O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti g. R. Tursunova


Download 6.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/194
Sana12.11.2023
Hajmi6.77 Mb.
#1768385
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   194
Bog'liq
Ресторан бизнеси. Ўқув қўлланма

Ofitsiant yordamchisi. Stolni yig‘ishtiradi va uning tozaligini saqlaydi. 
Mehmonlarga suv suzib beradi. 
Barmen. U ham bevosita ofitsiant kabi metrdotelga buysunadi. 
Barmen quyidagilarni bilishi shart: 

ovqatlantirish korxonasidagi mahsulotlar va xizmatlarga oid me’yoriy 
hujjatlar talabini bilishi; 


128 

spirtli, kam gradusli kokteyllar, ichimliklar, shuningdek gazak, taom hamda 
qandolat mahsulotlarining assortimenti, ro’yxati, tayyorlanish texnologiyasi, to‘g‘ri 
bezatilishi va uzatishni bilishi; 

qandolat mahsulotlari va sotib olingan tovarlarni saqlash muddati hamda 
shartlari, belgilangan haroratda ichimlik va gazaklarni berishi; 

bar stoykasi va vitrinalarda ichimliklar, mahsulotlar hamda oshxona idish - 
tovoqlarini qo‘yish qoidalarini bilishi; 

ichimliklar, issiq va sovuq taomlar, gazaklarni narxlash texnikasini bilishi; 

oshxona idish - tovoq va anjomlarini olish va qo‘yish tartibini bilishi; 

barda ishlatiladigan asbob - uskunalar, audio - video jihozlar va musiqa 
avtomatlaridan foydalanishni bilishi; 

bar stoykasida va zalda etikaning asosiy qoidalari hamda mijozlarga xizmat 
ko‘rsatish usullarini bilishi; 

xorijiy mijozlarga xizmat ko‘rsatishning xalqaro etika qoidalari, texnikasi 
va o‘ziga xosligini bilishi (luks, oliy va birinchi toifadagi restoran, barlar uchun); 

banket, bayramlar va boshqa maxsus tadbirlarda, jumladan, boshqa 
hududdan tashrif buyuruvchilarga xizmat ko‘rsatish xususiyatlarini bilishi; 

xorijiy til va mutaxassislikka oid atamalarni (gaplasha olish darjasida) 
bilishi; 

nazorat g’azna apparatlari va boshqalardan foydalanish, xisobni 
rasmiylashtirish tartibini hamda mijozlar bilan xisob - kitob qilishni bilishi; 

taksi, ichki ishlar, tez yordam va o‘t o‘chirish xizmatlari telefon 
raqamlarini bilishi; 

bajarilgan ish sifatiga qo‘yiladigan talablarni bilishi; 

ichki tartib - qoidalar, mehnatni muhofaza qilish me’yorlari, sanitariya va 
gigiyena qoidalarini bilishi; 

ish joyida mehnatni to‘g‘ri tashkil qilish talablarini bilishi shart. 
Bundan tashqari barmen mijozlarga gazak va ichimliklarni berayotganda ular 
haqida xizmat jarayonida qisqacha ma’lumotlar bera olishi kerak. 


129 
O‘z faoliyatida barmen quyidagilarni bajarishi shart: 

madaniyatli muloqot o‘rnata olishi; 

mijozlar bilan muomala qilganda o‘zini tuta bilishi, professional etika 
me’yorlariga amal qilgan holda muloyimlik, xushmuomalalik, e’tiborli va ehtiyotkor 
bo‘lishni bilishi; 

mehmondo‘stlik muhitini yarata olishi; 

mijozlar bilan muloqot qilganda mehribon va sabrli, irodali bo‘lishi, 
ziddiyatli vaziyatlarning oldini olish qobiliyatiga ega bo‘lishi shart. 
Barmenning majburiyatlariga quyidagilar kiradi: 
Ish kuni boshlanishidan oldin: 

kiyim va sochlarini tegishli holatga keltirish; 

omborxona mudiridan ichimliklar, oziq - ovqat va mahsulotlarni olishi; 

xo‘jalik ishlari mudiridan kerakli topshiriqlarni olishi; 

kerakli inventar va uskunalarni tayyorlashi; 

vitrina va bar stoykasini bezashi. 
Mijozlarga xizmat ko‘rsatish jarayonida: 

mijozlarni kutib olish, ichimliklar assortimenti va ro’yxati bilan tanishtirish 
hamda ichimliklar, gazaklar haqida tegishli axborotlar berishni bilishi; 

gazak va ichimliklar bilan tanishtirish hamda tanlash uchun mijozlarga 
taomnomani taqdim qilishi; 

gazak va ichimliklar tanlashda yordam berishi

o‘z vaqtida tartib bilan idish - tovoq va kuldonlarni tozalashi; 

xizmat so‘ngida mijozlarga xisobni to‘lash uchun rasmiylashtirishi va 
taqdim etishi. 
Ish kuni mobaynida: 

bar stoykasini tozalash; 

stoyka va vitrinalar holatini belgilangan tartibda saqlash; 

omborxonadan ichimliklarni olib turishi; 


130 

gazak, qandolat mahsulotlari va yarim tayyor mahsulotlarni tarqatish uchun 
qabul qilishi; 

ichimliklar, oziq - ovqat hamda mahsulotlarni belgilangan tartib va 
qoidalarga muvofiq saqlashni ta’minlashi; 

barda ishlatiladigan asbob - uskunalar, audio - video jihozlar va musiqa 
avtomatlaridan foydalanishni bilishi; 

mijozlarning xatti - harakatilarini nazarat qilishi. 
Ish kunining oxirida: 

ishlatilmagan idish - tovoq, anjomlar va o‘z uniformasini topshirish; 

buxgalteriyaga xisob, G’azna va xisobot hujjatlarini topshirishi. 
Barmen quyidagi holatda bo‘lishi kerak: 

ishda belgilangan shakldagi kiyimda yurish, u doimo ozoda, ko‘rkam 
bo‘lishi, poyafzallari esa toza tutilishi lozim. Ismi - sharifi va lavozimi yozilgan 
ko‘krak nishonini taqib yurishi; 

mijozlarga xizmat ko‘rsatish jarayonida etika qoidalariga rioya qilishi

ichimliklarni tayyorlash va qo‘yib berishda, buyumlarni tashiganda 
ehtiyotkor va e’tiborli bo‘lishi; 

mijozlarga tezlik bilan xizmat ko‘rsatish, bar stoykasi oldida ko‘tib 
qolishiga yo‘l qo‘ymaslik; 

mijozlar ichimliklar tanlayotganda sabrli, e’tiborli va ogoh bo‘lishi; 

mijozlar bilan xisob - kitob qilganda minnatdorchilik bildirishi; 

o‘z ish joyini tark etganida o‘rniga boshqa ofitsiantni qo‘yib ketishi; 

o‘z vaqtida tibbiy ko‘rikdan o‘tishi kerak. 
Barmenga mutlaqo ta’qiqlanadi: 

barda chekish, o‘tirish, ovqat yeyish, qattiq gapirish, shuningdek, servant, 
devorlar va boshqalarga suyanishi; 

bar stoykasi oldida qarindosh va yaqin tanishlari bilan do‘stona 
suhbatlashishi; 

kiyim cho‘ntaklariga shaxsiy buyumlarni saqlashi; 


131 

mijozlar oldida shaxsiy gigiyena tadbirlarini o‘tkazishi. 
Barmen quyidagi javobgarliklarga ega: 

ishi va majburiyatlarini bajarishida sifatsiz hamda zamon talabi darajasida 
foydalanmasa; 

hujjat va yo‘riqnomalarda ko‘rsatilgan ta’qiqlarni buzishi; 

hujjat va yo‘riqnomalarda ko‘rsatilgan ma’lumotlar haqida bilimga ega 
bo‘lmaslik; 

unga ishonib topshirilgan moddiy qiymatga ega bo‘lgan buyumlarni 
saqlamaganligi uchun, shuningdek, ichimliklarni realizatsiya qilishda, noto‘g‘ri xatti-
harakatlar qilishi; 

o‘z faoliyati davomida qonunga qarshi ish qilsa, qonun hujjatlarida 
belgilangan tartibda fuqarolik, ma’muriy va huquqiy javobgarlikka tortiladi.

Download 6.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling