O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti g. R. Tursunova


• Tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanishga bo‘lgan qobiliyati 2


Download 6.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/194
Sana12.11.2023
Hajmi6.77 Mb.
#1768385
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   194
Bog'liq
Ресторан бизнеси. Ўқув қўлланма

1.
• Tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanishga bo‘lgan qobiliyati
2.
• Ma'lumotli
3.
• Kadrlarni to‘g‘ri tanlash va o‘qitish qobiliyati
4.
• Tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish istagi
5.
• Ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadigan xodimlarni boshqarish qobiliyati va 
ularning faoliyatini umumiy vazifalarni yechishga qaratishni tashkillashtirish 
6.
• Xususiy tadbirkorlik faoliyatinig qonun va sharoitlarini bilishi
7.
• Tavakkalchilikka (xatarga) tayyorligi
8.
• O‘zining imkoniyatlari va kuchiga to‘g‘ri baho bera olishi
9.
• Yangiliklarga va tadqiqotlarga moyilligi
10
• Samimiy inson
11
• Atrofidagilarga hurmat bilan qarashi
12
• Mijozlarga bo‘lgan hurmat 


109 

sanitariya - gigiyena va texnologik talablar, taom hamda qandolat 
mahsulotlari ro’yxati to‘plamini bilishi; 

ovqatlantirish korxonasini boshqarish va mehmonlarga xizmat ko‘rsatish 
tizimini bilishi; 

mehmonlarga xizmat ko‘rsatish usullari va shakllarini bilishi; 

ovqatlantirish sohasi iqtisodiyoti va bozorini yaxshi bilishi; 

rasmiyatchilik va narxlash tartibini bilishi; 

taomnomani tuzishga qo‘yiladigan talablar va ko‘rsatiladigan xizmatlarni 
shakllantirishni bilishi; 

yaxshi nazorat qiluvchi va boshqaruvchi bo‘lishi;

texnika xavfsizligi, yong‘inga qarshi tadbirlar, sanitariya - gigiyena 
qoidalari va me’yorlarini bilishi kerak. 
Menejerning majburiyatlariga quyidagilar kiradi: 

biznes - rejani ishlab chiqish va uni realizatsiya qilishni amalga oshirib 
borish; 

oshxonada ishlatiladigan mahsulot turlari, amal qilish muddati, sifati, 
hamda realizatsiya qilish bo‘yicha shartnomalar imzolash va muzokaralar olib borish; 

menejer boshqa korxonalar bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnata olishi kerak. 
Chunki hamkor korxonalar bilan ishlash davomida o‘z korxonasining faoliyatini 
kengaytirib borish imkoniyati ham bo’lishi mumkin. Buning natijasida korxonaning 
iqtisodiy - ijtimoiy holatini mustahkamlashi, nafaqat mahalliy aholi, balki xorijdan 
tashrif buyurayotgan turistlarni ham jalb qila olishi mumkin; 

xodimlarni ishga olish va ularni boshqarish, o‘z guruhidagi xizmat 
ko‘rsatuvchi xodimlarni boshqara olishi, ularning faoliyatini, sifatli xizmat 
ko‘rsatishini nazoratga olishi; 

menejer mijozlarga nisbatan xushmuomala bo‘lishi kerak, ya’ni «mijoz 
hamisha haq» qoidasiga amal qilish korxonaning kelajakda yanada yaxshi faoliyat 
olib borishiga zamin yaratadi; 


110 

tuy, banket va boshqa tadbirlarga xizmat ko‘rsatish uchun buyurtmalar 
qabul qiladi. Shu jumladan, VIP - mehmonlar uchun tadbirli marosimlarga xizmat 
ko‘rsatishni shaxsan tashkillashtiradi; 

menejer texnologik jarayonlarni yaxshi o‘zlashtirgan bo‘lishi, taom 
tayyorlash, uni tayyorlashda ishlatiladigan asbob - uskunalar ishini yaxshi bilishi 
lozim; 

menejer xisob - kitobni yaxshi bo‘lishi, korxonadagi xarajat va 
daromadlarni yaxshi nazorat qilishi lozim. 
Menejer quyidagi huquqlarga ega: 

tashkilot rahbari loyiha qarorlarining muhokamasida ishtirok etish

ishlab chiqarish xo‘jaligi va moliyaviy - iqtisodiy masalalar bo‘yicha 
uchrashuvlar o‘tkazish; 

uning majburiyatlarini bajarishga tegishli bo‘lgan savollar muhokamasida 
qatnashish; 
Menejer quyidagi javobgarliklarga ega: 

asossiz qarorlarni qabul qilish natijasida mol-mulkni buzilishiga yoki 
foydalanishda yaroqsiz ahvolga tushishi natajasida yuzaga keladigan oqibatlar uchun 
shaxsan o‘zi javobgar xisoblanadi.

menejer unga topshirilgan mol-mulkni o‘z manfaatlari yo‘lida yoki 
tashkilot faoliyatiga qarshi manfaatlarda ulardan foydalansa fuqarolik, jinoiy 
javobgarlikka tortiladi. 
Menejer yordamchisi ham ovqatlantirish sohasida asosiy rol o‘ynaydi.
U quyidagi vazifalarni bajaradi: 

bosh menejer yo‘qligida restorandagi umumiy ish jarayonini kuzatadi; 

daromadlar va xarajatlar balansini aniqlashga yordamlashadi; 

xodimlarni ishga qabul qilish va ularni boshqarishga yordam beradi

asbob - uskunalar va inventarlardan foydalanish hamda ularni saqlash 
tartibi, buyurtmalarni bajarishga yordam beradi; 

ko‘pincha barni boshqarish bilan shug‘ullanadi. 


111 
Unga qo‘yiladigan boshqa talablar: 

o‘rta maxsus ta’limi darajasini egallagan bo‘lishi; 

ovqatlantirish sohasida ish tajribasiga egaligi; 

liderlik sifatiga egaligi va boshqalar. 

Download 6.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling