O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universisteti
Download 1.2 Mb. Pdf ko'rish
|
7386220630d26ff9d50eafc838281213 HOZIRGI ADABIY JARAYON
ISBN 978-9943-7044-7-3 @ Azimidin Nasirov, 2021 @ SamDU nashri - 2021 3 1-MAVZU HOZIRGI ADABIY JARAYON FANINING MAQSADI VA VAZIFALARI Reja: 1.Hozirgi adabiy jarayon fanining maqsadi va vazifalari. 2.Yangi o‗zbek adabiyotining vujudga kelishi, sabab va omillari. 3.Badiiy tasvirdagi yangilanish. 4.Yangilanayotgan o‗zbek adabiyotida yangi janrlar, yangi mavzu va muammolarning paydo bo‗lishi. 5.Hozirgi adabiy jarayonning asosiy xususiyatlari va adabiy tanqid. Tayanch so‘zlar: adabiy jarayon, adabiyot, jarayon, talqin, ifodalash, poetik tafakur, mavzu, ramziylik, majoziylik. XX asr oxiri – XXI asr boshlaridagi o‗zbek adabiyoti ushbu davrda yuz bergan ijtimoiy-siyosiy, madaniy hayotdagi o‗zgarishlarni aks ettiradi. Bugungi kun adabiyotshunos olimlari va tanqidchilari o‗zbek adabiyoti rivojida yuz berayotgan o‗zgarishlarni anglab yetishga va ularga munosib baho berishga urinmoqdalar. ―Sharq Yulduzi‖, ―Yoshlik‖, ―Tafakkur‖, ―Guliston‖, ―O‗zbek tili va adabiyoti‖ kabi adabiy-badiiy, ijtimoiy-siyosiy ruhdagi yetakchi jurnallar, ―Kitob dunyosi‖ gazetasi sahifalarida e‘lon qilinayotgan zamonaviy adabiy jarayonga bag‗ishlangan bahs va munozaralar, chop etilayotgan qator maqolalar shundan dalolat beradi. Lekin shuni qayd etish kerakki, o‗zbek adabiy tanqidchiligida adabiyotning o‗z-o‗zini shakllantirishga urinishi borasida yakdil fikrlar yo‗q. Masalan, Hakimjon Karimov ilgari surgan paradigma 1 in‘ikos nazariyasiga va ijtimoiy-madaniy hamda adabiy tafakkurning 4 rivojlanishida ong kategoriyasining roliga asoslanadi. Tadqiqotchi yozish uslubi rivojlanishining asosiy yo‗nalishlarini nasrning janr prinsipiga asosan bo‗linishidan kelib chiqqan holda ko‗rsatib o‗tadi: 1) adabiyotda badiiy tasvir va mavzu maydonining kengayishi; 2) ijtimoiy, axloqiy, ma‘naviy, oilaviy masalalarga e‘tiborning kuchayishi; 3) insonparvarlik mazmuni va psixologizmning chuqurlashuvi; 4) o‗zbek xalqining o‗zligini tanishi va mentaliteti masalalariga murojaatning kuchayishi; 5) hayot mazmunini falsafiy mushohada etish. H.Karimovning fikricha, mazkur yo‗nalishlarning barchasi yozish uslubining realistik va modernistik turiga asoslanadi. Adabiyotshunos olim voqealikning modernistik prinsipda aks ettirilishini o‗zbek adabiyotidagi sifat jihatdan yangi hodisa deya ta‘kidlaydi.U ―totalitar sharoitda mazkur estetik qarashlarni qo‗llash imkonsiz edi‖, deya ob‘yektiv sabablarni ham, ―adabiyotda modernizmning barcha prinsiplari va uslublarini to‗la qo‗llay oladigan ijodkorlar hali yetishib chiqmagan edi‖, deya, sub‘yektiv sabablarni ham ko‗rsatib o‗tadi. H. Karimov zamonaviy so‗z ijodkorlarining eng muvaffaqiyatli tajribalari ramz va majozlarga tayanganini ta‘kidlaydi. Bundan tashqari, u o‗zbek adabiyotida ―detektiv yo‗nalish‖ paydo bo‗lganini va bu ham yangilik ekanini qayd etadi. Adabiyotshunos olim ―Zamonaviy o‗zbek adabiyoti uchun muallifning dunyoni his etish konsepsiyalaridagi xilma-xillik, voqelikni anglashning yangicha shakllari paydo bo‗lishi hamda adabiy obrazlarni milliy qadriyatlar nuqtai nazaridan qayta anglash xosdir‖, deya xulosa qiladi.Yo‗ldosh Solijonov ham o‗zining zamonaviy adabiy jarayonlar konsepsiyasini adabiy janrlarning bo‗linish prinsipiga asoslangan holda tuzadi. 5 Olimning ta‘kidlashicha, zamonaviy o‗zbek adabiyoti ―… Sharq adabiy an‘analarini boyitgan holda jahon adabiyoti tendensiyalarini o‗zlashtira boshladi‖. Lekin, deya ta‘kidlaydi Yu.Solijonov: ―jahon adabiyoti an‘analari o‗zbek badiiy asarlarini yaratishda mustahkam poydevorga aylanib ulgurmadi‖. Qator adiblar ijodida ―Bozor sharoitidagi inson taqdiri‖ mavzusi ustuvor muammo sifatida ajralib ko‗rinadi.Ularning asarlaridagi bosh qahramon bozor munosabatlariga moslashib olgan yoki ―ortiqcha odam‖ga aylangan kishidir. Y. Solijonovning fikricha, ―har bir adib yolg‗izlik fojiasini o‗zicha ochib beradi‖. Olim Tohir Malik, Xurshid Do‗stmuhammad, Zulfiya Qurolboy qizi va boshqa bir qator adiblarni sanab o‗tar ekan, quyidagi belgilariga ko‗ra, zamonaviy badiiy asar yaratishda o‗zbek adabiyoti uchun yangilik bo‗lgan o‗ziga xos tendensiyalarni keltirib o‗tadi. Bular: 1) nasihatgo‗ylikdan qochish; 2) zamonaviy jamiyatda ayol rolining o‗zgarganligiga urg‗u berish, ikki yo‗l o‗rtasida turgan ayolning ruhiy kechinmalarini yaratish; 3) ijtimoiy- madaniy, g‗oyaviy-axloqiy tiplarning yonma-yon, bir-birlariga ijobiy yoki salbiy ta‘sir ko‗rsatib yashashi; 4) o‗zbek xalqining sobiq sho‗rolar davridagi hayotini mushohada qilishga urinish; 5) jo‗shqin sujetlarga intilish (―bozor adiblari‖ va ―bozor adabiyoti‖ni yaratgan salbiy tendensiya sifatida); 6) tasviriylik va publitsistikaga moyillik. Albatta, mazkur ikki nuqtai nazar zamonaviy o‗zbek adabiy jarayonini to‗la qamrab ololmaydi. Biroq zamonaviy adabiyot rivojlanishiga doir ushbu yangilik va tendensiyalar o‗zbek adabiyoti taraqqiy etib borayotganini ko‗rsatadi. Gulchira Garipova o‗zining konsepsiyasini ilgari surar ekan, O‗zbekistonda ―madaniyat rivojining barcha sohalarida milliy 6 tarix va an‘analarga qiziqish ortib borayotgani‖ kuzatilayotganini qayd etadi. G.Garipova XXI asr adabiy jarayonini ―Adabiy jarayon taraqqiyotining yangi bosqichi bo‗lib, u milliy adabiyot tarixining barcha davrlarini qamrab oldi‖ deb ta‘riflaydi. Biroq XX-XXI asrlar bo‗sag‗asida ―XX asr (adabiy jarayon 20-80- yillar oxirini ―sho‗ro‖ davri deya belgilagan) milliy badiiyati bilan mumtoz adabiyot an‘analari, asr boshidagi o‗zbek badiiy ―yangiligi‖ va jahon badiiy an‘analari hamda amaliyoti o‗rtasidagi uzilish yengib o‗tildi‖, degan mulohazasi bilan tadqiqotchi o‗z fikriga o‗zi qarshi chiqadi. Tadqiqotchi XX asr oxiri – XXI asr boshi o‗zbek adabiy jarayoni rivojlanishining quyidagi tendensiyalarini ko‗rsatib o‗tadi: G.Garipova xulosa o‗rnida ―o‗zbek ijodkorlari o‗z asarlariga modernizm va neorealizm elementlarini olib kirishdi‖ va ―adabiy jarayon rivojlanishidagi yetakchi yo‗nalishlardan biri realizm oqimidir‖ degan ikki g‗oyani ilgari suradi. Zamonaviy adabiy jarayonda turlicha uslublar, janrlar va bugungi voqelikni haqqoniy aks ettira oladigan tasviriy-ifoda vositalarining yangilanishi bilan ifodalanuvchi g‗oyaviy-estetik tendensiyalarning paydo bo‗lishi shu bilan izohlanadi. Mazkur tendensiya o‗zining axloqiy-g‗oyaviy tayanchlarini o‗zbek xalqining shonli o‗tmishidan izlaydi. Fikrimizcha, o‗zbek adabiyoti bugungi kunda murakkab va individual taraqqiyot yo‗lini bosib o‗tmoqda. Nazarimizda, bu bosqichda uchta davrni ajratib ko‗rsatish mumkin: 1. ―O‗tish‖ davri (XX asrning 80-yillar oxiri – 90-yillar). Bu davr qator omillar bilan belgilanadi: 7 – mumtoz merosning (XII-XIX asrlar adabiyoti) tiklanishi, o‗z vaqtida ta‘qiqlangan ijodkorlar (Cho‗lpon, Fitrat, Behbudiy va jadid adabiyoti vakillari) asarlarining chop etilishi munosabati bilan o‗zbek adabiyoti tarixidagi ―oq dog‗‖larning yo‗q bo‗lishi; – diniy va ma‘naviy qadriyatlar hamda tasavvuf adabiyotiga qiziqishning ortishi (Yugnakiy, Bolasog‗uniy, Yassaviy asarlarining e‘lon qilinishi); – o‗zbek xalqi tarixiga nisbatan to‗g‗ri munosabatning tiklanishi va tarixiy-biografik janr ulushining ko‗payishi (Amir Temur, Jaloliddin Manguberdi, Alisher Navoiy, Bobur va shu kabi siymolar haqida qator asarlarning yaratilishi); – rus klassik adabiyoti an‘analariga qiziqishning susayishi, O‗rtayer dengizi va Amerika adabiyotiga (xususan, Eujenio Montale, Salvatore Kvazimodo, Kamilo Xose Sela, Garsia Markes kabi adiblarning ijodiga) qiziqishning ortishi; – ―g‗oyaviy bo‗shliq‖qa barham berilishi va o‗zbek madaniyati hamda adabiyotida milliy g‗oyaning shakllanishi. O‗zbek adabiyotidagi ―o‗tish‖ davri vatanparvarlik ruhi yorqin aks etgan ko‗plab asarlarning (xususan, Abdulla Oripov, Erkin Vohidov, Shavkat Rahmon she‘riyati, Shukur Xolmirzayev va Omon Muxtorning qator nasriy asarlari) vujudga kelishi hamda tarixiy siymolar va xalq qahramonlari obrazi yaratilishida ko‗rinadi. Bunga Maqsud Qoriyevning ―Ibn Sino‖, ―Beruniy‖, Muhammad Alining ―Sarbadorlar‖, Sa‘dulla Siyoevning ―Yassaviyning so‗nggi safari‖, Asad Dilmurodning ―Mahmud Torobiy‖ kabi asarlarini misol qilib keltirish mumkin. Bu hodisaning mohiyati shundaki, xalqimizning o‗z-o‗zini anglashi, o‗zining millat sifatida noyob ekanligini idrok etishi, mustaqil hayot qurish uchun ilhomlanish manbalarini topishi zarur edi.Shuni alohida ta‘kidlash joizki, mazkur davr 8 ijodkorlari adabiy pozitsiyalarining turlicha ekanligiga qaramay, boshqa-boshqa qutblarga ajralib ketmadilar. Bundan tashqari, sobiq sho‗rolar davrini qayta baholaydigan, siyosiy qatag‗onlar va ―shaxsga sig‗inish‖, sho‗rolar davriga tegishli bo‗lgan ―xususiyatlar‖ – milliy an‘analar va urf-odatlarni mensimaslik natijasida kelib chiqqan oqibatlar haqida hikoya qiluvchi asarlar yaratildi. Masalan, shu davrda yaratilgan Odil Yoqubovning ―Adolat manzili‖, ―Oq qushlar, oppoq qushlar‖ romanlari ―paxta ishi‖ va Orol muammolariga bag‗ishlanadi; Nazar Eshonqulning ―Urush odamlari‖ qissasida jahon urushi olis qishloq odamlari hayotiga keltirgan kulfatlar, ―Maymun yetaklagan odam‖ hikoyasida esa sobiq sho ‗rolarning ideallariga ishongan inson taqdiri, fojiasi aks etadi; Tohir Malikning ―Murdalar gapirmaydilar‖ asarida ―shaxsga sig‗inish‖ davri qatag‗onlari haqida so‗z borsa, Tog‗ay Murodning ―Otamdan qolgan dalalar‖ romanida millatning uch avlod vakillari taqdiri qalamga olinadi. Bu tipdagi asarlarda fojiaviy ruh va millat dardini chuqur his etish ustuvorlik qiladi. Realistik ifodadan foydalanish, zamon va makon tushunchalarining o‗zgacha idrok etilishi va buning natijasida dunyo manzarasining o‗zgarishi, tarixiy siymolar obrazining birinchi planga chiqishi va tarixiy o‗tmishni qayta anglash, badiiy ijoddagi ichki izlanishlar hamda nasihatgo‗ylikdan voz kechish ham bu davrda yaratilgan ko‗plab asarlarga xos bo‗lgan xususiyatlardan sanaladi. 2.―Manzillar o‗zgarishi va tahlillar‖ davri (1990–2000 yillar). Bu davrda o‗zbek adabiyoti ―milliy o‗zlik – globallashuv‖, ―estetik qadriyatlar – bozor iqtisodiyoti‖ kabi bir- biriga qarama-qarshi tushunchalar bilan tavsiflanuvchi vaziyatga tushib qoldi. Bu hol adabiy maydonga sezilarli ta‘sir o‗tkazdi. 9 Adabiyotning estetik prinsiplar va shakliy eksperimentlarga ko‗ra turli qatlamlarga ajralishi kuzatildi. Masalan, mavjud voqelikni Sharq mumtoz an‘analari, xalq og‗zaki ijodi va ―oltmishinchi yillar‖ avlodi badiiy tajribalari bilan birgalikda o‗zlashtirgan an‘anaviy realizm ruhida yaratilgan asarlar bilan bir qatorda ko‗plab adiblar ijodida modernistik va postmodernistik tendensiyaga ergashish paydo bo‗lganini ham qayd etish lozim. O‗zbek adabiyotidagi o‗ziga xos bu jarayonga adabiyotshunos olimlar va tanqidchilar o‗z vaqtida e‘tibor qaratishdi. Adiblar modernizm ko‗magida olamning bebaqoligi haqidagi o‗ylarni tasvirlashga, inson hayotining o‗tkinchiligi mavzularini yoritishga intiladilar.Albatta, modernizm adabiyotimizda badiiy uslub sifatida to‗la shakllanmadi. Shu bois modernistik ruhdagi tajribalar va izlanishlar to‗g‗risida so‗z borgani to‗g‗riroq bo‗ladi. Biz realistik adabiyotga xos bo‗lmagan, adiblarning borliq, bugungi kun voqeligini anglashga bo‗lgan intilishlarini yangi, o‗ziga xos bir tarzda ifodalashga imkon beradigan prinsiplar, usul va vositalarni, shuningdek, hayotning mavjud yoki o‗ylab topilgan modelini yoki ko‗p yoqlama vazifaga ega bo‗lgan mifosujetlarni yaratishga bo‗lgan urinishlarni nazarda tutmoqdamiz. Ta‘kidlash kerakki, o‗zbek ijodkorlari G‗arb adabiyotidagi hodisalardan nusxa ko‗chirmay yoki ularga taqlid qilmay, milliy an‘analar va zamonaviy o‗zbek adabiy jarayoni taraqqiyotining ichki qonuniyatlariga tayangan holda ularni o‗zlashtirmoqdalar. Masalan, Nazar Eshonqul o‗zining ―Muolaja‖, ―Bevaqt chalingan bong‖, ―Istilo‖, ―Tobut‖ kabi asarlarida arxitiplarga, motiv-obrazlar, topos-obrazlarga murojaat etadi, o‗zbek millatining o‗ziga xos xususiyatlari va Sharq psixologiyasini aks ettirarkan, montaj usulidan 10 foydalanib, alohida mavjud bo‗lgan hodisalarni yaxlit voqelikka aylantiradi; Omon Muxtor ―Maydon‖ romanida adabiy uslub va tasvir predmeti sifatida ―dialog o‗yini‖dan va muallif majozlaridan foydalanadi; Erkin A‘zam o‗zining ―Chapaklar va chalpaklar mamlakati‖ qissasida shartli-fantastik usulni, asarni rivoyat janriga yaqinlashtiruvchi ramz va majozlarni tanlaydi; Xurshid Do‗stmuhammad ―Bozor‖ romanida inson ongining turfa shakli – falsafiy mushohadaga, xalq donishmandligiga murojaat qiladi. Modernistik ruhdagi asarlar yo‗qotish, qayg‗u, chorasizlik, qo‗rquv, ruhiyatning o‗zgarishi, fojia motivlarining yuzaga kelishi bilan belgilanadi. Shu ma‘noda o‗zbek adabiyotidagi modernizmga xos unsurlar shaxs va borliq, o‗lim va hayot, ruh va tana, din va osiylik kabi muammolarni talqin etishga qaratilgan bo‗lib, uning A. Shopengauer, M. Shtirner, S. Kerkogor, F. Nitsshe, A. Bergson falsafasi bilan o‗zaro uyg‗un ekanligini ko‗rsatadi. Modernistik tendensiyalarda bitilgan asarlarda yo‗qotish, g‗am, chorasizlik, qo‗rquv, fojia motivlari paydo bo‗la boshlaydi, lekin asar mualliflari, dunyo modernizmidan farqli o‗laroq, ruhiy inqirozdan chiqish yo‗llarini izlaydilar va yorug‗ vaqtlar kelishiga umid bog‗laydilar. Bu davrda omma adabiyoti ham faollasha boshladi (sarguzasht qissa va ishqiy romanlar ko‗payib ketdi). Nabijon Hakimovning bozori chaqqon bo‗lgan sentimental ruhdagi asarlarini, Tohir Malikning ―Shaytanat‖ romanini, Hojiakbar Shayxovning ―Olis sayyora‖, ―Kelgindilar‖ kabi ilmiy-fantastik romanlarini misol tariqasida keltirish mumkin. 3.―Verdandi‖ davri (2000–2014 yillar). Bugungi adabiyot mumtoz adabiyot va realizm an‘analari, modernizm, 11 postmodernizm tendensiyalarining yonma-yon yashayotgani bilan tavsiflanadi. Zamonaviy o‗zbek adabiy jarayonida realizm pozitsiyasi ancha kuchli. Misol tariqasida Abduqayum Yo‗ldoshning ―Bankir‖, ―Puankare‖, Hakim Sattoriyning ―Sog‗inch‖, Shodmon Otabekning ―Agar oshiqligim aytsam…‖ kabi jamoatchilik va tanqidchilar e‘tirofiga sazovor bo‗lgan asarlarini keltirish mumkin. Fikrimizcha, realizm badiiy metod sifatida kelajakda ham asosiy yo‗nalishlardan biri bo‗lib qoladi. Binobarin, adiblarimiz hali bu metodning ko‗plab usul va vositalarini o‗zlashtirishlari lozim. Turgan gapki, bu yangilangan realizm bo‗ladi, deb aytishga asosimiz bor. Chunki hayotiylik badiiyati mavjud voqelik tasvirini zamonaviy vositalar majmuida berilishini talab etadi.Ehtimol, bugun o‗zbek adabiyotida ildiz otgan boshqa tendensiya neorealizmning vujudga kelishidan nishonadir. Biz bugungi qator asarlarda kuzatilayotgan hodisa – realizm va modernizm uslubining simbiozini nazarda tutmoqdamiz. O‗zbek adabiyotidagi postmodernizm unsurlari haqida so‗z borar ekan, aytish joizki, bu hodisa o‗zbek adabiyotidagi milliy chizgilar va o‗zbekona matn qurilishidagi azaliy ohangdorlik xususiyatlarini o‗zlashtirgan bo‗lib, poetik-uslubiy yo‗nalishi nuqtai nazaridan g‗arb va rus postmodernizmidan tubdan farq qiladi. Ushbu yo‗nalishga Omon Muxtorning ―Ikki qiyofa‖, Isajon Sultonning ―Munojot‖, No‗mon Rahimjonovning ―Jimjit jolalar‖ qissalarini misol qilib keltirish mumkin. Zamonaviy adiblarning jahon adabiyotida allaqachon urfdan chiqqan postmodernizmga moyilligini oqlaydigan yana bir ijobiy belgilardan biri postmodernchilar bosh prinsip deb hisoblangan 12 prinsip – ―asardan muallif shaxsini olib tashlash‖ prinsipini pisand qilmaslikdir. Zamonaviy o‗zbek nasrida quyidagi postmodernistik uslub belgilarini ajratib ko‗rsatish mumkin: o‗zbek mumtoz adabiyotidan ―iqtibos‖lar keltirish; qahramonning ―shizoanaliz‖ usuli bilan sun‘iy hayajon asosida ochib berilgan ruhiy holatini oldingi o‗ringa chiqarish; muallifning falsafiy pozitsiyasi aks etgan ramzlar kombinatsiyasini (kodini) qurish; olamni birlamchi ko‗rinishda qabul qilish; janr eksperimentlari; borliqning o‗ziga xos modelini yaratish; zamonaviylikdan chekinib, o‗tmish ―izlari‖ tushgan ifoda tilini yaratish jarayoni ahm kuzatiladi. Bu adabiy hodisalarni hali anglab yetishimiz zarur.Biroq shuni qayd etish lozimki, o‗zbek yozuvchilari izlanmoqdalar, ifoda etish yo‗llari hamda vositalarini kengaytirib, tinmay tajribalar qilmoqdalar. Aniqrog‗i, bu borada postmodernizm haqida metod, yo‗nalish yoki oqim sifatida emas, balki realistik asarda ko‗ringan unsur yoki asar yaratishdagi badiiy usul sifatida gapirish ma‘qulroqdir. Hozirgi o‘zbek adabiyotining yangilanish jarayoni XIX asr o‘rtalarida boshlangan. Bu davrda uch xonlikka bo‗lingan, bir- biri bilan o‗zaro jiqqamusht olishayotgan, iqtisodda tanglik avjiga chiqqan bir davr edi. Ularning o‗zaro kelishmovchiligi chet dushmanlarimizga juda qo‗l keldi. Sharqdan Angliya, G‗arbdan Rusiya tishini qayrab turar edi.Rusiya fotixlik otini ertaroq qamchiladi.XIX asrning birinchi yarmidan boshlab savdogarlar, ilmiy ekspedisiyalar niqobi ostida josuslarini yuborib, O‗zbekistonni iqlimi, hayot tarzi, xarakteri, harbiy tayyorgarligi, yer osti va yer usti boyliklarini obdon o‗rgandi.50- yil o‗rtalaridan bemalol bostirib kira boshladi. Xonliklar esa birlashmadi, tomoshabin bo‗lib, aksincha ruslarni gijgijlab 13 turdilar. Shunday qilib XIX asrning 70-yillariga kelib, Qo‗qon xonligi tugatildi. Xiva va Buxoro Rusiyaga qaram bo‗lib qoldi. Adabiyot uning og‗irini yengil, ruhini qutarishning yullarini izlay boshladi. Anxanaviy yaxshilik va yomonlik o‗rtasidagi kurash aniq timsollar orqali ifodalana boshladi. Hajviyotning roli kuchaydi. Ma‘rifatparvarlik mavzusi yangi mazmun kasb etdi. Rusiya orkali Yevropaga yuzma-yuz bo‗lgan xalqimiz ziyolilari xalqni savodli qilish, fan va texnikani egallashga chaqira boshladi. Ma‘rifatparvarlik targ‗ibot shaklidan amaliy faoliyat darajasiga ko‗tarila boshlandi. A.Donish, S.Aziziy, M.Behbudiy, Munavvar qori, A.Avloniy, S.Ayniy, Hamza kabilarning ma‘rifatparvarlik faoliyati haqida ma‘lumot berildi. Bu davrda adabiyotga Muqimiy, Furqat, Zavqiy, Avaz O‗tar o‗g‗li, Anbar Otin singari ma‘rifatparvar ijodkorlar kirib keldilar. Bu shoirlar ko‗p asrlik tajribaga ega bo‗lgan satiraning yangilanishiga katta hissa qo‗shdilar. Muqimiy va Zavqiy hajviyotning aniq adresli bo‗lishini ta‘minladilar. Muqimiyning «Tanobchilar», «Hajvi Viktor», «Hajvi ko‗r Ashurboy hoji», «To‗yi Iqon bacha», «Hajvi ahli rasta», «Qorolar falsafasi» shular jumlasidandir. Bu aholining mahalliy va bosqinchi boy- amaldorlarga nisbatan nafratini qo‗zgay boshladi. Natijada Dukchi eshon, Po‗latxon, Namoz botir ko‗zgolonlari ro‗y berdi. Oxiri 1916 yilda xalq milliy-ozodlik qo‗zgoloniga ko‗tarildi. Xalq ongida milliy uyg‗onish jarayoni yuz bera boshladi. Chunki XIX asrning 90-yillarida Turkistonga kirib kelgan jadidchilik harakati o‗z faoliyatini birinchi galda ma‘rifatdan, xalk ongini ilm nuri bilan ravshan qilishdan boshladi. Zero, savodsiz xalqni savodli qilmasdan, o‗z haq-huquqini biladigan qilib tarbiyalamsadan turib siyosiy vazifalarni amalga oshirib bulmasdi. Shuning uchun jadidlar, avvalo, yangi usulda 14 maktablar ochib, yoshlarni o‗qitishga katta e‘tibor berdilar. Faqat amalda emas, balki badiiy adabiyotda ham ilm olishga targ‗ib qila boshladilar. Shunday qilib jadid adabiyotining asosiy mavzusi va muammosi ma‘rifatparvarlik bo‗lib qoldi. Xullas, o‗zbek adabiyotining vujudga kelishi jadidchilik harakati bilan bog‗liqdir. Bu adabiyotning shakllanishidan darak beruvchi belgilar sifatida yangi g‗oyalar va janrlar paydo bo‗la boshladi. Eng avvalo, nasrda yangilanish belgilari paydo bo‗ldi. Masalan, hikoyalar orzu-havasni ifodalovchi romantik tasvirdan realistik yo‗nalishga ko‗chdi. Hamza, Fitrat, Qodiriy, Cho‗lpon kabilar hikoya janrini ham shaklan, ham mazmunan yangilashga katta ulush qo‗shdilar. Hikoyalarning mavzusi ma‘rifat, g‗oyasi o‗zlikni anglash bo‗lib qoldi. Nasriy turning g‗oyat operativ janri publisistika vujudga keldi va yuksak parvoz kildi. Publisistika taraqqiyotida Behbudiy, Mirmuxsin Shermuhamedov, Avloniy, Munvvar kori, Xamza, Fitrat kabilar katta rolp uynadilar. Birgina Behbudiyning o‗zi 200dan ziyod maqola e‘lon qilganligi ma‘lum. Jadidchilik harakatining namoyondalari tomonidan nashr qilingan «Xurshid», «Taraqqiy», «Sadoyi Turkiston», «Oyina», «Al-islox» gazeta va jurnallari o‗zbek publisistikasining ilk namunalari ko‗plab chop etdi. Bu davr publisistikasida faol ijod qilganlardan biri Mimuxsin Shermuhgamedov bo‗lib, u makolalari ijtimoiy ruxining utkirligi, mavzusining dolzarbligi, goyasining millatparvarligi, kamchiliklarni keskin fosh etishi, islohotga daxvatkorligi bilan ajralib turadi. Masalan, 1917 y. 25.IY «Turon» gazetasida bosilgan «Tarixiy ikki voqea» sarlavxali utkir publisistik makolasida maxrifat dushmanlarini kattik tankid ostiga oladi. Islom dinining quvvati hisoblangan Buxorodagi shunday 15 kishilarning ba‘zilarini «Buxoro mikroblari» deb atadi. Ma‘lumki, bu paytda Buxoroda amirlik boshqaruvi hukmron bo‗lib, garchi amir said Olimxon Buxoro jadidlari bilan hamkorlikka rozi bo‗lsa-da, din arboblari yangilanishga jiddiy qarshilik ko‗rsatardilar. Shu boisdan maqola katta shov-shuvga sabab bo‗ldi, muallif dinsizlikda ayblanib, sazoyi qilindi. XX asr adabiyotining yana bir yangilanishi roman janrining paydo bo‗lishi bilan bogliqdir. Asr boshlaridanoq roman yaratishga ishtiyoq kuchaydi. Hamza o‗z tarjimai holida yozishicha, 1908 yildayoq «Hakikat kimda?» nomli roman yozgan. 1914 yilda yana bir asarini «Yangi saodat yoxud milliy roman» deb atadi. Shu yili Mirmuxsinning «Befarzand Ochildiboy» romani yaratildi. Biroq mazkur asarlarning birontasi xam roman janri talablariga javob berolmaydi. Ularni jadid adabiyoti vakillari roman yaratish yulidagi ishtiyoklari, intilishi deb baholash kerak. Haqiqiy roman asrimizning 20- yillarida A.Qodiriy tomonidan yaratildi. Kissa janrini vujudga keltirish borasida ham sa‘yi-xarakatlar buldi. Janrning I- namunasi sifatida M.Muminjon uglining «eski maktab turmushi yoki Tolib» 1915 y. kissasini kursatish mumkin. Keyinroq bu janrda Fitratning «Hind sayyohi», Qodiriyning «Kalvak maxzumning xotira daftaridan», S.Ayniyning «Odina», M.M.Toshkinning «Turmush urinishlari» kabi kissalari vujudga keldi. Yangilanish jarayoni ayniqsa, she‘riyatda jiddiy kechdi. O‘zbek mumtoz adabiyotidan ham, vazn, ham shakl, ham mazmun, ham til va uslub, ham g‘oyaviy jihatdan tubdan fark kiluvchi she‘riyat vujudga kela boshladi. She‘riyat xalqni milliy uyg‘otishning asosiy jarchisiga aylandi. Bu borada Avloniy, 16 Fitrat, Xamza, Kodiriy, Cho‘lponlar muxim rol uynadilar. Misollar keltiraman. Yangi o‘zbek adabiyotida mutlaqo yangi adabiy tur-drama dunyoga keldi va teng xukuxli a‘zo sifatida uning bag‘ridan mustahkam o‘rin oldi. Jadidlar xalqning ko‘zini ochish yullaridan biri sifatida teatr san‘atiga katta e‘tibor berdilar. O‘zbek dramaturgiyasining I-namunasi sifatida Behbudiyning «Padarkush» 1911 y. dramasi tilga olinadi. Uning ta‘sirida qisqa muddatda undan ziyod dramalar vujudga keldi, butun bir dramaturglar avlodi yetishib chikdi. Abdulrauf Shaxidiyning «Mahramlar», Nusratullaxuja Kudratillaxujaning «To‘y», Qodiriyning «Baxtsiz kuyov», A.Badriyning «Ahmoq», «Juvonmarg», Xoji Muinning «Ko‗knori», «Eski maktab – yangi maktab», Avloniyning «Advokatlik osonmi?», «Pinak», Xamzaning «Zaharli hayot» dramalari shular jumlasidandir. Shunisi ehtiborga loyiqki, bu asarlar dramatik turning xar uch janrida dunyoga keldi. Bu adabiy faktlarning barchasi XX asr boshlaridayok istiklol davri o‘zbek adabiyotining tamal toshi mustaxkam qo‘yilganligini isbotlaydi. Endi bevosita hozirgi adabiy jarayon tugrisida suhbatlashaylik. Dastlab XX asrning 80-90-yillari adabiyotining qanday nomlash tug‘risida. O‘rta ta‘lim maktablari uchun chiqarilgan dasturda bu bosqich shunchaki 80-90-yillar adabiyoti deb kursatilgan, nomlanmagan. Bu davrni atash borasida adabiy jamoatchilik tomonidan turli fikrlar aytildi. Oxir oqibatda hozirgi adabiy jarayonning yaxlit holda «Istiqlol davri adabiyoti» deb atash lozim topildi. Buyuk adabiyotimizning ulkan namoyondalari boshlab bergan milliy uyg‘onish uchun kurash 90 yillarga kelib o‘z samarasini berdi. O‘zbekiston tula mustakillikka erishdi. Endi adabiyotimiz ancha mustakillikni 17 mustaxkamlash uchun milliy uygonish jarayonining badiiy asoslarini yaratishga kirishdilar. Yangilanib borayotgan isti‘lol davri adabiyotining asosiy xususiyatlari quyidagilardan iboratdir: 1.Istiqlol davri adabiyotining ilk bosqichida o‘zbek ijodkorlari yangicha uslub va mahorat sirlarini o‗zlashtirish maqsadida g‗arb adabiyoti an‘anlariga ko‗proq murojaat qildilar. Natijada, A.Kamyu, F.Kafka, G. Garsiya Markes, Kavabata kabi san‘atkorlarining absurt bema‘ni, mantiqsiz asarlariga taqlid kuchaydi. Ular ko‘plab tarjima qilindi. G‘arb adabiyotining ta‘siri ma‘lum ma‘noda ijobiy natijalar berdi. 2. Shu ta‘sir oqibatida o‘zbek adabiyotiga MODERNIZM oqimi kirib keldi. Menimcha, adabiyotda paydo buladigan turli «izm»lardan cho‘chimaslik kerak. Bu aslida izlanish jarayonidir, agar u ijobiy natijalar bersa, kashfiyot darajasidagi asarlar yaratiladi. Ma‘lumki, sovet davrida yagona sotsialistik metod hukmronlik qilardi. Natijada, bir qolipdagi asarlar paydo bo‗ldi. Usha davrda modern adabiyoti ham, boshqa oqimga oid asarlar ham zarali deb baholanib, adabiy jarayonga yakinlashtirilmagan. Bu borada izlanishlar olib borganlar esa keskin tanqid qilingan. Aslida «modern» so‗zi yangi degan asl ma‘nosidan tashqari katta falsafiy psixologik oqim bo‗lib, shaxs va shaxs «men»i uning mohiyati va mag‗zini tashkil etadi. U insonning ong oqimi tasvirlashga ko‘proq e‘tibor beradi. 3. 90-yillarga kelib, yana buyuk sharq adabiyoti an‘analari, mumtoz adabiyotimiz, qadimgi yodgorliklar, mif va afsonalar, asotirlar va rivoyatlarga qiziqish kuchaydi. Endi adabiy asarlarda mumtoz turkiy xalqlar adabiyotining barhayot an‘analari, islomiy qadriyatlar keng o‘rin ola boshladi. Sharq adabiyoti an‘analariga tayanish, avvalo, milliy uzlikni anglashga 18 olib kelyapti. Badiiy adabiyotda tasvirlangan shaxs uz manfaatlarini ko‘xna an‘analardan, ajdodlari qadriyatlaridan ustun qo‘ya olmaydi. G‘arb modern adabiyotida esa aynan buning aksidir. Shark adabiyoti aynan ana shu anxanalarga sodiqligi, ularni boyitishi, novatorlarcha davom ettirishi bilan G‘arb adabiyotidan farqlanadi. 4. Chorak kam bir asrlik sho‗rolar davri adabiyotiga yangicha nuqtai nazar bilan qarash tamoyili ma‘lum darajada paydo bo‗ldi. To‘g‘ri, bu davr adabiyoti xazinasini butunlay inkor etib, undan voz kechishni taklif kiluvchilar ham chiqdi. Ammo bu mumkin emas edi. Ular ijodida mangulikka daxldor oltinu javohirlar xam talaygina. Xullas, bu davr adabiyotini xolis, tanqidiy nuktayi nazardan o‘rganish, saragini sarakka, puchagini puchakka ajratish, ularning tub sabablarini ochish davri kelganligini qayd etish zarurdir. 5. Ijod erkinligiga katta imkon tugildi. Adabiyotning barcha tur va janrlarida hayotni ro‘y-rost, butun murakkabligi bilan tasvirlashga, ijtimoiy-maxnaviy adolatsizlikka hurlik va qullik sharoitida yashagan, ma‘nan majruh bo‘lgan inson tasviriga e‘tibor kuchaydi. Ch.Aytmatov ta‘biri bilan aytganda, «Adabiyot hamisha insonparvarlikka xizmat qilib kelgan»ligini amalda isbotlashga kirishdi. Aslida sovet davri adabiyoti davrida ham mehnatkash inson adabiyotining asosiy bosh qahramoni hisoblanardi. Biroq unda bu inson faoliyatining tashqi omillari – hayotga, mehnatga, hatto muhabbatga munosabati, siyosatga faol aralashuvi, shu tomonlari birinchi o‘ringa qo‘yilardi. Shu talablarga javob berolmagan asarga bir yoqlama yondashish namoyon bo‗lardi. Endilikda inson ruhiyasi, surati va surati va siyrati bor holicha, butun murakkabligiva mukammalligi bilan ifodalanish bosqichiga kirdi. 19 6. Shu asnoda qahramonlar tasvirida ilgari mavjud bo‘lgan ijobiy va salbiy tushunchalarni anglatuvchi qoliplar barham topdi. Endilikda asar qahramonlari o‘zining butun fazilatu qusurlari bilan mukammal inson sifatida namoyon bo‘lmoqda. Bunga ba‘zi insonlarni keltiraman. Badiiy adabiyotga ruhoniy kayfiyat – islom ma‘naviyati kirib keldi. Diniy qadriyatlar, imon va e‘tiqodni ulug‘lovchi ko‘plab badiiy asarlar yaratildi. Xalqimiz bunday yangilanishni sog‘inib qolgan ekan, juda xayrixohlik bilan kutib oldi. Albatta,bu sog‘inch extiyojini kondirish uchun lirik kaxragonlarning fakat «olloh-xudo» deb oh-voh chekaverishlarini ifodalash kamlik qiladi. Uning ruhiyati , ma‘naviyati, botiniy dunyosi to‘laroq ochilmogi lozim. 7. Adabiyotda tula ma‘noda ijodiy erkinlik ruyobga chiqdi. Yozuvchi uchun ta‘kiklangan mavzu va muammo qolmadi hisob. Ijodkor xohlagan mavzu va muammoni ko‘tarib chiqishi mumkin, faqat u xalqni yomonlikka targib etmasa, jamiyatga, umumiy maqsadlarimizga qarshi bo‘lmasa bas. 8. Bu davr adabiyotida yangi- tragikomediya janri dunyoga keldi. 9. Badiiy adabiyotni yanada rivojlantirish uchun respublikamizda ko‘plab mukofotlar ta‘sis etildi va ular xalkaro axamiyatga ega bulib koldi. Masalan, M. Qoshg‘ariy, A.Yassaviy, A.Navoiy, A.Qodiriy, A.Cho‘lpon nomidagi mukofotlar shular jumlasidandir. 10.Mustaqillik sharofati bilan «Vatan», ‖Hurriyat»,»Yozuvchi», ‖Milliy tiklanish»kabi gazetalar, «Sirli olam», «Tafakkur», ‖Jahon adabiyoti» singari jurnallar nashr qilina boshlandi. 20 11. Har yili mustakillik bayrami arafasida talay ijodkorlarga unvon va mukofotlar berilmoqda. 1998 yili A.Oripovga ―O‗zbekiston Qahramoni‖ unvoni berilgan bo‘lsa, 1999 yilda S.Ahmad bilan E.Vohidovga ―O‗zbekiston Qahramoni», R.Parfi, X.Davron, X.Sa‘dullaga, T. Sulaymonlarga «O‘zbekiston xalq shoiri», Tog‗ay Murodga esa «O‘zbekiston xalq yozuvchisi» faxriy unvonlari berildi. Mustaqillik davri badiiy-estetik tafakkurining taraqqiyot tamoyillari ko‗p asrlik adabiy-madaniy qadriyatlarni tiklash va yangicha baholashdan iborat umumiy jarayon bilan uzviy bog‗liq ravishda rivojlanib bormoqda. Bugungi kunda xalqimizning ming-ming yillik ma‘naviyat xazinasi istiqlolning ma‘naviy poydevorini mustahkamlashga kamarbasta bo‗layotganligi ham ana shundadir ―Meros Javohir‖ va boshqa turkumlarda adabiyot, fan, madaniyat va san‘at sohalaridagi bebaho nashrlar yuzaga chiqdi. Bular xalqimizning yana bir karra tayin etishdan, eng muhimi, mustaqillikning dastlabki odimlari umumbashariy qadryatlarni qaror toptirish bilan mustahkamlanayotganligidan dalolatdir. Mustaqillikning ma‘naviy poydevorini mustahkamlashda hali oldimizda g‗oyat mas‘ulyatli vazifalar turibdi. Istiqlol adabiyoti aslida xalqimiz ongi, dunyoqarashdagi sifat o‗zgarishlarini, umummilliy – ijtimoiy uyg‗onishning estetik ifodasidir. Download 1.2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling