30
III-bob. O’zbekistondagi mehmonxona zanjirlarini tashkil qilish
istiqbollari
3.1.“Malika” va “Asia” mehmonxonalari zanjiri faoliyatini tahlil
qilish
O‘zbekiston turizm sohasida ulkan salohiyatga ega.
Samarqand, Buxoro,
Xiva va Shahrisabz shaharlari YuNESKOning Butunjahon merosi ro‘yxatiga
kiritilgan. Yangi sayyohlik yo‘nalishlari
ishlab chiqilayotgani,
xalqaro va
mahalliy mehmonxonalar barpo etilayotgani yurtimizga kelayotgan sayyohlar safi
yildan-yilga kengayib borayapti. Shunday mehmonxonalardan biri «Malika»
mehmonxona zanjiridir.
“Malika Hotels Group” mehmonxonalar zanjiri 1992 yilda amerikalik Erik
Oun va 2 ta O’zbekiston fuqarolari ta’sischilari tomonidan tashkil etilgan.Bu
mehmonxona zanjiri O’zbekistonning barcha tarixiy
shaharlarida joylashgan
bo’lib, bu mehmonxonalardagi personal yuqori malakali mutaxassislar tomonidan
o’qitilgan va ular yuqori darajadagi xizmat ko’rsatishi
bilan boshqa
mehmonxonalardan ajralib turadi.
“Malika Khiva” mehmonxonasi “Malika” mehmonxona
zanjiriga tegishli
mehmonxonalardan biri bo’lib, u 2008 yilda barpo etilgan.Bu mehmonxona Xiva
eski shahrining Ichan qal’asida joylashgan.Mehmonxonada
keng assortimentli
o’zbek taomlari taqdim etiladi.
Bu mehmonxona joylashuvi bo’yicha juda qulay bo’lib,
hattoki jamoaviy
turizmni qo’llab quvvatlash uchun katta avtobuslar uchun ham to’xtash
joylari
mavjud.
Mehmonxonada 127 ta nomer mavjudbo’libulardaindividual
tizimli
sovutgichlar o’rnatilgan.
Nomerlar kategoriyalari:
1 kishilik (single room);
2 kishilik (double room);