94
4.
Rahbarlarga to’g’ri ta’rif berilgan qatorni belgilang.
A) Tashkilot resurslarini tasarruf qiladilar va ulardan foydalanish to‘g‘risida
qarorlar qabul qiladilar.
B) Rahbarlar qabul qilgan qarorlarni
hayotga tatbiq etadilar,
korxona va
tashkilot rejalarini bevosita amalga oshiradilar.
C) Bir sohada ishlovchilarnigina birlashtirishi mumkin.
D) Ma’muriy hokimiyatga ega bo‘lmaydilar, lekin muayyan sohada ekspert
xisoblanadilar va rahbarlarga qarorlar qabul qilishda yordam beradi.
5.
Mutaxassislarga to’g’ri ta’rif berilgan qatorni belgilang.
A) Ma’muriy hokimiyatga ega bo‘lmaydilar, lekin muayyan sohada ekspert
xisoblanadilar va rahbarlarga qarorlar qabul qilishda yordam beradi.
B) Tashkilot resurslarini tasarruf qiladilar va ulardan foydalanish to‘g‘risida
qarorlar qabul qiladilar.
C) Rahbarlar qabul qilgan qarorlarni hayotga tatbiq etadilar, korxona va
tashkilot rejalarini bevosita amalga oshiradilar.
D) Bir sohada ishlovchilarnigina birlashtirishi mumkin.
Amaliy mashg‘ulotga tayyorgarlik ko‘rish uchun topshiriqlar:
1 - topshiriq: Ma’ruza mashg‘ulotida o‘tilgan «Restoran va ovqatlantirish
korxonalarining tashkiliy boshqaruv tuzilmasi» mavzusi bo‘yicha
kafe va
oshxonalarning tashkiliy boshqaruv tuzilmasi haqida ma’lumotlar to‘plang va
taqdimotini tayyorlang.