4.2. PEDAGOG VA ILMIY-PEDAGOG KADRLAR TAYYORLASH, QAYTA
TAYYORLASH VA ULARNING MALAKASINI OSHIRISH
Pedagog kadrlarning malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlashning zamon
talablariga moslashuvchan, ta’limning yuqori sifatli va barqaror rivojlanishini
ko‘zlovchi tizimi vujudga keltiriladi. Pedagog kadrlarni ildam qayta tayyorlash va
ularning malakasini oshirish, raqobatbardosh darajada ularning kasb sifatini qo‘llab-
quvvatlash ta’minlanadi.
Oliy ta’lim muassasalarida davlat ta’lim standartlariga mos yuqori malakali
o‘qituvchilar tayyorlash bo‘yicha maxsus fakultetlar, shuningdek respublika
viloyatlarida umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi uchun o‘qituvchilar
va mutaxassislar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash yuzasidan maxsus
markazlar tashkil etiladi.
69
Do'stlaringiz bilan baham: |