O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi samarqand davlat universiteti
Download 7.94 Mb. Pdf ko'rish
|
Nazorat savollvri
1. Barg qanday quritiladi 2. O‗simlikning er ustki qismi (o‗t) qanday quritiladi 3. Kurtaklar qanday quritiladi 4. Po‗stloqlar qanday quritiladi 5. Gullar qanday quritiladi 8-MAVZU. DORIVOR O„SIMLIKLARNING MEVA VA URUG„LARINI QURITISH USULLARI Reja 1. Quritishning umumiy tartib qoidalari 2. Mevalarni quritish usuli 3. Urug‗larni quritish usulari Tayanch iboralar: efir moy, harorat, glikozidlar , alkoloidlar, askorbin kislotasi, bodom urug‗i, fenxelь, arpabodiyon va kashnich mevalari, xantal urug‗i va boshqalar • Quritishning umumiy tartib qoidalari quyidagilardan iborat: 1. Tarkibida efir moylari mavjud xom-ashyo 30-35 (40) 0 S haroratda quritiladi. 10-15 sm qalinlikda efir moylarini uchib ketishiga yo‗l qo‗ymagan holda. 2. Tarkibida glikozidlar mavjud xom-ashyo 50-60 0 S haroratda. Ushbu holda fermentlar glikozidlarni tarkibini buzishga ulgurmaydi. 3. Tarkibida alkoloidlar mavjud xom-ashyo 50 0 S gacha haroratda quritiladi. 4. Tarkibida askorbin kislotasi mavjud xom-ashyo 80-90 0 S haroratda quritiladi. Quritishning barcha usullarida (efir moylilaridan tashqari) xom-ashyo qalin yoymasdan joylashtirilib, tez-tez ag‗darilib turiladi, ammo maydalanib ketishiga yo‗l qo‗yilmaydi Meva va urug„lar pishib etilgan davrda yig‗iladi. Mevalar odatda ertalab yoki kechqurun yig‗ib olinadi, kun isiganda yig‗ilsa, quruq mevalarning urug‗i sochilib ketishi mumkin. Mevalar turiga qarab tayyorlanadi. Ba‘zilar qo‗l bilan bitta-bitta uzib olinadi, boshqalari esa tayoq bilan qoqiladi. Urug‗lar ham turli usullar bilan tayyorlanadi. Ba‘zi urug‗lar maxsus asbob bilan mevadan ajratib olinadi (bodom urug‗i va boshqalar). Mayda meva va urug‗lar esa urug‗lar etilganidan so‗ng yoki etilishi oldida o‗simlikni o‗rib quritib, so‗ngra xirmonda yanchib tozalanadi (fenxelь, arpabodiyon va kashnich mevalari, xantal urug‗i va boshqalar). Download 7.94 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling