O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti g. R. Tursunova
Download 6.77 Mb. Pdf ko'rish
|
Ресторан бизнеси. Ўқув қўлланма
- Bu sahifa navigatsiya:
- «Restoran Biznesi»
- Eskofe
- Frederick Henry Harvey
XIX asr. Cesar Ritz o‘z zamonasining afsonaviy shaxsidir. Mehmonxona
industriyasining asoschilari kabi u ham ishni eng quyi pog‘onadan boshlagan va jonkuyarlik bilan mehnat qilgan. Natijada, mehmonxona biznesining sirlarini juda tez o‘rganib, kasbining eng yuqori cho‘qqilariga chiqqan. O‘z ish tajribasini u 15 yoshidan mehmonxona boshqaruvchisining shogirdi sifatida boshlagan. Fransiyada XVIII - XIX asrlarda «Restoran Biznesi» rivojlanib, restoran faoliyatini tahlil qilish davom etayotgan paytlarda 19 yoshli Ritz Parijdagi kichik restoranlardan birini boshqargan, lekin bu ishni birdaniga tashlab ketib, mashhur Voisin restoraniga ofitsiant yordamchisi bo‘lib ishlagan. Bu yerda u boy va mashhurlarning didlariga ma’qul bo‘lish san’atini o‘rgangan. Juda qisqa vaqt ichida u doimiy mijozlar to‘g‘risida hamma ma’lumotlarni bilib olib, (ular nimani yaxshi ko‘radi va nimani yoqtirishmaydi) mijozlarga yaxshi xizmat ko‘rsatish kerakligini tushunib yetgan. 1890 - yillarda Londonda «Savoy» oteli ochilganida uning boshqaruvchisi Cesar Ritz, restoranning bosh oshpazi Eskofe edi. Ularning ikkalasi restoranni bir jamoa bo‘lib tuzishgan va asosan Yevropa taomlariga moslashtirilgan. Ritz restoranining o‘ziga xosligi shundan iboratki, unda hamma tashrif buyuruvchilar shoxona kiyingan va arkestr musiqalari chalinib turgan. Ritz «Yaxshi boshqarish uchun odamlar bilan yaxshi muloqot qila bilishi zarur» degan fikrni ilgari surgan. Shu vaqtgacha Ritzning nomi restoran biznesida o‘chmas iz qoldirdi. Eskofe (Auguste Escoffier) ham o‘z davrining mashhur oshpazlardan biri bo‘lgan. U o‘z kasbining buyuk mutaxassisi bo‘lganligi uchun ham Eskofe «Oshxona Imperatori» nomini olgan. Uning ilk oshpazlik ishlari 13 yoshidan boshlangan. Eskofe 13 yoshida o‘z amakisi Fransuaning restoranida ilk faoliyatini boshlagan va oshpazlik kasbini 1920 - yilgacha davom ettirgan. Butun umri 12 davomida Eskofe hech kimdan tahsil olmay, hammasini mustaqil o‘zi o‘rgangan. U barchasini nafaqat o‘rgangan, balki qog‘ozga tushurishga harakat qilgan. 1852 - yilda Amerikaning har bir oteli o‘zining oshpaziga ega bo‘lgan va har bir otelida fransuz oshpazi bo‘lib, u yerda fransuz taomlari tayyorlangan. Mehmonxonalarga yevropacha usul kiritilgan bo‘lib, xizmat ko‘rsatish jarayonida nafaqat nomer uchun, balki taomlar uchun ham pul to‘langan. Mehmonlar xohlasa ko‘chada tamaddi qilishlari ham mumkin bo‘lgan. 1876 - yilda Frederick Henry Harvey AQShning Topika shahri temiryo‘l temiryo‘l ida o‘zining restoranini ochgan. Bu restoran mazzali taomlari, toza dasturxonlari, xushmuomala xodimlari bilan ajralib turgan. Harveyning biznesi shu sababli gullab yashnagan. O‘sha yillarda shaharda o‘zining mehmonxonasini ochgan. 1880-1890 - yillarda uning har 100 mil.da mehmonxonasi bo‘lgan. Uning mashhurligi mehmonxonalar sonining ko‘pligidan emas, balki restoranida pishiriladigan taomlarning assortimentida bo‘lgan (yetti xil taom bo‘lgan). Download 6.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling