O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti " axborot texnologiyalari"
Download 482.7 Kb. Pdf ko'rish
|
4-Labaratoriya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Formulalarni tahrirlash.
Kataklarni markirovka kilish.
Katak kursorini istalgan katakga tugmachalari bilan yoki sichqoncha ko‘rsatgichi bilan siljitish mumkin. Bir nechta kataklarni markirovka qilish uchun, markirovka qilinmoqchi bo‘lgan sohaning chap yuqorgi qismi sichqoncha bilan bosiladi va ushlab turilib siljitiladi. Katakni markirovka qilish uchun istalgan katakga sichqoncha bilan qirsillatish yetarli. Klaviaturada markirovka qilish uchun katak kursori katakga olib kelinadi va Shift bosilib katak kursri siljitiladi. Formulalarni tahrirlash. Formulalarni yozishda xatolarga yo‘l ko‘yilishi mumkin. Shu sababli uni tahrirlashga to‘g‘ri keladi. Biron bir yacheykadagi formulani tahrirlash uchun bu yacheyka avvalo markirovka qilinishi lozim. So‘ngra F2 tugmasi bilan yoki sichqoncha bilan ikki marta qirsillatib tahrirlash holatiga o‘tish lozim. Natijada formulalar qatorida (piktogrammalar tagidagi qator) aktivlashadi. Masalan, E19 yacheyka markirovka qilinib, so‘ngra tahrirlash holatiga o‘tilsa bo‘ladi. Formula qatoridagi formula miltillay boshlaydi, demak tahrirlash mumkin, tahrirlash Enter bosilib tugatiladi. Simvollarni formulaning istalgan qismiga kiritish yoki o‘chirish mumkin. Buning uchun simvol yoki simvollar markirovka qilinadi, so‘ngra DEL tugmachasidan foydalanish ham mumkin. Jadvalning ustunini markirovka qilish uchun uning sarlavhasiga kirsilltiladi, qatorlarni markirovka qilish uchun esa chap chetki yo‘lakchasiga, satr nomerlariga, nomiga qirsillatiladi. Bir nechta ustun yoki qator markirovka qilinishi uchun ularning birinchisi markirovka qilinish holatida sichqoncha bilan bosilgan holda siljitiladi. Jadvalda hisoblashlar. Kataklarga sonlar bevosita katakninig o‘ziga yoki formulalar qatoridan (kiritish qatoridan) kiritilishi mumkin. Buning uchun sonlar klaviaturadan terilib, so‘ngra Enter bosilsa, kursor turgan yacheykaga bu son yoziladi. Sonlar yacheykaning o‘ng chetidan boshlab joylashadi. Kataklarda formulalar ishlatilishi mumkin. Kiritilayotgan formula “=” belgisi bilan boshlanadi, bu belgidan keyin arifmetik ifoda yozilishi mumkin. Unda arifmetik amal belgilari “+”, “–“, “*”, “/” ishlatilishi mumkin. Formulada boshqa varaqlarda joylashgan, hatto boshqa fayllarda joylashgan kataklar adreslari ishlatilishi mumkin. Ko‘rinarli bo‘lishi uchun Excel ning matn rejimi ishlatiladi. Bu holda ifoda qiymati emas balki formulaning o‘zi katakga chikadi. Formulalarni kiritish. A1 katak 100 va B1 katak 20 qiymatga ega bo‘lsin, va C1 da A1 /V1 formula kiritamiz. Buning uchun katak kursori C1 ga olib kelinadi va kiritish qatorida = A1/V1 kiritiladi. C1 da esa formula kiymati chiqadi. Yoki = belgisi kiritilgandan keyin A1 - katakga bosib so‘ngra / kiritilib V1 ga bosish kerak. Murakkab formulalar. Foydalanuvchi ko‘p argumentli va ko‘p hisoblanuvchi o‘zining murakkab formulalarini tuzishi mumkin. Misol. C - ustunda (soatlarda) biron ishni bajarish uchun ketgan vaqt yozilgan. D ustunda esa bir soat ish vaqtining narxi yozilgan, E ustunda esa shu ishni bajarish uchun to‘lanadigan so‘m yozilgan. E16 yacheykaga hamma ishlar summasi yozish talab qilinadi: = E12+E13+E14. Hosil bo‘lgan summadan qo‘shimcha qiymat solig‘ini undirish uchun uni (0.15) - ga ko‘paytiring: = E16*0.15 Endi E19 yacheykada qo‘lga beriladigan so‘mni hisoblash kerak. Buning uchun quyidagi amallarni bajarish lozim: = (E12+E13+E14)*1.15 Ammo = YE16+YE17 bajarish lozim edi. Bundan tashqari СУММ funksiyasidan ham foydalanish lozim edi: = СУММ (E12:E14)*1.15 Download 482.7 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling