4.1. TA’LIMNING UZLUKSIZLIGINI TA’MINLASH
Ta’limning o‘z ichiga maktabgacha ta’lim, umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-
hunar ta’limini qamrab oluvchi yangi uzluksiz va izchil tizimi barpo etiladi. Oliy
kasb-hunar ta’limining bakalavrlar va magistrlar tayyorlashni nazarda tutuvchi ikki
bosqichli tizimi joriy etiladi. Aspirantura va doktorantura faoliyati rivojlanib boradi.
Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash bo‘yicha raqobatbardosh
ta’lim muassasalari vujudga keltiriladi.
Ta’lim muassasalarini hududiy yo‘nalishga o‘tkazish va tarkibiy tuzilmasini
o‘zgartirish ishi amalga oshiriladi. Uzluksiz ta’lim tizimini rivojlantirish va uning
samaradorligini baholash monitoringi amalga oshiriladi.
Uzluksiz ta’lim tizimi uchun pedagog kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash
ustuvorligi ta’minlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |