O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim


Ta’lim va fan sohasini rivojlantirish


Download 1.5 Mb.
bet12/100
Sana04.02.2023
Hajmi1.5 Mb.
#1165719
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   100
Bog'liq
d17a625cbe796037c43bfa13e8e33dd8 IJTIMOIY PEDAGOGIKA

4.4. Ta’lim va fan sohasini rivojlantirish
Uzluksiz ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, malakali kadrlar tayyorlash siyosatini rivojlantirish hamda ta’lim moddiy-texnik bazasini mustahkamlashdagi chora-tadbirlar tizimi. Mamlakatimizda 2016 yilda siyosiy-huquqiy, iqtisodiy, ma’naviy sohalar bilan bir qatorda, ijtimoiy sohada xam chuqur sifat o’zga­rishlari ro’y berdi. Istiqlol yillarida respublikamizda ijtimoiy sohaga yo’naltiri­lgan xarajatlar hajmi 5 barobar ko’paytirildi. Har yili davlat byudjetining qariyb 60 foizi sog’liqni saqlash, ta’lim, kommunal xo’jalik, aholini ijtimoiy himoya qilish sohalaridagi vazifalar ijrosiga yo’naltirilmoqda. Jamiyat ijtimoiy sohasining eng muhim tarkibiy qismlaridan biri ta’lim-tarbiya sohasi bo’lib, uning rivoji siyosiy-huquqiy, iqtisodiy va ma’naviy sohalarga bevosita ta’sir etadi hamda ijtimoiy sohalar me’yoriy mohiyatini, kamolot darajasini belgilab beradi.
Ta’lim va fan sohasini rivojlantirish davlat siyosati ma’no-mazmunidan va uning dolzarbligidan kelib chiqib, uni quyidagicha izohlash mumkin: birinchidan, yangi ta’lim tizimi, barkamol avlod kadrlarini tayyorlashdagi o’zgarishlar va yangicha yondaShuvlar, zamonaviy kasb sohalarining paydo bo’lgani hamda uning mamlakatimiz sharoiti bilan bog’liqligidir; ikkinchidan, ta’lim tushunchasi ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot natija­sida muayyan davrdan boshlab, inson faoliyatining alohida mustaqil sohasiga aylanib, jamiyatning ijtimoiy tajribasini keyingi bosqichga uzatadi; uchinchidan, ta’lim inson shaxsining intellektual-ma’naviy qirralarini shakllantirish, uning jamiyat ishlab chiqarishi va ijtimoiy, siyosiy, madaniy, ma’rifiy hayotida faol va muvaffaqiyatli ishtirokini ta’minlashga qaratilgan harakatlar yig’indisi bo’lib, ma’rifat hamda bilim berishni anglatadi; to’rtinchidan, fan jamiyatning ijtimoiy institutlaridan biri bo’lib, tabiat va jamiyat hayotini aks ettiruvchi ijtimoiy ong shakli. U katta ilmiy salohiyatni, ijodiy kuch-quvvatni birlashtirib, ma’naviy barkamol insonni tarbiyalash­ga, mamlakatda qudratli ilmiy salohiyatni yaratishga xizmat qiladi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi «O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi to’g’risida»gi Farmoni bilan Harakatlar strategiyasini «Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili»da amalga oshirishga oid Davlat dasturining «Ijtimoiy sohani rivojlantirish» deb nomlangan to’rtinchi yo’nalishida1 maktabgacha ta’lim muassasalarining qulayligini ta’minlash, umumiy o’rta, o’rta maxsus va oliy ta’lim sifatini yaxshilash hamda ularni rivojlantirish chora-tadbirlarida turadi.
Uzluksiz ta’lim tizimining faoliyat olib borishi ta’lim dasturlarining izchilligi asosida ta’minlanadi va quyidagi ta’lim turlarini o’z ichiga oladi:
1. Maktabgacha ta’lim. 5. Oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim.
2. Umumiy o’rta ta’lim. 6. Kadrlar malakasini oshirish va
3. O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi. ularni qayta tayyorlash.
4. Oliy ta’lim. 7. Maktabdan tashqari ta’lim.
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, rivojlangan mamlakatlarda ta’lim samaradorli­gi, taraqqiyotning 16 foizi – moddiy-texnik bazaga, 20 foizi – axborot resurslariga, 64 foizi – inson omiliga bog’liq. Bu uchala omil bir-biri bilan chambarchas bog’liq bo’lib, ta’lim-tarbiyaning moddiy-texnik bazasi, mavjud resurslaridan, imkoniyatlaridan oqilona foydalanish inson mafaatiga xizmat qiladi va uning ratsional rivojlanishi­ni belgilab beradi. 2017–2018 yillar davomida yurtimizda 459 ta maktabgacha ta’lim muassasasi kapital ta’mirlandi va zamonaviy talablarga mos ravishda jihozlandi.
Bugungi kunda ta’limni rivojlantirishga yo’naltirilayotgan xorijiy texnik yordam hajmi tobora ortib bormoqda. O’tgan davrda bu boradagi yordam 500 million dollardan ortib ketdi. Osiyo taraqqiyot bankining salkam 290 million dollar mablag’i, Janubiy Koreya hukumatining 110 milliondan ortiq, Jahon bankining 33 million, OPEKfondi, Saudiya fondi, Islom taraqqiyot bankining 42 million, Germaniya hukumatining «KfV» banki orqali yo’naltirilgan qariyb 20 million va boshqa donorlarning 100 million dollardan ortiq yordamini qayd etish lozim1. Bu esa ta’lim jarayonining bevosita davlat nazoratida ekanining so’zsiz isbotidir. YA’ni, davlat ertangi kun istiqbolini o’ylab, ta’lim jarayonida ana Shunday yirik islohotlarni amalga oshirmoqda.
Ta’lim-tarbiya va tibbiyot muassasalari moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ij­timoiy infratuzilma ob’ektlarini jadal rivojlantirish uchun 2015 va 2016 yillarda davlat byudjeti jami xarajatlarining qariyb 60 foizi yo’naltirildi. Shu jumladan, ta’lim va ilm-fanni rivojlantirishga 34,3 foiz mablag’ sarflandi.
Bugungi kunda ta’lim davlat siyosatining eng ustuvor yo’nalishiga aylandi. Davlat byudjetidan ta’limga ajratilgan mablag’lar byudjet xarajatlar qismining 33,7 foizi darajasida rejalashtirilib ta’lim sohasiga yo’naltirilayotgan xarajatlar hajmi mamla­katimiz YAIM tarkibida 10–12 foizni tashkil etadi. Holbuki, jahon tajribasida bu ko’r­satkich 3-5 foizdan oshmaydi. Qariyb 9,5 ming yoki mamlakatimizda faoliyat ko’rsatayotgan maktablarning deyarli barchasida qurilish, kapital rekonstruksiya va ta’mirlash ishlari amalga oshirildi. O’quv maskanlarining zamonaviy o’quv laboratoriya, mebel jihozlari bilan ta’minlangani ta’lim sifati va mazmuniga Yuksak e’tibor qaratilmoqda.
Mamlakatimiz iqtisodiyotining strategik tarmog’i sifatida turizmni jadal ri­vojlantirish uchun qulay iqtisodiy va tashkiliy-huquqiy shart-sharoitlar yaratish, hududlarning ulkan turizm salohiyatidan yanada to’liq va samarali foydalanish, turizm tarmog’ini boshqarishni tubdan takomillashtirish, milliy turizm mahsulotlarini yaratish va ularni jahon bozorlarida targ’ib qilish, turizm sohasida O’zbekistonning ijobiy qiyofasini shakllantirish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 2 dekabrdagi «O’zbekiston Respublikasining turizm sohasini jadal rivoj­lantirishni ta’minlash chora-tadbirlari to’g’risida»gi PF–4861 son farmoni qabul qilindi. Farmonga ko’ra, Buxoro davlat universitetida turizm fakulteti ochildi. Shuni alohida ta’kidlash joizki, Buxoro qadimiy me’morchilik obidalariga boy. Ayni paytda bu yerda an’anaviy madaniy-tarixiy turizm bilan bir qatorda sayyohlikning ekologik, sport, davolash-sog’lomlashtirish kabi qator turlarini rivojlantirish borasida katta imkoniyatlar mavjud. Bundan samarali foydalanish maqsadida Buxoro shahrida turistik erkin iqtisodiy hudud tashkil etish g’oyasi ilgari surildi. Farmonda belgilangan o’rta muddatli istiqbolda turizm sohasidagi davlat siyosatining maqsadli va ustuvor yo’na­lishlarida tarmoq uchun, ayniqsa, menejment va marketing sohasida malakali kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish masalasi ham ilgari surilgan edi. Zikr etilgan fakultet ana Shu vazifalar yechimiga qaratilgan tadbirlar doirasida ochildi2.
Yana Shuni ta’kidlash lozimki, O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasida kam ta’minlangan oilalar va ularning bolalarini davlat tomonidan moddiy qo’llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilgan. Xususan, bu­gungi kunda davlat tomonidan kam ta’minlangan oilalar va ularning bolalarini davlat tomonidan moddiy qo’llab-quvvatlashninig quyidagi mexanizmlari mavjud.
ota-onalar to’lovi joriy etilgan barcha ta’lim muassasalarida kam ta’minlangan oilalarning bolalarini badal to’lovlaridan ozod qilish (O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 12 dekabrdagi PQ–744-son qarori);
– maktablarda kam ta’minlangan oilalarning bolalarini qishki kiyim-bosh to’plami bilan tekin ta’minlash (O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 20 avgustdagi 409-son qarori);
– umumta’lim muassasalarida kam ta’minlangan oilalarning bolalarini darsliklar to’plami uchun ijara to’lovlaridan ozod qilish va boshqalar (O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 1 iyuldagi PQ–363-sonli qarori).
2017 yilda amalga oshiriladigan tadbir­lar tufayli Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi, Moliya vazirli­gi, Davlat test markazi, O’zNNTMA zimmasiga aholining ijtimoiy nochor qatlamlarining sifatli ta’lim olish imkoniyalarini kengay­tirish maqsadida inklyuziv ta’lim tizimi samaradorligini oshirish bo’yicha kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqish topshirildi. Vazirlar Mahkamasining Shu boradagi qarori loyihasida quyidagi amaliy natijalar nazarda tutilgan:
1) nogiron bolalarni zarur maxsus adabiyotlar va o’quv qo’llanmalar bilan ta’minlashni qamrab oluvchi inklyuziv tizimni yanada rivojlantirish;
2) inklyuziv ta’lim tizimi o’qituvchilariga imtiyozlar berish;
3) jismoniy imkoniyati cheklangan talabalarning oliy o’quv yurtlarida ta’lim olish imkoniyatlarini yanada kengaytirish;
4) nogiron bolalarni uyda o’qitadigan pedagoglarning ishini rag’batlantirish.
Bugungi kunda aksariyat maktabgacha ta’lim muassasalarining moddiy-texnik ba­zasi zamon talablariga javob bermaydi. Bolalarni maktabgacha ta’limga qamrab olish ko’rstagichi hamon pastligicha qolmoqda. Shu boisdan ham 2200 ta maktabgacha ta’lim muassasasining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash uchun jami 2,2 trillion so’m mablag’ ajratish ko’zda tutilmoqda. Maktabgacha ta’lim muassasalari tarmog’i 50 ta yangi qurilish hamda mavjud muassasalarning 1167 tasini rekonstruksiya qilish va 983 tasini mukammal ta’mirlash orqali kengaytiriladi1.
Yuqorida keltirilgan hujjatlardan ko’rinib turibdiki, ijtimoiy muammolarga alohida e’tibor qaratilib kelinmoqda.

Download 1.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling