O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti «oliy matematika» kafedrasi


Mustaqil ishni tashkil etishning shakli va mazmuni


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/18
Sana08.03.2017
Hajmi5.01 Kb.
#1916
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18

Mustaqil ishni tashkil etishning shakli va mazmuni
Talaba   mustaqil   ishni   tayyorlashda   muayyan   fanning   xususiyatlarini 
nazarga olgan holda quyidagi shakllardan foydalanish tavsiya etiladi.
Fanning   o‘quv   turlari   bo‘yicha   talabalarga   adabiyotlardan   foydalanib 
mustaqil o‘zlashtirish uchun quyidagi vazifalar berib boriladi: 
-   ayrim   nazariy   mavzularni   o‘quv   adabiyotlari   yordamida   mustaqil 
o‘zlashtirish;
- berilgan mavzu bo‘yicha axborot (referat) tayyorlash;
- amaliy mashg‘ulotlarga tayyorgarlik ko‘rish;
- amaliy mashg‘ulotlardan masalalar yechish, hisob-grafik ishlarini bajarish;
- laboratoriya ishlarini bajarishga tayyorgarlik ko‘rish;
- laboratoriya ishlarini natijalarini, tajriba xatoliklarni hisoblash va xulosalar 
qilish;
- laboratoriya ishlarini himoyasiga tayyorlash;
- tarqatma materiallar bo‘yicha ma’ruzalar qismini o‘rganish,  masalalarni 
yechish;
- ilmiy-tadqiqot ishlari ustida ishlash;
- ilmiy maqolalarni va tezislarni chop etish.
Tavsiya etilayotgan mustaqil ishlarning mavzulari:
1. Fizika va fan-texnika inqilobi.
2. Olamning yagona fizika manzarasi.
3. Impulsli texnika.
4. Yarim o‘tkazgichli asboblar va ularning qo‘llanilishi.
5. Rele. Relening turlari va ulardan servis sohasida foydalanilishi.
6. Integral sxema va uning turli sohalarda qo‘llanilishi.
7. Ventilli fotoelement va uning qo‘llanilishi.
8. Shamol energetikasi va undan xalq xo‘jaligida foydalanish.
9. Suyuq dielektriklar.
10. Suyuq o‘tkazgichlar va ularning servis sohasida qo‘llanilishi.
11. O‘lchash qurilmalari.
12. Kvant elektronikasi.
13. Magnitomexanik hodisalar.
14. Magnitooptika.
15. Qattiq jismlar plazmasi.
16. Elektr energiyaning plazma manbai va uning kelajagi
17. Fotoemissiya hodisasi.
14

18. Yadro energetikasi.
19. Lazer texnologiyasining rivojlanishi.
20. Servis sohasida qo‘llaniladigan isitgich asboblari.
21.   Lyuminissensiya   hodisasi.   Lyuminissensiyadan   servis   sohasida 
foydalanishi.
22. Yangi chiqindisiz texnologiyalar.
23.   Informatsion   sistemalar   va   texnologiyalarning   hozirgi   holati   va 
rivojlanishi.
24. Hozirgi zamon fizikasining bashoratlari.
Dasturning informatsion-uslubiy ta’minoti
Mazkur fanni o‘qitish jarayonida ta’limning zamonaviy usullari, pedagogik 
va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari qo‘llanilishi nazarda tutilgan.
-   ma’ruza   darslarida   zamonaviy   kompyuter   texnologiyalari   yordamida 
prezentatsion va elektron-didaktik texnologiyalaridan:
-   amaliy   mashg‘ulotlarda   aqliy   hujum,   guruhli   fikrlash   pedagogik 
texnologiyalaridan;
-   o‘tkaziladigan   tajriba   mashg‘ulotlarida   kichik   guruhlar   musobaqalari, 
guruhli fikrlash texnologiyalarini qo‘llash nazarda tutiladi.
Foydalaniladigan asosiy darsliklar va o‘quv qo‘llanmalar ro‘yxati
Asosiy darsliklar va o‘quv qo‘llanmalar
1.   Ismoilov   M.,   Xabibullayev   P.,   Xaliulin   M.   «Fizika   kursi» 
Toshkent, O‘zbekiston, 2000.
2.  Nazarov O‘.Q. «Umumiy fizika kursi». II Toshkent, O‘zbekiston, 
2002.
3. Abdusalomova M.N. «Fizika fanidan ma’ruzalar matni». SamKI, 
2003.
4.   Boydadayev   A.   «Klassik   statistik   fizika».   Toshkent, 
«O‘zbekiston», 2003.
5.   Volkenshteyn   V.S.   «Umumiy   fizika   kursidan   masalalar 
to‘plami». Toshkent,  «O‘qituvchi», 1989.
6.   Abdusalomova   M.N.   Fizikadan   leksiyalar   kursi.   Samarqand, 
2007.
7.   Abdusalomova   M.N.,   Sadinov   X.P.   Fizikadan   laboratoriya 
praktikumi. Samarqand, 2007.
8.   Abdusalomova   M.N.,   Sadinov   X.P.   «Fizika»   fanidan   amaliy 
mashg‘ulotlar uchun uslubiy qo‘llanma. Samarqand, 2009.
9. Abdusalomova M.N. «Fizika» leksiyalar kursi. Samarqand, 2009.
10.   Abdusalomova   M.N.   «Fizika»   fanidan   ta’lim   texnologiyasi.   Uslubiy 
qo‘llanma. Samarqand, SamISI, 2011 y. - 186 b.
Qo‘shimcha adabiyotlar
1. Numonxo‘jayev A.S. «Fizika kursi» 1-qism, Toshkent, O‘qituvchi, 
1992.
15

2. Safarov A.S. «Fizika» Toshkent, O‘qituvchi, 1992.
3.     Nazarov   U.K.   «Umumiy   fizika   kursi»   1-qism,   Toshkent, 
O‘qituvchi, 1992.
4. Nazirov E.N., Xudayberdiyeva Z.A., Safiullina N.X. «Mexanika va 
molekulyar   fizikadan   amaliy   mashg‘ulotlar».   Toshkent, 
«O‘zbekiston», 2001.
5.   Abdusalomova   M.N.   «Fizikadan   laboratoriya   praktikumi».   – 
Samarqand, 2007.
6. Sovremennaya fizika. M., 2005.
7.   Ilin   V.N.   Termodinamika   i   sotsiologiya.   Fizicheskiye   osnovi 
sotsialnix protsessov i yavleniy. M., 2005.
Jurnallar
1. Informatika va energetika muammolari. O‘zbekiston jurnali.
2. Ekonomika i jizn.
3. Fanlar Akademiyasi axborotlari. Fizika.
4. Infokom.Uz.
5. KompyuterPress.
Internet saytlari:
1. 
www.iofbe.ru
. Fiziko-texnicheskiy institut im. A.F.Ioffe.
2. 
www.buybook.ru
. Magazin knigi: Copyright s 2004.
3. 
www
 
 .  colibri
 
 .  ru
   
. Inernet-magazin krupnogo kolibra (1999-2006)
4. 
www.
 
 book
 
 .  sdd
   .  ru
   
. Knijniy internet.
5. 
www
 
 .  nmsi
 
 .  uz
   /  ebook
 
 .  htm
 
 
. Navoiy Davlat Konchilik instituti.
6.
 
http
 
 ://www.
 
 iite
   .  ru
   /  iire
   /  russion
 
 /  
 
Institut   Yunesko   po 
informatsionnim texnologiyam v obrazovanii.
7.  
http://www.
 
 scool
 
 .  ua
   /  Htm
 
 /  Technologie
 
 .  htm
 
 
  Informatsionniye 
texnologii v uchebnom protsesse.
8.
 
http://www.uzbekistan.uz
.   O'zbekistan,   ustremlenniy   v 
budushee.
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA 
MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
CAMARQAND IQTISODIYOT VA SERVIS INSTITUTI
16

FIZIKA
 fanining
ISHCHI O’QUV DASTURI
 Bilim sohasi:       
     600 000 – Xizmatlar sohasi
 
 Ta’lim sohasi:     
     610 000 – Xizmat ko’rsatish sohasi
   Ta’lim yo‘nalishi:
  5610100  –  Xizmatlar   soxasi   (faoliyat   turlari   va 
yo‘nalishlari bo‘yicha)  
SAMARQAND – 2013
17
Ro‘yxatga olindi:
№_________________
2013 yil «___»______
          
“TASDIQLAYMAN” 
O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor 
_______      A.Bektemirov       _ 
    “___” _________2013_ yil 

Fanning ishchi o‘quv dasturi o‘quv, ishchi o‘quv reja va o‘quv dasturiga 
muvofiq ishlab chiqildi.
Tuzuvchi: 
Yusupov A.A. – SamDU, “Astrofizika” kafedrasining  dotsenti, f-m.f.n. 
Nasriddinova M.F.  – SamISI, «Oliy matematika» kafedrasining o’qituvchisi 
 
Taqrizchilar: 
G’aniyev F.S. – SamDU, “Astrofizika” kafedrasining  professori, f-m.f.d. 
Begmatov A.B.       – SamISI, «Oliy matematika» kafedrasining dotsenti, f-
m.f.n.   
 
Fanning   ishchi   o‘quv   dasturi   “Oliy     matematika”   kafedrasining   2013   yil 
4-iyuldagi 10-son yig‘ilishida muhokamadan o‘tgan va institut ilmiy kengashida 
muhokama qilish uchun tavsiya etilgan. 
Kafedra mudiri: _________________ Qarshiboyev X.
Fanning ishchi o‘quv dasturi institut o’quv-uslubiy kengashida muhokama 
etilgan   va   foydalanishga   tavsiya   qilingan       (2013   yil   10-iyuldagi   12-sonli 
bayonnoma). 
Kelishildi: O‘quv uslubiyat bo’limi boshlig’i
____________________ Shodmonov I.E.
18

KIRISH 
Zamonaviy   kadrlar   oldiga   qo‘yilayotgan   eng   muhim 
vazifalardan   biri   –   malakali   mutaxassislar   sifatida   o‘zligini,   o‘z 
qobiliyatini, individualligi, shaxsiy fazilat hamda hislatlarni bilgan 
tarzda   mehnatni   oqilona   tashkil   etish   va   ijtimoiy   foydali 
mehnatning barcha sohalarida faoliyat ko‘rsatishdir.
Hozirgi   kunda   ta’lim,   fan   va   ishlab   chiqarishdagi   dolzarb 
vazifalar   kadrlarga   bo‘lgan   ehtiyojdan   kelib   chiqib   amalga 
oshirilayotganiga ishonch hosil qilinadi.
Ma’lumki,   rivojlangan   mamlakatlar   taraqqiyoti   eng   avvalo 
zamonaviy fan va texnika yutuqlaridan xalq xo‘jaligining hamma 
tarmoqlarida   oqilona   foydalanish   bilan   farqlanadi.   Davlatning, 
iqtisodiy   va   ijtimoiy   sohalarining   rivojlanishi   yetuk   kadrlarga 
hamda   fan-texnika   yutuqlaridan   qanday   foydalanishga 
bog‘liqligini bozor iqtisodiyotining shakllanishi ko‘rsatmoqda.
Talabalarning mazkur fan doirasida O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidenti   I.Karimovning   «Jahon   moliyaviy-iqtisodiy   inqirozi, 
O‘zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo‘llari va choralari» 
nomli   asarida   keltirilgan   materiallar,   qoidalar   va   xulosalardan 
puxta o‘zlashtirishlari, kelgusi faoliyatida samarali foydalanishlari 
hamda   ijodiy   yondashishlarini   ta’minlash   fanni   o‘rganish   oldida 
turgan asosiy vazifalardir.
Fanning maqsad va vazifalari
«Kadrlar   tayyorlash   Milliy   dasturi»   o‘quv   jarayonining 
ilmiyligi,   zamon   talablariga   mosligi,   turmush   amaliyot   bilan 
bog‘lanishiga asoslangan. Shuning uchun fizika fanini o‘qitishdan 
maqsad, talabalarga yetuk mutaxassis bo‘lib yetishishlari uchun 
yetarli   darajada   baza   yaratish,   ularni   kelgusidagi   mehnat 
faoliyatlarida uchraydigan muammolarni hal etishda mustaqil fikr 
yuritishlariga   va   fizika   fanining   yutuqlarini   bevosita   tadbiq   eta 
olishlaridan iborat.
Fizika   kursi   talabaga     xilma-xil   elektrotexnik   elektron 
asboblar   va   qurilmalarning   ishlash   prinsipini   o‘rganish   va 
tushunish   uchun   zarur   bo‘lgan   chuqur   bilimlarni   berishi   kerak. 
Talabalar   keyingi   ish   faoliyatlarida,   xalq   xo‘jaligining   turli 
tarmoqlarida ishlata bilishlari kerak. 
Fizika   fanini   o‘rganish   talaba   falsafiy   dunyoqarashini 
shakllanishi   uchun   ham   katta   ahamiyat   kasb   etadi.   Fizika 
rivojlanishining   butun   tarixi   ilmiy-texnikaviy   taraqqiyot 
dialektikasini   yoritishdan,   fan   va   texnikaning   ijtimoiy-iqtisodiy, 
tarixiy   va   ekologik   muammolar   bilan   murakkab   o‘zaro 
bog‘lanishini aks etishdan iborat. 
XXI   asr   xilma-xil   elektron,   yarim   o‘tkazgichli   va 
elektromagnit   qurilmalar   ishlab   chiqarishni   tez   o‘sishi   yangi 
texnologiyalarni   rivojlanishi   bilan   harakterlanadi.   Bunday 
19

qurilmalar   ishlab   chiqarish   jarayonlarini   avtomatlashtirish, 
murakkab fizikaviy hodisalarni modellashtirish, amaliy masalalarni 
yechish va hokazolarga yo‘l ochib beradi.
Hozirgi   dolzarb   vazifa   –   talabalarning,   o‘sib   kelayotgan 
avlodni   har   bir   fanning     rivojlanish   tarixi,   bu   fanlarga   Sharq 
olimlari qo‘shgan hissalarini bilishga erishishlari kerak.
Talabalar   bizning   avlod-ajdodlarimiz   fanlar   (mazkur   fizika 
fani)   rivojiga   qo‘shgan   hissalarini   nafaqat   bilishlari,   balki   uni 
to‘g‘ri   baholashlari,   asrab-avaylashlari   hamda   o‘zlari   ham 
fanlarning   rivojlanishigia   o‘z   hissalarini   qo‘shishga   intilishlari 
kerak.
Fan bo‘yicha talabaning malakasiga qo‘yiladigan talablar
«Fizika»   o‘quv   fanini   o‘zlashtirish   jarayonida   amalga   oshiriladigan 
masalalar doirasida bakalavr:
-   fizika   fanining   asoslarini,   qonunlarini;   fizik   hodisalar,   ularning 
mexanizmlari,   qonuniyatlari   va   amaliy   qo‘llanishlarini;   fizik   tajribalar, 
namoyishlar   va   hodisalarni   fizik   qonun   va   prinsiplari   asosida   tavsiflashini; 
fizikaning bozor iqtisodiyoti sharoitidagi o‘rni va ahamiyatini bilishi kerak;
- talaba tabiat qonunlarini o‘rganish va ulardan insoniyat ehtiyojlari uchun 
foydalanish; hodisani modelini yaratib berish; tabiat va jamiyatda yuz beradigan 
jarayonlar va hodisalar haqida bilimlarga ega bo‘lishi, ulardan hayotda va kasbiy 
faoliyatda   zamonaviy   ilmiy   asoslarda   foydalana   olish;   yangi   materiallar   va 
mahsulotlarni tarkibini, sifatini aniqlashda fizikaviy usullardan foydalanish; fizik 
asbob-uskunalardan foydalanish, tajribalar o‘tkazish, olingan ma’lumotlarni ishlab 
chiqish,   tegishli   xulosalarga   erishish,   texnika   xavfsizligini   to‘la   saqlash; 
masalalarni yechishda kompyuter texnologiyasidan foydalanish; aholini turmush 
darajasini ko‘tarishda  xizmat ko‘rsatish  sohasini,  servisni  yangi sifat darajasiga 
ko‘tarish ko‘nikmalarga ega bo‘lishi kerak;
-   talaba   fizikaviy   jarayonlarni   servis   va   xizmat   ko‘rsatish   sohalari   bilan 
bog‘liqligini tahlil qilish va xulosa chiqarish; ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal 
etish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni to‘plash va ulardan foydalanish, mehnat 
faoliyatlarida uchraydigan muammolarni hal etishda mustaqil fikr yuritish; fizika 
fanining   yutuqlarini   bevosita   tadbiq   eta   olish;   texnikani   rivojlantirish;   milliy 
mahsulotni ko‘paytirish; turmush darajasini ko‘tarish  malakalariga ega bo‘lishi 
kerak.
O‘quv rejadagi boshqa fanlar bilan bog‘liqligi
«Fizika» fani matematika va tabiiy fanlar turkumiga kirib, u 
I   semestr   o‘qitiladi.   Mazkur   fan   boshqa   tabiiy,   texnikaviy 
fanlarning   nazariy   va   uslubiy   asosini   tashkil   qilib,   matematika, 
kimyo,   biologiya,   falsafa,   elektrotexnika   elektronika   va 
elektruzatma,   sifat   ekspertizasi,   nooziq-ovqat   tovarlar 
ekspertizasi asoslari, servisdagi texnologik jarayonlar, texnologik 
jarayonlarni   avtomatik   boshqaruvi,   servis   xizmat   ko‘rsatish 
texnologiyasi asoslari kabi fanlar bilan chambarchas bog‘liqdir. 
20

Fanni o‘qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar
Talabalarning «Fizika» fanini o‘zlashtirishlari uchun o‘qitishning ilg‘or va 
zamonaviy   usullaridan   foydalanishi,   yangi   informatsion-pedagogik 
texnologiyalarni   tadbiq   qilish   muhim   ahamiyatga   egadir.   Fanni   o‘zlashtirishda 
darslik,   o‘quv   va   uslubiy   qo‘llanmalar,   leksiyalar   kursi,   tarqatma   materiallar, 
slaydlar,   elektron   materiallar,   «Aqliy   hujumlar»,   «Tanqidiy   tafakkur», 
«Guruhlarda   ishlash»,   «Nima   uchun»   texnikasi,   «Klaster»   texnologiyasi   kabi 
usullar asosida o‘qitiladi.
O‘quv jarayoni bilan bog‘liq ta’lim sifatini belgilovchi holatlar quyidagilar: 
yuqori   ilmiy-pedagogik   darajada   dars   berish,   muammoli   ma’ruzalar   o‘qish, 
darslarni   savol-javob   tarzida   qiziqarli   tashkil   qilish,   ilg‘or   pedagogik 
texnologiyalardan   va   mul’timedia   vositalaridan   foydalanish,   tinglovchilarni 
undaydigan,   o‘ylantiradigan   muammolarni   ular   oldiga   qo‘yish,   talabchanlik, 
tinglovchilar bilan individual ishlash, erkin muloqot yuritishga, ilmiy izlanishga 
jalb qilish. 
“Fizika”   kursini   loyihalashtirishda   quyidagi   asosiy   konseptual 
yondoshuvlardan foydalaniladi: 
Shaxsga   yo‘naltirilgan   ta’lim.  Bu   ta’lim   o‘z   mohiyatiga   ko‘ra   ta’lim 
jarayonining barcha ishtirokchilarini to‘laqonli rivojlanishlarini ko‘zda tutadi. Bu 
esa   ta’limni   loyihalashtirilayotganda,   albatta,   ma’lum   bir   ta’lim   oluvchining 
shaxsini   emas,   avvalo,   kelgusidagi   mutaxassislik   faoliyati   bilan   bog‘liq   o‘qish 
maqsadlaridan kelib chiqqan holda yondoshilishni nazarda tutadi. 
Tizimli   yondoshuv.  Ta’lim   texnologiyasi   tizimning   barcha   belgilarini 
o‘zida   mujassam   etmog‘i   lozim:   jarayonning   mantiqiyligi,   uning   barcha 
bo‘g‘inlarini o‘zaro bog‘langanligi, yaxlitligi. 
Faoliyatga   yo‘naltirilgan   yondoshuv.  Shaxsning   jarayonli   sifatlarini 
shakllantirishga, ta’lim oluvchining faoliyatni aktivlashtirish va intensivlashtirish, 
o‘quv   jarayonida   uning   barcha   qobiliyati   va   imkoniyatlari,   tashabbuskorligini 
ochishga yo‘naltirilgan ta’limni ifodalaydi. 
Dialogik   yondoshuv.  Bu   yondoshuv   o‘quv   munosabatlarini   yaratish 
zaruriyatini bildiradi. Uning natijasida shaxsning o‘z-o‘zini faollashtirishi va o‘z-
o‘zini ko‘rsata olishi kabi ijodiy faoliyati kuchayadi. 
Hamkorlikdagi ta’limni tashkil etish. Demokratik, tenglik, ta’lim beruvchi 
va   ta’lim   oluvchi   faoliyat   mazmunini   shakllantirishda   va   erishilgan   natijalarni 
baholashda birgalikda ishlashni joriy etishga e’tiborni qaratish zarurligini bildiradi. 
Muammoli ta’lim. Ta’lim mazmunini muammoli tarzda taqdim qilish orqali 
ta’lim   oluvchi   faoliyatini   aktivlashtirish   usullaridan   biri.   Bunda   ilmiy   bilimni 
ob’ektiv   qarama-qarshiligi   va   uni   hal   etish   usullarini,   dialektik   mushohadani 
shakllantirish va rivojlantirishni, amaliy faoliyatga ularni ijodiy tarzda qo‘llashni 
mustaqil ijodiy faoliyati ta’minlanadi. 
Axborotni taqdim qilishning zamonaviy vositalari va usullarini qo‘llash 
yangi kompyuter va axborot texnologiyalarini o‘quv jarayoniga qo‘llash. 
O‘qitishning   usullari   va   texnikasi.  Ma’ruza   (kirish,   mavzuga   oid, 
vizuallash), muammoli ta’lim, keys-stadi, pinbord, paradoks va loyihalash usullari, 
amaliy ishlar. 
21

O‘qitishni tashkil etish shakllari:  dialog, polilog, muloqot hamkorlik va 
o‘zaro o‘rganishga asoslangan frontal, kollektiv va guruh. 
O‘qitish   vositalari:  o‘qitishning   an’anaviy   shakllari   (darslik,   ma’ruza 
matni) bilan bir qatorda – kompyuter va axborot texnologiyalari. 
Kommunikatsiya   usullari:  tinglovchilar   bilan   operativ   teskari   aloqaga 
asoslangan bevosita o‘zaro munosabatlar. 
Teskari aloqa usullari va vositalari: kuzatish, blits-so‘rov, oraliq va joriy 
va yakunlovchi nazorat natijalarini tahlili asosida o‘qitish diagnostikasi. 
Boshqarish usullari va vositalari: o‘quv mashg‘uloti bosqichlarini belgilab 
beruvchi   texnologik   karta   ko‘rinishidagi   o‘quv   mashg‘ulotlarini   rejalashtirish, 
qo‘yilgan maqsadga erishishda o‘qituvchi va tinglovchining birgalikdagi harakati, 
nafaqat auditoriya mashg‘ulotlari, balki auditoriyadan tashqari mustaqil ishlarning 
nazorati. 
Monitoring va baholash:  o‘quv mashg‘ulotida ham butun kurs davomida 
ham   o‘qitishning   natijalarini   rejali   tarzda   kuzatib   borish.   Kurs   oxirida   test 
topshiriqlari   yoki   yozma   ish   variantlari   yordamida   tinglovchilarning   bilimlari 
baholanadi. 
“Fizika” fanini o‘qitish jarayonida kompyuter texnologiyasidan, “Yexcel” 
elektron jadvallar dasturlaridan foydalaniladi. Ayrim mavzular bo‘yicha talabalar 
bilimini   baholash   test   asosida   va   kompyuter   yordamida   bajariladi.   “Internet” 
tarmog‘idagi   rasmiy   iqtisodiy   ko‘rsatkichlaridan   foydalaniladi,   tarqatma 
materiallar tayyorlanadi, test tizimi hamda tayanch so‘z va iboralar asosida oraliq 
va yakuniy nazoratlar o‘tkaziladi.
Ma’ruza,   amaliy   va   laboratoriya   mashg‘ulotlarida   o‘qitishning   interaktiv 
usullari   (vizual,   muammoli,   ikki   tomonlama   tahlil,   Insert,   Klaster,   «Birgalikda 
o‘qiymiz»   texnikasi,   «O‘ylang-juftlikda   ishlang-fikr   almashing»   texnikasi)dan 
foydalaniladi.
“Fizika” fanidan mashg‘ulotlarning mavzular va soatlar
bo‘yicha taqsimlanishi:
Xizmatlar sohasi (faoliyat turlari va yo‘nalishlari bo‘yicha)
t/r
Mavzular nomi
Jami
soat
Ma’ruz
a
Amaliy 
mash-
g‘ulot
Labora-
toriya
ishi
Mustaqil 
ta’lim
1
Mexanik harakatning kinematik va 
dinamik tavsifi
8
2
2
2
2
2
Mexanik ish. Energiya. Quvvat
6
2
2
-
2
3
Qattiq jismlar mexanikasi. Mexanik 
tebranishlar
12
2
2
4
4
4
Mexanik to‘lqinlar. Tovush to‘lqinlari
6
2
2
2
5
Gazlarning molekulyar-kinetik 
nazariyasining asoslari
6
2
2
-
2
6
Termodinamika asoslari
6
2
2
-
2
7
Suyuqliklar. Qattiq jismlar
10
2
2
4
2
8
Elektr maydon vakuumda. Elektr 
maydonida dielektriklar
6
2
2
2
9
Elektr maydonida o‘tkazgichlar 
12
2
2
4
4
22

O‘zgarmas elektr toki
10
O‘tkazgichlar, dielektriklar. Yarim 
o‘tkazgichlar
6
2
2
2
11
Metallarning klassik nazariyasi. 
Vakuumda elektr tok. Termoelektrik 
hodisalar
10
2
2
4
2
12
Elektromagnetizm. Moddalardagi 
magnit maydoni
6
2
2
2
13
Elektromagnit induksiya
10
2
2
4
2
14
Elektromagnit maydoni. Maksvell 
tenglamalari 
O‘zgaruvchan elektr toki
12
2
2
4
4
15
Elektromagnit tebranishlar va 
to‘lqinlar
6
2
2
2
16
Kvant fizikasi. Kvant optikaviy 
hodisaning asoslari
6
2
2
2
17
Mikro zarrachalarning to‘lqin 
xususiyatlari. Atomning energetik 
sathlarining diskretligi. Vodorod atomi 
tuzilishining kvant nazariyasi
8
2
4
2
Jami 
136
34
36
26
40
Asosiy qism: Fanning uslubiy jihatdan uzviy ketma-ketligi
Asosiy   qismda   (ma’ruza)   fanni   mavzulari   mantiqiy   ketma-ketlikda 
keltiriladi. Har bir mavzuning mohiyati asosiy tushunchalar va tezislar orqali ochib 
beriladi. Bunda mavzu bo‘yicha talabalarga DTS asosida yetkazilishi zarur bo‘lgan 
bilim va ko‘nikmalar to‘la qamrab olinishi kerak. 
Asosiy   qism   sifatiga   qo‘yiladigan   talab   mavzularning   dolzarbligi,   ularning   ish 
beruvchilar   talablari   va   ishlab   chiqarish   ehtiyojlariga   mosligi,   mamlakatimizda 
bo‘layotgan   ijtimoiy-siyosiy   va   demokratik   o‘zgarishlar,   iqtisodiyotni 
erkinlashtirish,   iqtisodiy-huquqiy   va   boshqa   sohalardagi   islohatlarning   ustuvor 
masalalarini   qamrab   olishi   hamda   fan   va   texnologiyalarning   so‘ngti   yutuqlari 
e’tiborga olinishi tavsiya etiladi. 
Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling