4.4. MA’NAVIY-AXLOQIY TARBIYA VA MA’RIFIY ISHLAR
Yosh avlodni ma’naviy-ahloqiy tarbiyalashda xalqning boy milliy madaniy-
tarixiy an’analariga, urf-odatlari hamda umumbashariy qadriyatlarga asoslangan
samarali tashkiliy, pedagogik shakl va vositalari ishlab chiqilib, amaliyotga joriy
etiladi. Shaxsni tarbiyalash va uni har tomonlama kamol toptirishning ustuvorligi
ta’minlanadi. Umumiy hamda pedagogik madaniyatni oshirish maqsadida, mamlakat
aholisi orasidagi ma’rifiy ishlar takomillashtirib boriladi.
O‘zbekiston mustaqilligi prinsiplariga sadoqatli hamda jamiyat taraqqiyotiga
munosib hissa qo‘shishga qodir shaxsni shakllantirish maqsadida ta’lim muassasalari
ota-onalar, oila, mahalla qo‘mitalari, Respublika Ma’naviyat targ‘ibot markazi,
Milliy g‘oya va mafkura ilmiy-amaliy markazi, jamoat tashkilotlari, fondlar bilan
o‘zaro puxta hamkorlik qiladilar. (O‘zR 09.04.2007 y. O‘RQ-87-son Qonuni
taxriridagi xat boshi)
Do'stlaringiz bilan baham: |