O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti «oliy matematika» kafedrasi


Download 5.01 Kb.

bet1/18
Sana08.03.2017
Hajmi5.01 Kb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI  OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM 
VAZIRLIGI
   SAMARQAND IQTISODIYOT VA SERVIS INSTITUTI
«OLIY MATEMATIKA» KAFEDRASI
    
SamISI o‘quv-uslubiy kengashida 
    muhokama etilib nashrga tavsiya etildi.
    O‘UK raisi________dots.Bektemirov A. 
     Bayonnoma № ____________  2013 yil 
«FIZIKA» FANIDAN
O‘QITISH TEXNOLOGIYASI
Samarqand – 2013

   Yusupov A.A., Nasriddinova M.F. 
   « Fizika» fanidan o’qitish texnologiyasi,  o’quv uslubiy majmua: 
   Samarqand: 2013.  ____ bet.
    Taqrizchilar:
G’aniyev F.S. – SamDU, “Astrofizika” kafedrasining  professori, f-m.f.d. 
Begmatov  A.B.   –  SamISI,   «Oliy  matematika»  kafedrasining  dotsenti
    f-m.f.n.   
Samarqand   iqtisodiyot   va   servis  instituti  o‘quv   uslubiy   kengashining 
2013 yil ___________ №___sonli majlisida ko’rib chiqildi va nashr etishga tavsiya 
qilindi. 
Institutning “Fizika” fanini o‘rganayotgan bakalavr talabalari uchun  o‘quv 
uslubiy majmua sifatida tavsiya qilinadi.
©
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti, 2013 yil.
3

MUNDARIJA
1
O‘quv  dastur
5
2
Ishchi  o‘quv dastur
17
3
Ta’lim  texnologiyasi
35
4
Masalalar  va mashqlar to‘plami
247
5
Testlar
278
6
Nazorat uchun savollar
284
7
Umumiy  savollar
291
8
Tarqatma  materiallar
297
9
Glossariy
334
10
Referat  mavzulari
338
11
Adabiyotlar  ro‘yxati
339
12
Tayanch  konspekti
361
13
Xorijiy  manbalar
554
14
Annotatsiyalar
555
15
Muallif haqida ma’lumotlar
556
16
Foydali  maslahatlar
557
17
Normativ  hujjatlar
558
18
Baholash  mezoni
559
4

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS 
TA’LIM VAZIRLIGI
FIZIKA
fanining
O‘QUV DASTURI
Bilim sohasi:       
600 000 - Xizmatlar sohasi
Ta’lim sohasi:     
610 000 - Xizmat ko‘rsatish sohasi
Ta’lim yo‘nalishi:
561010

- Xizmatlar sohasi (faoliyat turlari va 
yo‘nalishlari bo‘yicha)
Toshkent – 2011
5
Ro‘yxatga olindi:
№_________________
2011 yil «___»______
O‘zbekiston   Respublikasi   Oliy   va 
o‘rta   maxsus   ta’lim   vazirligining 
2011  yil   «____»   _________dagi 
«_____»-sonli   buyrug‘i   bilan 
tasdiqlangan

Fanning   o‘quv   dasturi   Oliy   va   o‘rta   maxsus,   kasb-hunar   ta’limi   o‘quv-
uslubiy   birlashmalari   faoliyatini   Muvofiqlashtiruvchi   Kengashining   2011   yil 
«____»_______ dagi «___»-son majlis bayoni bilan ma’qullangan.
Fanning   o‘quv   dasturi   Samarqand   iqtisodiyot   va   servis   institutida   ishlab 
chiqildi.
Tuzuvchi: 
Yusupov A.A. – SamDU, “Astrofizika” kafedrasining  dotsenti, f-m.f.n. 
Nasriddinova M.F.  – SamISI, «Oliy matematika» kafedrasining o’qituvchisi 
 
Taqrizchilar: 
G’aniyev F.S. – SamDU, “Astrofizika” kafedrasining  professori, f-m.f.d. 
Begmatov A.B.       – SamISI, «Oliy matematika» kafedrasining dotsenti, f-
m.f.n.   
Fanning   o‘quv   dasturi   Samarqand   Iqtisodiyot   va   servis   instituti   o‘quv-
uslubiy kengashida ko‘rib chiqilgan va tavsiya qilingan (2013 yil 29 avgustdagi 1-
sonli bayonnoma)
6

KIRISH
Zamonaviy   kadrlar   oldiga   qo‘yilayotgan   eng   muhim 
vazifalardan   biri   –   malakali   mutaxassislar   sifatida   o‘zligini,   o‘z 
qobiliyatini, individualligi, shaxsiy fazilat hamda hislatlarni bilgan 
tarzda   mehnatni   oqilona   tashkil   etish   va   ijtimoiy   foydali 
mehnatning barcha sohalarida faoliyat ko‘rsatishdir.
Hozirgi   kunda   ta’lim,   fan   va   ishlab   chiqarishdagi   dolzarb 
vazifalar   kadrlarga   bo‘lgan   ehtiyojdan   kelib   chiqib   amalga 
oshirilayotganiga ishonch hosil qilinadi.
Ma’lumki,   rivojlangan   mamlakatlar   taraqqiyoti   eng   avvalo 
zamonaviy fan va texnika yutuqlaridan xalq xo‘jaligining hamma 
tarmoqlarida   oqilona   foydalanish   bilan   farqlanadi.   Davlatning, 
iqtisodiy   va   ijtimoiy   sohalarining   rivojlanishi   yetuk   kadrlarga 
hamda   fan-texnika   yutuqlaridan   qanday   foydalanishga 
bog‘liqligini bozor iqtisodiyotining shakllanishi ko‘rsatmoqda.
Talabalarning mazkur fan doirasida O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidenti   I.Karimovning   «Jahon   moliyaviy-iqtisodiy   inqirozi, 
O‘zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo‘llari va choralari» 
nomli   asarida   keltirilgan   materiallar,   qoidalar   va   xulosalardan 
puxta o‘zlashtirishlari, kelgusi faoliyatida samarali foydalanishlari 
hamda   ijodiy   yondashishlarini   ta’minlash   fanni   o‘rganish   oldida 
turgan asosiy vazifalardir.
Fanni o‘qitish maqsadi va vazifalari
«Kadrlar   tayyorlash   Milliy   dasturi»   o‘quv   jarayonining 
ilmiyligi,   zamon   talablariga   mosligi,   turmush   amaliyot   bilan 
bog‘lanishiga asoslangan.  Shuning uchun fizika fanini o‘qitishdan 
maqsad, talabalarga yetuk mutaxassis bo‘lib yetishishlari uchun 
yetarli   darajada   baza   yaratish,   ularni   kelgusidagi   mehnat 
faoliyatlarida uchraydigan muammolarni hal etishda mustaqil fikr 
yuritishlariga   va   fizika   fanining   yutuqlarini   bevosita   tadbiq   eta 
olishlaridan iborat.
Fizika   kursi   talabaga     xilma-xil   elektrotexnik   elektron 
asboblar   va   qurilmalarning   ishlash   prinsipini   o‘rganish   va 
tushunish   uchun   zarur   bo‘lgan   chuqur   bilimlarni   berishi   kerak. 
Talabalar   keyingi   ish   faoliyatlarida,   xalq   xo‘jaligining   turli 
tarmoqlarida ishlata bilishlari kerak. 
Fizika   fanini   o‘rganish   talaba   falsafiy   dunyoqarashini 
shakllanishi   uchun   ham   katta   ahamiyat   kasb   etadi.   Fizika 
rivojlanishining   butun   tarixi   ilmiy-texnikaviy   taraqqiyot 
dialektikasini   yoritishdan,   fan   va   texnikaning   ijtimoiy-iqtisodiy, 
tarixiy   va   ekologik   muammolar   bilan   murakkab   o‘zaro 
bog‘lanishini aks etishdan iborat. 
XXI   asr   xilma-xil   elektron,   yarim   o‘tkazgichli   va 
elektromagnit   qurilmalar   ishlab   chiqarishni   tez   o‘sishi   yangi 
texnologiyalarni   rivojlanishi   bilan   harakterlanadi.   Bunday 
7

qurilmalar   ishlab   chiqarish   jarayonlarini   avtomatlashtirish, 
murakkab fizikaviy hodisalarni modellashtirish, amaliy masalalarni 
yechish va hokazolarga yo‘l ochib beradi.
Hozirgi   dolzarb   vazifa   –   talabalarning,   o‘sib   kelayotgan 
avlodni   har   bir   fanning     rivojlanish   tarixi,   bu   fanlarga   Sharq 
olimlari qo‘shgan hissalarini bilishga erishishlari kerak.
Talabalar   bizning   avlod-ajdodlarimiz   fanlar   (mazkur   fizika 
fani)   rivojiga   qo‘shgan   hissalarini   nafaqat   bilishlari,   balki   uni 
to‘g‘ri   baholashlari,   asrab-avaylashlari   hamda   o‘zlari   ham 
fanlarning   rivojlanishigia   o‘z   hissalarini   qo‘shishga   intilishlari 
kerak.
Fan bo‘yicha talabalarning bilimiga, ko‘nikma va 
malakasiga qo‘yiladigan talablar
«Fizika»   o‘quv   fanini   o‘zlashtirish   jarayonida   amalga   oshiriladigan 
masalalar doirasida bakalavr:
-   fizika   fanining   asoslarini,   qonunlarini;   fizik   hodisalar,   ularning 
mexanizmlari,   qonuniyatlari   va   amaliy   qo‘llanishlarini;   fizik   tajribalar, 
namoyishlar   va   hodisalarni   fizik   qonun   va   prinsiplari   asosida   tavsiflashini; 
fizikaning bozor iqtisodiyoti sharoitidagi o‘rni va ahamiyatini bilishi kerak;
- talaba tabiat qonunlarini o‘rganish va ulardan insoniyat ehtiyojlari uchun 
foydalanish; hodisani modelini yaratib berish; tabiat va jamiyatda yuz beradigan 
jarayonlar va hodisalar haqida bilimlarga ega bo‘lishi, ulardan hayotda va kasbiy 
faoliyatda   zamonaviy   ilmiy   asoslarda   foydalana   olish;   yangi   materiallar   va 
mahsulotlarni tarkibini, sifatini aniqlashda fizikaviy usullardan foydalanish; fizik 
asbob-uskunalardan foydalanish, tajribalar o‘tkazish, olingan ma’lumotlarni ishlab 
chiqish,   tegishli   xulosalarga   erishish,   texnika   xavfsizligini   to‘la   saqlash; 
masalalarni yechishda kompyuter texnologiyasidan foydalanish; aholini turmush 
darajasini ko‘tarishda  xizmat ko‘rsatish  sohasini,  servisni  yangi sifat darajasiga 
ko‘tarish ko‘nikmalarga ega bo‘lishi kerak;
-   talaba   fizikaviy   jarayonlarni   servis   va   xizmat   ko‘rsatish   sohalari   bilan 
bog‘liqligini tahlil qilish va xulosa chiqarish; ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal 
etish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni to‘plash va ulardan foydalanish, mehnat 
faoliyatlarida uchraydigan muammolarni hal etishda mustaqil fikr yuritish; fizika 
fanining   yutuqlarini   bevosita   tadbiq   eta   olish;   texnikani   rivojlantirish;   milliy 
mahsulotni ko‘paytirish; turmush darajasini ko‘tarish  malakalariga ega bo‘lishi 
kerak.
Fanning o‘quv rejasida ko‘zda tutilgan boshqa 
kurslar bilan o‘zaro bog‘liqligi
«Fizika» fani matematika va tabiiy fanlar turkumiga kirib, u 
2-semestrda   o‘qitiladi.   Mazkur   fan   boshqa   tabiiy,   texnikaviy 
fanlarning   nazariy   va   uslubiy   asosini   tashkil   qilib,   matematika, 
kimyo,   biologiya,   falsafa,   elektrotexnika   elektronika   va 
elektruzatma,   sifat   ekspertizasi,   nooziq-ovqat   tovarlar 
ekspertizasi asoslari, servisdagi texnologik jarayonlar, texnologik 
8

jarayonlarni   avtomatik   boshqaruvi,   servis   xizmat   ko‘rsatish 
texnologiyasi asoslari kabi fanlar bilan chambarchas bog‘liqdir. 
Fanning ishlab chiqarishdagi o‘rni
«Fizika»   fani   talabalarda   ilmiy   dunyoqarash   va   amaliy 
tafakkurni,   fan-texnika   yutuqlaridan   ishlab   chiqarish   va   xizmat 
ko‘rsatish   sohalarida   foydalanish,   ishlab   chiqarish   va   texnika 
xavfsizligi   qoidalarini   qo‘llash,   ob’ektiv   tabiiy   qonun   va 
hodisalarga ongli munosabatda bo‘lish ko‘nikmasini shakllantiradi. 
Barcha   amaliy   texnikaviy   fanlarning   nazariy-uslubiy   asoslari 
to‘g‘risida   bilim   hosil   qiladi.   Yangi   chiqindisiz   texnologiyani 
yaratish va qo‘llashda ilmiy-texnikaviy bazani yaratib beradi.
Fanni o‘qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar
Talabalarning «Fizika» fanini o‘zlashtirishlari uchun o‘qitishning ilg‘or va 
zamonaviy   usullaridan   foydalanishi,   yangi   informatsion-pedagogik 
texnologiyalarni   tadbiq   qilish   muhim   ahamiyatga   egadir.   Fanni   o‘zlashtirishda 
darslik,   o‘quv   va   uslubiy   qo‘llanmalar,   leksiyalar   kursi,   tarqatma   materiallar, 
slaydlar,   elektron   materiallar,   «Aqliy   hujumlar»,   «Tanqidiy   tafakkur», 
«Guruhlarda   ishlash»,   «Nima   uchun»   texnikasi,   «Klaster»   texnologiyasi   kabi 
usullar asosida o‘qitiladi.
Ma’ruza,   amaliy   va   laboratoriya   mashg‘ulotlarida   o‘qitishning   interaktiv 
usullari   (vizual,   muammoli,   ikki   tomonlama   tahlil,   Insert,   Klaster,   «Birgalikda 
o‘qiymiz»   texnikasi,   «O‘ylang-juftlikda   ishlang-fikr   almashing»   texnikasi)dan 
foydalaniladi.
 Asosiy qism
Fanning nazariy mashg‘ulotlari mazmuni
«Fizika» fanining predmeti va bilish usullari
Fizika   fani   va   uning   vazifasi.   Fizikaviy   tekshirish   usullari. 
Fizika va boshqa tabiiy fanlar orasidagi bog‘lanish. Predmetlararo 
bog‘lanish. Hozirgi zamon fizikasi va kompyuterlar texnologiyasi.
Mexanika
Mexanika   predmeti.  Moddiy   nuqta   kinematiksi.   Moddiy 
nuqtaning   to‘g‘ri   chiziqli   harakati.   Nuqtaning   aylana   bo‘ylab 
harakati.  Egri   chiziqli   harakatda   tezlik   va   tezlanish.   Nyuton 
qonunlari.   Impuls.   Impulsning   saqlanish   qonuni.   Mexanikadagi 
kuchlar.   Kuchlarning   bajargan   ishi.   Quvvat.   Kinetik   energiya. 
Konservativ   va   nokonservativ   kuchlar.   Potensial   energiya. 
Mexanikada energiyaning saqlanish qonuni. Energiyani saqlanishi 
to‘g‘risida Sharq olimi Beruniyning fikrlari.
Galiley-Nyuton   mexanikasida   nisbiylik   qoidasi.   Maxsus 
nisbiylik nazariyasi to‘g‘risidagi tushuncha.
9

Mutlaqo   qattiq   jism   mexnikasi.   Qattiq   jism   kinematikasi: 
ilgarilanma   va   aylanma   harakat.  Aylanish   o‘qiga   nisbatan   kuch 
momenti.   Aylanma   harakat   dinamikasining   asosiy   tenglamasi. 
Inersiya   momenti.   Jism   impulsi   momentining   saqlanish   qonuni. 
Aylanayotgan qattiq jismni kinetik energiyasi. Ishlash prinsiplari, 
qattiq   jismni   harakatlariga   asoslangan   kundalik   mashina   va 
jihozlarga misollar. 
Suyuqlik   harakatiga   mexanika   qonunlarini   qo‘llash.   Ideal 
suyuqlikda statsionar oqim. Bernuliy tenglamasi.
Yopishqoq suyuqlik gidrodinamikasi. Suyuqlikning laminar va 
turbulent oqimi.
Mexanik   tebranishlar.   Tebranma   harakat.   Tebranuvchi 
sistemalar to‘g‘risida tushuncha. Garmonik harakat kinematikasi, 
energiyasi.   Erkin   tebranishlar.   So‘nuvchi   tebranishlar.   Majburiy 
tebranishlar. Rezonans. Rezonansning amaliy ahamiyati. 
Mexanik   to‘lqinlar.   Akustika.   Tebranishlarning   bir   jinsli 
muhitda   tarqalishi.   Yuguruvchi   yassi   to‘lqin   tenglamasi. 
To‘lqinlarning superpozitsiya prinsipi. To‘lqinlar difraksiyasi. 
Tovush   tabiati.   Tovush   to‘lqinlarning   tezligi.  Tovush 
tavsifnomalari.   Akustik   rezonans   va   uning   qo‘llanilishi. 
Infratovush,   ultratovushlarning   texnologik   jarayonlarda 
qo‘llanilishi.   Fizika   fanini   rivojlanishida   Abu   Nasr   al-Forobiy   va 
Beruniyning qo‘shgan hissalari. 
Molekulyar fizika 
Gazlar   molekulyar-kinetik   nazariyasining   asoslari. 
Makroskopik   holat.   Makroskopik   parametrlar.   Holat   tenglamasi. 
Molekulyar-kinetik
 
nazariyaning
 
asosiy
 
tenglamasi. 
Temperaturaning   molekulyar-kinetik   ma’nosi.   Ehtimollik   va 
fluktuatsiya.   Maksvell   taqsimoti.   Erkinlik   darajalari   bo‘yicha 
energiyaning   tekis   taqsimot   qonuni.   Ko‘chish   hodisalari.   Hozirgi 
zamon   texnikasi,   texnologik   jarayonlarda   ko‘chish   hodisasidan 
foydalanilishi. 
Termodinamika   asoslari.   Sistemaning   to‘la   va   ichki 
energiyasi.   Issiqlik   miqdori   va   ish.   Termodinamika   qonunlari. 
Adiabatik   jarayon.   Puasson   tenglamasi.   Qaytar   va   qaytmas 
jarayonlar. Karno sikli. Entropiya haqida tushuncha.
Qattiq   jismlar.   Kristallarning   tuzilishi.   Qattiq   jismlarning 
issiqlikdan   kengayishi.   Qattiq   jismlarning   issiqlik   sig‘imi,   issiqlik 
o‘tkazuvchanligi. Amorf jismlar va polimerlar.
Suyuq   kristallar   va     ularning   turlari.   Suyuq   kristallarning 
xossalari. Turmushda suyuq kristallarning qo‘llanilishi. 
Suyuqliklar.   Suyuqliklarda  molekulalarning  harakati.   Yaqin 
tartib.   Sirt   va   kapillyarlik   hodisasi.   Fazoviy   muvozanat   va 
aylanishlar. 
10

Elektr va magnetizm
Elektr   zaryadi.   Zaryadlarning   saqlanish   qonuni.  Elektr 
maydoni va uning tavsifnomalari. Kulon qonuni. Elektr maydonlar 
superpozitsiya   prinsipi.   Elektr   maydon   induksiya   oqimi   vektori. 
Ostrogradskiy-Gauss   teoremasi.   Elektrostatik   maydonda 
bajarilgan ish. 
Dielektriklarda elektr maydoni. Dielektrik singdiruvchanlik. 
Qutblanish   vektori.   Dielektrik   singdiruvchanlik,   elektr   qabul 
qiluvchanlik   va   atom   qutblanuvchanligi   orasidagi   bog‘lanish. 
Elektr siljish vektori. Dielektriklar uchun Gauss teoremasi.
O‘tkazgich   va   kondensatorlar   sig‘imi.   Kondensatorlarnig 
ulash.   Elektr   maydon   energiyasi.   Elektrotexnika,   radiotexnika, 
elektronikada kondensatorlarni qo‘llanilishi. 
O‘zgarmas   elektr   toki.   Asosiy   tushunchalar   va   aniqliklar. 
O‘zgarmas   tok   qonunlari.   Tarmoqlangan   zanjirlar,   Kirxgof 
qoidalari. 
Vakuumda   elektr   toki.   Termoelektron   emissiya.   Elektron 
lampalar   va   ularni   qo‘llanilishi.   Hozirgi   zamon   elektrotexnikasi, 
radiotexnikasi   va   radioelektronika   asboblarida   termoelektron 
emissiya hodisasini ahamiyati to‘g‘risida tushunchalar.
Gazlarda elektr tok. Plazma to‘g‘risida tushuncha. Plazma 
va   uning   asosiy   tavsifnomalari.   Plazmaning   kelajagi   to‘g‘risida 
tushuncha.
Kontakt   potensiallar   farqi.   Termoelektr   toki.   Termoelektr 
hodisalar va ularning qo‘llanilishi.
Magnit   maydoni.   Magnit   induksiya   vektori.   Toklarning 
bo‘shliqdagi magnit maydoni.  Tok elementlarining o‘zaro  ta’siri. 
Amper   qonuni.   Magnit   maydon   kuchlanganligi.   Bio-Savar-Laplas 
qonuni.   Amper   kuchi.   Lorens   kuchi.   Zaryadlangan   zarrachaning 
elektr   va   magnit   maydonlardagi   harakati.   Amper   va   Lorens 
kuchlarini texnikada qo‘llanilishi. Magnit momenti. Magnetiklarni 
klassifikatsiyasi:   dia-,   para-,   ferromagnetiklar.   Ferromagnetizm 
nazariyasi.
Magnit   maydon   oqimi.   Elektromagnit   induksiya   hodisasi. 
Elektromagnit   induksiya   hodisasini   asosiy   qonuni.   O‘zinduksiya 
hodisasi. Magnit maydon energiyasi.
Elektr   va   magnit   maydonlarning   o‘zaro   aylanishi. 
Uyurmaviy   induksion   tok.   Fuko   toklari.  Siljish   toki.   Maksvell 
tenglamalari   sistemasi.   O‘zgaruvchan   tok   generatori. 
O‘zgaruvchan   tok   zanjirlari.   O‘zgaruvchan   tok   quvvati.   Quvvat 
koeffitsiyenti va uning amaliy ahamiyati.
Tebranish   konturi.   Erkin   elektromagnit   tebranishlar. 
Majburiy   elektromagnit   tebranishlar.   Tebranish   konturining 
sahiyligi.
Optika
11

Elektromagnit   to‘lqinlar   va   ularning   asosiy   tavsifnomalari. 
Elektromagnit   to‘lqinlar   shkalasi.   Yorug‘likni   tabiati   to‘g‘risidagi 
tasavvurlar   evolyutsiyasi.   Yorug‘likni   tavsiflovchi   kattaliklar   va 
ularning birliklari.
Yorug‘lik interferensiyasi. Kogerent to‘lqinlar. Yupqa plyonka 
va   plastinkalarda   interferensiya.   Yorug‘lik   interferensiyasining 
amalda   qo‘llanilishi.   Yorug‘lik   difraksiyasi.   Gyuygens-Frenel 
qoidasi.   Frenelning   zonalar   usuli.   Fraungofer   difraksiyasi. 
Difraksion panjara va uning spektral tavsifnomasi.
Yorug‘likning   qutblanishi.   Tabiiy   va   sun’iy   yorug‘lik. 
Yorug‘likning   qaytish   va   sinishda   qutblanishi.   Optik   aktiv 
moddalar. Qutblanish tekisligining aylanishi. Polyarimetriya usuli. 
Yorug‘lik qutblanishi hodisasining qo‘llanilishi.
Yorug‘likning yutilishi va dispersiya. Buger qonuni. Yorug‘lik 
dispersiyasining klassik nazariyasi. Dispersion spektrlar.
Issiqlik   nurlanishi   va   uning   tavsifnomalari.   Kirxgof   qonuni. 
Mutlaqo   qora   jism.  Stefan-Bolsman   va   Vin   qonunlari.   Issiqlik 
nurlanishining kvant harakteri. Plank formulasi.
Kvant   optika.   Fotoeffekt.   Tashqi   fotoeffekt   qonunlari. 
Fotoeffekt   uchun   Eynshteyn   tenglamasi.   Ichki   fotoeffekt. 
Fotoeffekt hodisasining texnikada qo‘llanilishi.
Fotonlar.   Yorug‘lik   kvantlarining   energiyasi   va   impulsi. 
Yorug‘likning to‘lqin-korpuskulyar dualizmi.
Atom va yadro fizikasining elementlari
Mikrozarralarning   to‘lqin   xususiyatlari.   De-Broyl   gipotezasi. 
Mikrozarralar   to‘lqin   xususiyatlarining   amliy   isboti.   Noaniqlik 
qoidasi.
Atom uchun Bor nazariyasi. Bor postulatlari.  Frank va Gers 
tajribasi.   Atom   spektri.   Ridberg   doimiysi   va   uning   fizikaviy 
ma’nosi. Spin to‘g‘risida tushuncha.
Ko‘p   elektronli   atomlar.   Murakkab   atomlarda   elektron 
holatlar   strukturasi.   Uyg‘ongan   atomlarning   nurlanishi.   Pauli 
prinsipi.   D.I.Mendeleevning   elementar   davriy   sistemasi.   Kvant 
generatori. Lazerlar va ularning qo‘llanilishi.
Molekulyar   spektrlar   turlari.   Yorug‘likning   kombinatsion 
sochilishi spektri.
Tabiiy   radioaktivlik.   Radioaktiv   nurlanish   turlari.   Radioaktiv 
yemirilishning asosiy qonuni. Atom yadrosi. Yadroning tarkibi va 
tavsifnomasi. Nuklonlarning o‘zaro ta’siri. Yadro kuchlari. Massa 
defekti,   bog‘lanish   energiyasi   va   atom   yadrolarining 
mustahkamligi.   Yadro   reaksiyalari.   Yadro   reaksiyalari   turlari. 
Sun’iy   radioaktivlik.   Og‘ir   yadrolarning   bo‘linishi.   Zanjir   yadro 
reaksiyalari.   Termoyadro   reaksiyalarini   boshqarish   muammolari. 
Kosmik nurlanishlar. Elementlar zarrachalar.
12

Amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatma va tavsiyalar
Amaliy   mashg‘ulotlar   masalalar   yechish   ko‘rinishida   tashkil   etilib,   unda 
talabalar asosiy ma’ruza mavzulari bo‘yicha olgan bilim va ko‘nikmalarni amaliy 
masalalar yechish orqali yanada boyitadilar.
Amaliy mashg‘ulotlarning taxminiy tavsiya etiladigan mavzulari: 
1. Kinematika, dinamikaning asoslari. Ish va energiya.
2.   Mutlaqo   qattiq   jismning   mexanikasi.   Tutash   muhit 
mexanikasining elementlari.
3. Mexanik tebranishlar va to‘lqinlar.
4. Molekulyar fizika.
5. Termodinamikaning asoslari.
6. Elektrostatika.
7. O‘zgarmas toki.
8. Elektromagnetizm.
9. O‘zgaruvchan tok.
10. Elektromagnit tebranishlar va to‘lqinlar.
11. Geometrik optikasi.
12. To‘lqin optikasi.
13. Yorug‘likning kvant optikaviy xususiyatlari.
14. Atom fizikasi elementlari.
15. Yadro fizikasi elementlari
Laboratoriya ishlarini tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatmalar
O‘quv   dasturidagi   bo‘limlarga   tegishli   laboratoriya   ishlarini   bajarish, 
asboblar   bilan   tanishish,   natijalar   olish,   tajriba   natijalarini   hisoblash,   tegishli 
xulosalar chiqarish, texnika xavfsizligini to‘la saqlash orqali amalga oshirilib, har 
bir laboratoriya ishi joriy nazorat orqali tegishli ballar bilan baholab boriladi.
Laboratoriya ishlarining tavsiya etiladigan mavzulari: 
1. Triflyar osma yordamida jismlarning inersiya momentini aniqlash.
2. Matematik mayatnik yordamida erkin tushish tezlanishini aniqlash.
3. Tovushning havodagi tezligini interferensiya usuli bilan aniqlash.
4.   Suyuqliklarni   sirt   taranglik   koeffitsiyentini   tomchi   uzilish   usuli   bilan 
aniqlash.
5. Qattiq jismlarning solishtirma issiqlik sig‘imlarini aniqlash.
6. Metallarning chiziqli kengayish koeffitsiyentini aniqlash.
7. Psixrometr yordamida havoning namligini aniqlash.
8. Elektr tokining issiqlik ekvivalentini aniqlash.
9. Misning elektrokimyoviy ekvivalentini aniqlash.
10. Termoparani darajalash va termoEYUKni aniqlash.
11. Bir fazali transformator ishini o‘rganish.
12. O‘zgaruvchan tok uchun Om qonunini tekshirish.
13. O‘zgaruvchan tok quvvatini va tok kuchi va kuchlanish orasidagi faza 
siljishini aniqlash.
14. Difraksion panjara yordamida yorug‘likni to‘lqin uzunligini aniqlash.
13

15.   O‘zgaruvchan   tok   zanjirida   tok   kuchi   va   kuchlanish   orasidagi   faza 
siljishini aniqlash.
16. Linzaning fokus masofasi va yorug‘lik kuchini aniqlash.
17.   Mikroskop   yordamida   shisha   plastinkaning   sindirish   ko‘rsatkichini 
aniqlash.
18.   Refraktometr   yordamida   suyuqliklarning   sindirish   ko‘rsatkichini   va 
eritmalarning konsentratsiyasini aniqlash.


Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling