O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti


Download 295.5 Kb.
bet5/50
Sana09.01.2022
Hajmi295.5 Kb.
#256946
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   50
Bog'liq
Algoritmlar

Amaliy jihatdan: Algoritmlarni tasvirlash, dasturlarni yaratish usul va vositalarni tanlash va asoslash; ma’lumotlarning oddiy va murakkab, statik va dinamik strukturalarini tasvirlash va qo’llash; tipik (namunaviy) va standart sxemali algoritmlarini yaratish, ularning murakkabligini aniqlash va dasturiy tashkil qilish. Turli predmet sohalar masalalarini hal qilishda qo’llaniladigan algoritmik metodlarni (ma’lumotlarni izlash va saralash usullari, evrestik va kombinatorlik usullar, graflarni tasvirlash va qayta ishlash, rekursiv algoritmlar, matritsaviy qayta ishlashlar, kriptografiya va axborotni himoyalash usullari) dasturiy tashkil qilish; zamonaviy programmalash tillari va muhitlari yordamida programma ta’minotini loyihalash, ishlab chiqarish, tahlil qilish va optimallashtirish ishlarini bajarishi kerak.

Fanning o’quv rejadagi boshqa fanlar bilan o’zaro bog’liqligi va uslubiy jihatdan uzviy ketma-ketligi

Mazkur fan o’quv rejadagi Informatika, Algoritmlar nazariyasi, Diskret matematika va matematik mantiq, Tizimli dasturlash va Ixtisoslik fanlari bilan uzviy bog’liqdir. Fanni o’rganishda akademik litsey, kasb-hunar kollejlarida informatika kurslarida olingan nazariy va amaliy bilmlar zarur bo’lsa, o’z navbatida bu fandan olingan bilimlar o’quv rejasiga kiritiladigan ixtisoslik fanlari: Operatsion sistemalar, Ma’lumotlar bazalarini boshqarish sistemalari, Web-dasturlash va Dasturlash texnologiyalarini umumiy nazariyasini chuqur o’zlashtirishda tayanch hisoblanadi.




Download 295.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling