolarining ma’naviy va jismoniy ravnaqi
 ehtiyojlarning qondirilish darajasi va boshqalar to‘g‘risidagi axborotlar. 
Bu axborotlar jamoalarda ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga va xilma 
- xil ehtiyojlarni qondirishga qaratilgan tadbirlar ishlab chiqish uchun muhim vosita 
bo‘lib xizmat qiladi. Ijtimoiy tadqiqotlar olib borishga korxonaning o‘z ijtimoiy 
xizmatlari, shuningdek, xo‘jalik shartnomasi asosida ilmiy muassasalar va o‘quv 
yurtlarining xodimlari jalb qilinishlari mumkin. 


91 
Ijtimoiy – psixologik usulning oddiy jihatlariga e’tibor bermaslik jamoada 
xodimlar o‘rtasida nosog‘lom muhitning asta – sekinlik bilan kuchayib borishiga 
sabab bo‘ladi. Jamoada boshqaruvdan narozi bo‘lgan guruhlar shakllanadi, boshqaruv 
rahbariyati bilan bu guruhlar o‘rtasida tortishish, to‘qnashish hodisalari yuz bera 
boshlaydi va xodimlarning biri – biriga o‘zaro yordam berish munosabatlari yo‘qola 
boradi. Natijada boshqaruvning korxona oldiga qo‘ygan maqsadlari mehnat 
unumdorligining pasayishi sababli barbod bo‘ladi.
Bundan tashqari korxona yoki jamoada maqsadli boshqaruv usuli kabi 
tushunchani ishlatishimiz mumkin. U bir qator afzalliklarga ega. Yaxshi tashkil 
etilgan maqsadli boshqaruv usuli: 

korxona boshqaruv tizimini takomillashtirishga yordam beradi; 

har bir xodim butun korxonaning yuqori natijalarga erishishiga imkon 
yaratadi; 

har bir xodim rejasini barcha bo‘lim rejalari, shuningdek, korxonaning 
strategik rejasi bilan uzviy bog‘liqligini ta’minlaydi; 

rahbarlardan aniq va bajarilishi mumkin bo‘lgan maqsadlarni qabul qilishni 
talab etadi; 

erishilgan natijaga aniq miqdoriy ko‘rsatkichlar yordamida ob’ektiv baho 
berish imkoniyatini beradi; 

majburiyat va vakolatlarni xodimlarga taqsimlash yo‘li bilan ulardan to‘g‘ri 
va samarali foydalanishga yordam beradi; 

xodimlarning xizmat pog‘onalari bo‘yicha ko‘tarilish imkonini beradi; 

tadbirkor va ishbilarmon bo‘lajak rahbarlar safini aniqlashga imkon beradi; 

rahbarlar bilan itoat etuvchilar, rahbarlar bilan rahbarlar o‘rtasida 
munosabatlarning uyg‘unligini ta’minlashga va bu jarayonning yaxshilanib borishiga 
hissa qo‘shadi; 

itoat etuvchilarning maqsadlarini belgilab beruvchi rahbarlarni oqilona 
qaror qabul qilishga undaydi, ularning javobgarligini oshiradi va intizomga chaqiradi. 
Yuqoridagi fikrlarni inobatga olgan holda, restoranlar va ovqatlantirish 


92 
korxonalarining tashkiliy boshqaruv tuzilmasi muhim masalalardan biri bo‘lib, 
kadrlar, mehnatga layoqatli insonlarni boshqarish, ularning faoliyatiga shart - 
sharoitlar yaratish, yangi zamonaviy texnologiyalardan foydalanish hamda xizmat 
ko‘rsatish usullarini joriy qilish korxonalarning samarali ishlashiga olib keladi. 
Bunda rahbarlar va boshqaruvchi menejerlarning o‘rni beqiyos xisoblanib, yaxshi 
ishlaydigan xodimlarni vaqti - vaqti bilan rag‘batlantirib turish, har xil mukofotlar 
bilan taqdirlash, mehnat intizomini tashkil qilish orqali ishlab chiqarish 
samaradorligiga erishish mumkin. 

Download 6.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling