O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti g. R. Tursunova


Xisobchi. Ovqatlantirish korxonalarida faoliyat olib boradigan mas’ul  xodimlardan biri bu xisobchi xisoblanadi. Xisobchi


Download 6.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/194
Sana12.11.2023
Hajmi6.77 Mb.
#1768385
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   194
Bog'liq
Ресторан бизнеси. Ўқув қўлланма

Xisobchi. Ovqatlantirish korxonalarida faoliyat olib boradigan mas’ul 
xodimlardan biri bu xisobchi xisoblanadi.
Xisobchi quyidagilarni bajarishi shart: 

madaniyatli muloqot o‘rnata olishi; 


135 

mijozlar bilan muomala qilganda o‘zini tuta bilishi, professional etika 
me’yorlariga amal qilgan holda muloyimlik, xushmuomalalik, e’tiborli va ogoh 
bo‘lishi; 

mehmondo‘stlik muhitini yarata olishi; 

mijozlar bilan muloqot qilganda mehribon va sabrli, irodali bo‘lishi, 
ziddiyatli vaziyatlarning oldini olish qobiliyatiga ega bo‘lishi shart. 
Kiyim qabul qiluvchi. Restoranga kirishda ustki kiyimlarni yechadigan joy 
tashkil etiladi. U yerda xizmat ko‘rsatuvchi xodim mehmonlarning ustki kiyimlarini 
va boshqa buyumlarini qabul qilib oladi, kiyim osilgach, nomeri yozilgan jeton 
beradi. Kiyimlarni iluvchi topshirilgan buyumlar uchun mas’ul xisoblanadi. Jeton 
qaytarilgach, topshirilgan buyumlar olib beriladi. Kiyim qabul qiluvchi ustki kiyimni 
kiyishda mehmonlarga yordamlashadi. Uning vazifasiga yana mabodo kiyim 
tugmalari va ilgichlari uzilgan bo‘lsa, tikib berishi ham mumkin, lekin bu ish uchun 
xizmat haqi talab qilinmaydi. 
Kiyim qabul qiluvchining eng muhim vazifasi restoranga tashrif 
buyuruvchilarning shaxsiy buyumlarini qabul qilib olish va saqlash qoidalarini 
bilishdir. Mijozlarning bosh kiyimlari va boshqa buyumlarini qabul qilmaslik mumkin 
emas. Restoranga tashrif buyuruvchi mijozlar agarda berilgan jetonini yo‘qotib 
qo‘ysa, kiyim qabul qiluvchi tegishli hujjatlarni rasmiylashtiradi. 
Shveysar. Restoran direktori tomonidan tayinlanib, u mehmonlarni kutib oladi, 
eshiklarni ochib - yopib turadi, restoranga tashrif buyuruvchilarga axborot beradi. 
Restoranning yopilishi oldidan kiruvchilarni to‘xtatadi. Mehmonlar iltimosiga ko‘ra 
taksi chaqirib berish ham uning vazifasiga kiradi. Restoranga kirish qismi tozaligiga 
qarab, oyna, eshiklarni, polni artib tozalab turadi. Restoran eshigi atrofi va 
tashqarisining ozodaligini ham nazorat qiladi. Signalizatsiya tizimini, reklama 
vositalari to‘g‘ri osilganini kuzatadi. 
Shveysar quyidagilarni bilishi shart: 

shveysar o‘z ishining mutaxassisi bo‘lishi;

ovqatlantirish korxonalariga tashrif buyuruvchilarga xizmat ko‘rsatish 
qoidalarini bilishi;


136 

restoran zallarining joylashishini yaxshi bilishi;

yong‘inga qarshi vositalarning qayerda o‘rnatilganligini bilishi; 

eng yaqin joylashgan ovqatlantirish korxonalarini bilishi; 

taksi, ichki ishlar, tez yordam va o‘t o‘chirish xizmatlari telefon 
raqamlarini bilishi shart. 
Ovqatlantirish korxonasidagi barcha xodimlarning asosiy vazifasi mijozlarga 
yuqori darajada xizmat ko‘rsatishdir. Mijozlar mazzali taomlar va ichimliklar bilan 
yaxshi ta’minlansa, ular chin dildan minnatdorchilik bildirishsa - bu ovqatlantirish 
korxonalar xodimlari uchun eng katta yutuq xisoblanadi. 

Download 6.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling