O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti «oliy matematika» kafedrasi


-mavzu. Elektr maydonida o‘tkazgichlar. O‘zgarmas elektr toki


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/18
Sana08.03.2017
Hajmi5.01 Kb.
#1916
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18

9-mavzu. Elektr maydonida o‘tkazgichlar. O‘zgarmas elektr toki
O‘tkazgichlarda   erkin   zaryadlar   mavjud   bo‘lganligi   uchun   tashqi 
elektrostatik   maydon   ta’sirida   o‘tkazgich   sirtining   bir   qismida   musbat   ishorali 
erkin zaryad, boshqa ikkinchi qismida esa manfiy ishorali zaryad paydo bo‘ladi. 
O‘tkazgich   ichida   hech   qanday   erkin   zaryad   bo‘lmagani   uchun   elektrostatik 
maydon ham bo‘lmaydi.
O‘tkazgichning   sirti   ekvipotensial   sirt   bo‘lgani   uchun   zaryadlangan 
o‘tkazgichni potensial bilan harakterlash mumkin. O‘tkazgichning zaryadi ortgan 
sari uning potensiali ham ortadi.
O‘tkazgichning elektr zaryad to‘plash xususiyatini ifodalovchi elektr kattalik 
elektr sig‘imi deyiladi. Miqdor jihatidan yakkalangan o‘tkazgichning potensialini 
bir birlikka o‘zgartirish uchun zarur miqdoriga teng. Elektr sig‘imi o‘tkazgichning 
o‘lchamlariga,   geometrik   shakliga   va   atrof   muhitning   dielektrik 
singdiruvchanligiga   bog‘liq.   Masalan,   yassi   kondensator   uchun  
d
S
C
0
εε
=
dan 
aniqlanadi.
Amalda kondensatorlarni parallel, ketma-ket yoki aralash yo‘li bilan zarur 
elektr sig‘imi olinadi.
Elektr toki paydo bo‘lishi va doimo paydo bo‘lib turishi uchun: 1) moddada 
erkin elektr zaryadlari, 2) ularni tartibli harakatga keltiruvchi elektr maydon va 3) 
zanjir   berk   bo‘lishi   kerak.   Zaryadli   zarralar   tok   tashuvchilar   deb   ataladi. 
O‘tkazgichlarda o‘tkazuvchanlik, konveksion va siljish toki mavjuddir. Siljish toki 
magnit   maydon   hosil   qilish   xususiyati   jihatidangina   o‘tkazuvchanlik   va 
konveksion tokka ekvivalentdir.
Elektr tokining mavjudligini tok tufayli yuz beradigan quyidagi ta’sir yoki 
hodisalarga qarab  bilish mumkin:
1)   issiqlik   ta’siri   –   tok   o‘tayotganda 
o‘tkazgich   qiziydi;   2)   kimyoviy   ta’siri;   3)   magnit   ta’siri;   4)   kuch   ta’siri;   5) 
yorug‘lik ta’siri.
Elektr toki tok kuchi  
I
  va tok zichligi 
j

  bilan ifodalanadi. Tok kuchi va 
yo‘nalishi vaqt o‘tishi bilan o‘zgarmasa, o‘zgarmas tok deb ataladi.
Elektr   zanjiri   yordamida   elektr   energiyasi   uzatiladi,   tarqatiladi   hamda 
kuchlanishi   pasaytiriladi   yoki   oshiriladi.   Elektr   energiyasi   manbalarida   biror 
turdagi  energiya  (suv,  issiqlik  va  boshqa   energiyasi)  elektr  energiyasiga,  qabul 
qilgichlar   (iste’molchilar)da   elektr   energiyasi   issiqlik,   mexanik   va   boshqa 
energiyaga aylantiriladi.
50

Elektr   zanjir   rejimi   (ish   maromi)   barcha   qismlardagi   tok   va   kuchlanish 
qiymatiga bog‘liq bo‘ladi. Elektr zanjiridagi tok, EYUK va kuchlanish o‘rtasidagi 
munosabat Kirxgof qonunlari bilan tushuntiriladi.
Elektr   zanjiridagi   tokining   ish   tezligini   harakterlovchi   kattalik   tokning 
quvvati deyiladi.
Tok manbalarining energiyalarini foydali ishga sarflash qobiliyati foydali ish 
koeffitsiyenti deb ataluvchi kattalik bilan harakterlanadi.
Amalda yuklamaning 
R
 qarshiligi tok manbaining 
r
 qarshiligidan qancha 
katta bo‘lsa,  
r
R
>
, foydali ish koeffitsiyentining qiymati shuncha katta bo‘lishi 
kelib chiqadi.
Elektr   energiya   boshqa   tur   energiyalarga   oson   aylanadi,   shuning   uchun 
elektr tokining qo‘llanish sohasi xilma-xildir.
A.Galvani,   A.Volta   va   keyinchalik   rus   fizigi   hamda   elektrotexnigi 
V.Petrovning   kuzatishlari   va   tadqiqotlari   elektrodinamikaning   vujudga   kelishi 
hamda rivojlanishiga sabab bo‘ldi.
Italiyalik   olimlar   A.Galvani   va   A.Voltaning   elektr   tokini   kashf   etishlari 
hamda dunyoda birinchi marta 1800 yilda galvanik elementning yasalishi fizika 
fanining rivojlanishida katta ahamiyatga ega bo‘ldi.
10-mavzu. O‘tkazgichlar. Dielektriklar. Yarim o‘tkazgichlar
Xizmat   ko‘rsatish   va   servis   sohalarida   o‘tkazgichlar,   dielektriklar   va 
yarimo‘tkazgichlar katta ahamiyatga ega.
O‘zlarining   elektr   o‘tkazuvchanlik   xossalariga   qarab   qattiq   jismlar 
metallarga (o‘tkazgichlarga), yarimo‘tkazgichlarga va dielektriklar (izolyatorlar)ga 
bo‘linadi.
Elektr   o‘tkazuvchi   moddalar   solishtirma   qarshiligining   katta   kichikligiga 
qarab   elektr   tokini   yaxshi   o‘tkazadigan   elektr   o‘tkazgichlar           (ρ=10
-6
÷
10
-4 
Om

sm),   izolyatorlar   (ρ=10
5
÷
10
18
  Om

sm)   va   yarim   o‘tkazgichlar   (ρ=10
-4
÷
10

Om

sm)ga bo‘linadi. Metallar, elektrolitlar va plazmalar elektr o‘tkazuvchidir.
Amaliyotda keng qo‘llaniladigan o‘tkazgich elektr simi. Elektr simi elektr 
energiyasini   o‘zatish   va   taqsimlash,   elektr   va   radio   signallarini   uzatish   hamda 
elektr mashinalar, transformatorlar, o‘lchash asboblari va boshqa asbob-uskunalar 
chulg‘amlarini tayyorlashda qo‘llaniladi.
Elektrolit   orqali   elektr   toki   o‘tganda   elektrodlarda   elektrolit   tarkibiy 
qismlarining ajralib chiqish jarayoni elektroliz deyiladi. Texnikada elektroliz turli 
maqsadlarda qo‘llaniladi.
Amaliyotda   kimyoviy   tok   manbai   –   galvanik   elementlar,   batareyalar   va 
akkumulyatorlar katta ahamiyatga ega. Ular kimyoviy energiyani o‘zgarmas tok 
elektr   energiyasiga   aylantirib   beradilar.   Kimyoviy   tok   manbalari   transportda, 
radiotexnikada, avtomatik boshqarish sistemalarida keng ko‘lamda qo‘llaniladi.
Texnikada   ishlatiladigan   barcha   izolyatsiya   materiallari   elektr   maydoni 
ta’sirida ma’lum energiya nobudligiga sabab bo‘ladi. Tabiatda absolyut dielektrik 
yo‘q.
Elektr energiyasi hosil qilish, yuborish va iste’mol etishda elektr o‘tkazuvchi 
qismlar   orqali   o‘tgan   tok   tarqalib   ketmasligi   uchun   o‘tkazgichlar   bir-biridan 
51

maxsus materiallar vositasida ajratiladi. Bular elektr izolyatsion materiallar deb 
ataladi.
Elektr   izolyatsion   materiallar   qanday   kuchlanishlarga   bardosh   berishiga 
qarab   yuqori   kuchlanish   texnikasi   va   past   kuchlanish   texnikasi   materiallariga 
bo‘linadi.
Amaliyotda tovar sifatida ishlab chiqarilgan elektr izolyatsion materiallar – 
kabellar.
Solishtirma elektr qarshiligi metallarnikiga nisbatan katta, dielektriklarnikiga 
nisbatan kichik bo‘lgan moddalar yarimo‘tkazgichlar deyiladi.
Yarimo‘tkazgichli   asboblar   elektron   va   ion   asboblarga   nisbatan   ancha 
afzalliklari tufayli ko‘pgina sohalarida keng qo‘llanilmoqda.
11-mavzu.   Metallarning   klassik   nazariyasi.   Vakuumda   elektr   toki. 
Termoelektrik  hodisalar
Erkin   elektronlar   haqidagi   tasavvurlardan   foydalangan   holda   Drude, 
keyinchalik   Lorens   metallarning   klassik   nazariyasini   ishlab   chiqqan.   Drude 
metallardagi   o‘tkazuvchi   elektronlar   tabiati   ideal   gaz   molekulalariga   o‘xshagan 
bo‘ladi,   deb   faraz   qilgan.   Elektronlar   o‘zaro   emas,   balki   ko‘proq   metallarning 
kristall   panjaralarini   tashkil   etuvchi   ionlar   bilan   to‘qnashadi.   Bu   to‘qnashishlar 
elektron gaz bilan kristall panjara orasida issiqlik muvozanati o‘rnatilishiga olib 
keladi. 
Metallarning yuqori elektr o‘tkazuvchanliklari bilan birga, yuqori issiqlik 
o‘tkazuvchanlikka   ega   ekanligi   tajribadan   ma’lum.   Videman   va   Frans   issiqlik 
o‘tkazuvchanlik   koeffitsiyentini   elektr   o‘tkazuvchanlik   koeffitsiyentiga   nisbati 
barcha metallar uchun taxminan bir xil bo‘lib, absolyut temperaturaga proporsional 
o‘zgarishini ko‘rsatuvchi empirik qonunlarini aniqladilar.
Klassik nazariyaning qator hodisalarni tushuntira olmasligiga qaramay, o‘z 
ahamiyatini   shu   vaqtga   qadar   saqlab   keldi,   chunki   erkin   elektronlar 
konsentratsiyasi kichik bo‘lgan hollarda u qoniqarli natijalarni beradi. Shu bilan 
birga   klassik   nazariya   kvant   nazariyasiga   qaraganda   bir   muncha   sodda   va 
ko‘rgazmalidir.
12-mavzu. Elektromagnetizm. Moddalardagi magnit maydoni
Klassik fizikaning rivojlanishida U.Gilbert katta hissa qo‘shdi. 1600 yilda 
U.Gilbert elektr va magnit hodisalarni o‘rganish bilan shuhrat qozondi hamda Yer 
tirik magnit ekanligini isbotladi. U kompas magnit milining burilishini Yerning 
katta   magnitga   o‘xshashi   orqali   tushuntirdi,   magnetizm   va   elektrning   o‘zaro 
bog‘lanishini tekshirdi.
1820 yilda daniyalik fizik X.Ersted tokli o‘tkazgichning kompas mili bilan 
o‘zaro   ta’sirida   bo‘lishini   elektr   va  magnit   hodisalar  orasida   bog‘lanish   borligi 
bilan tushuntirdi. Shu yillarda A.Amper zaryadlangan zarralarning tartibli harakati 
tufayli paydo bo‘luvchi elektr toki bilan barcha magnit hodisalari bog‘liq ekanligi 
to‘g‘risida xulosaga keldi va tajriba asosida tokli o‘tkazgichlar orasidagi vujudga 
keluvchi o‘zaro ta’sir kuchini ifodalovchi qonunni ixtiro qildi.
Tabiatdagi barcha moddalar u yoki bu darajada magnit xossalariga egadir. 
Hozirgi   vaqtda   ixtiyoriy   moddani   tashkil   qilgan   elementar   zarralar,   atom   va 
52

molekulalarning magnit xossaga ega ekanligi aniqlangan. Har qanday moddaning 
magnit xossasi atomdagi elektronlarning magnit xossalari bilan harakterlanadi.
Ferromagnitlar   va   antiferromagnitlarda   magnit   xossalar   bilan   bog‘liq 
qo‘shimcha   issiqlik   sig‘imi   mavjud.   Ularning   paramagnitlarga   o‘tish 
temperaturalarida   (Kyuri   nuqtasi,   Neel   nuqtasi)   issiqlik   sig‘imining   ortishi 
kuzatiladi.
13-mavzu. Elektromagnit induksiya
20-asr   boshida   atom   tuzilishiga   oid   kashfiyotlar   natijasida   atomlardagi 
elektronlarning   yadro   atrofidagi   aylanma   harakatlari   tufayli   molekulyar   hosil 
bo‘lishi   anig‘landi.   X.Ersted   va   A.Amperning   katta   mehnatlaridan   so‘ng 
magnetizm elektr haqidagi ta’limotning tarkibiy qismi bo‘lib qoldi. Shu davrga 
kelib,   ingliz   fiziki   M.Faradeyning   ilmiy   faoliyati   boshlandi.   Ayniqsa,   uning   2 
kashfiyoti: elektromagnit induksiya hodisasi va elektroliz hodisasi fizika tarixida 
muhim   ahamiyatga   ega.   Faradey   bu   kashfiyotlari   bilan   elektrning   ko‘p   texnik 
qo‘llanishiga   nazariy   asos   yaratdi.   E.X.Lens   induksiyalangan   elektr   tokining 
yo‘nalishini aniqlashning umumiy qoidasini aniqladi (Lens qoidasi). M.Faradey 
o‘z   ishlarida   elektr   va   magnit   maydonlari   tushunchalarini   kiritdi,   maydonning 
o‘zgarishi va atrof muhitga tarqalishida shu moddiy muhitning xususiyatlari asosiy 
ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatdi.
14-mavzu.   Elektromagnit   maydoni.   Maksvell   tenglamalari. 
O‘zgaruvchan elektr toki
Elektr   haqidagi   ta’limotning   ikkinchi   davri   19-asrning   2-yarmidagi 
kashfiyotlar bilan bog‘liq. M.Faradeyning elektr va magnit maydonlar haqidagi 
ta’limotini ingliz fizigi J.Maksvell chuqurlashtirdi va rivojlantirdi. Maksvellning 
eng   katta   ilmiy   yutug‘i   elektromagnit   maydon   nazariyasini   va   uni   ifodalovchi 
tegishli tenglamalar tizimini yaratdi. Maksvell elektr maydonining vaqt bo‘yicha 
o‘zgarishi   uyurma   magnit   maydonni   va   aksincha,   magnit   maydonning   vaqt 
bo‘yicha o‘zgarishi uyurma elektr maydonni hosil qilishini o‘z nazariyasiga asos 
qilib oldi.
Elektromagnit maydon moddiyligi unda kuchlarning ta’siri sezilishi bilan, 
uning   energiya   tashishi   va   uzatishi   bilan   tasdiqlanadi.   Moddiy   muhitda 
elektromagnit maydon ushbu fizik kattaliklar – elektr maydon kuchlanganligi 
E


elektr   induksiya   -  
D

,   magnit   maydon   kuchlangiligi   -  
H

,   magnit   maydon 
induksiyasi   -  
B

  bilan   tavsiflanmaydi.   Bu   kattaliklar   o‘zaro   J.Maksvell 
tenglamalari orqali bog‘langan.
Analitik ifodalari qulay bo‘lganligi hamda elektr iste’molchilaridagi quvvat 
isrofining   kamligi   jihatdan   sinusoidal   tok   boshqa   o‘zgaruvchan   toklardan 
afzalroqdir.
Davr, chastota, faza, fazalar siljishi, boshlang‘ich faza hamda oniy, effektiv, 
o‘rtacha   va   amplitudaviy   qiymatlar   –   sinusoidal   kattaliklarning   asosiy 
ko‘rsatkichlaridir.
O‘zgaruvchan tok zanjirida tok, quvvat va energiya miqdori vaqt davomida 
o‘zgarib turadi. Sinusoidal tok zanjirlarini harakterlovchi fizik parametrlar aktiv 
qarshilik 
R
, induktivlik 
L
 va sig‘im 
C
 dir.
53

Aktiv,   induktiv   va   sig‘imiy   qarshiliklardan   tashkil   topgan   zanjirda 
kuchlanishlar   uchburchakligi   hosil   bo‘ladi.   Kuchlanishlar   uchburchakligining 
tomonlarini 
I
 tokga ko‘paytirib, quvvatlar uchburchakligi yasaladi.
O‘zgaruvchan tok zanjirlarida kuchlanishlar rezonansi va toklar rezonansi 
hodisasi ro‘y beradi.
Kuchlanishlar rezonansi hodisasidan radiotexnikada keng foydalaniladi.
Toklar   rezonansi   hodisasidan   elektrotexnik   qurilmalarning   quvvat 
koeffitsiyentini oshirish uchun keng foydalaniladi.
O‘zgaruvchan   tokni   uzatish   liniyalarida   quvvat   koeffitsiyenti   muhim 
ahamiyatga ega, chunki u zanjirda energiyani yo‘qotishini harakterlaydi. Elektr 
uzatish   liniyalarini   loyihalashda   quvvat   koeffitsiyentini   yuksaltirishga   harakat 
qilish kerak.
15-mavzu. Elektromagnit tebranishlar va to‘lqinlar
Fizikaviy   tabiatiga   qarab   tebranishlar   ikkiga,   ya’ni   mexanik   va 
elektromagnit tebranishlarga bo‘linadi.
Elektromagnit   tebranishlar   deb   zaryadlar,   toklar,   elektr   va   magnit 
maydonlari kuchlanganliklarining o‘zaro bog‘liq davriy o‘zgarishiga aytiladi. 
Elektromagnit tebranishlar tebranish konturi deb ataluvchi sistemada ro‘y 
beradi.
Tebranish   konturi   har   qanday   radiotexnik   qurilmaning   ajralmas   qismi 
hisoblanadi.
Elektr   maydon   kuchlanganligi   va   magnit   maydon   induksiyasi   davriy 
o‘zgarayotgan   o‘zgaruvchan   elektromagnit   maydonining   fazoda   tarqalishiga, 
elektromagnit to‘lqin deb ataladi.
Maksvellning tabiatda elektromagnit to‘lqinlar mavjudligini, ularning aniq 
xususiyatlari – bosimi, difraksiyasi, interferensiyasi, tarqalish tezligi, qutblanishi 
borligini   aniqladi.   Maksvell   nazariyasidan   yorug‘likning   elektromagnit 
xususiyatiga   ega   ekanligi   kelib   chiqdi.   Nemis   fizigi   G.Gersning   elektromagnit 
to‘lqinlarni aniqlash bo‘yicha olib borgan tajribalari buni tasdiqladi. P.Lebedev 
yorug‘likning   bosimini   tajriba   orqali   aniqladi.   Rus   fizigi   A.S.Popov   Maksvell 
nazariyasidan foydalanib simsiz aloqani yaratdi.
16-mavzu. Kvant fizikasi. Kvant optikaviy hodisaning asoslari
19-asr   oxirida   aniqlangan   qator   yangiliklar   Nyutonning   fazo   va   vaqt 
mutlaqligi   to‘g‘risidagi   tasavvurlarini   tanqidiy   tekshirib   chiqish   kerakligini 
ko‘rsatdi. J.Puankare, X.A.Lorens kabi olimlar bu sohada tadqiqotlar olib borishdi. 
1900 yilda M.Plank nur chiqarayotgan tizim – ossilyatorning nurlanish energiyasi 
uzluksiz qiymatlarga ega degan klassik fikrni rad etib, bu energiya faqat uzlukli 
qiymatlar   (kvantlar)dangina   iborat   degan   butunlay   yangi   farazni   ilgari   surdi. 
Shunga asoslanib nazariya bilan tajriba natijalarini taqqoslanganda ularning mos 
kelishini   aniqladi.   Plank   gipotezasini   A.Eynshteyn   rivojlantirib,   yorug‘lik 
nurlanganda ham, tarqalganda ham kvantlar – maxsus zarralardan tashkil topgan 
degan fikrga keldi. Bu zarralar fotonlar deb ataladi.
M.Plank jismlarning issiqlik nurlanish tushunchasiga porsiya, ya’ni kvant 
degan iborani kiritdi. Bu kvant energiyasi 
ν
ε
h
=
 ga teng. A.Eynshteyn bu g‘oyani 
umumlashtirib, nurlanish diskret bo‘lishini aytdi. Elektromagnit nurlanish kvantlar 
54

– fotonlardan tashkil topgan, bu esa fotoeffekt va Kompton effektiga tasdiqlangan. 
Foton ham doim diskret parametrlarga, ya’ni aniq energiya, impuls, spinga ega 
bo‘ladi. Foton korpuskulyar xossadan tashqari, to‘lqin xossaga ham ega bo‘lib, 
uning   bu   xossasi   yorug‘lik   difraksiyasi   va   interferensiyasi   hodisasida   yuzaga 
keladi.
Fizik   hodisalarni   tushuntirishda   o‘rta   osiyolik   olimlarning   mulohazalari 
qadimiy an’analar ta’sirida rivojlangan bo‘lsa-da, ular matematik usullarni keng 
joriy etib, tajribalardan foydalanib, fanga katta hissa qo‘shdilar.
Ahmad   al-Farg‘oniy   asarlari   Yevropada   Uyg‘onish   davri   ilmiy 
tadqiqotchilarining asosini tashkil etgan asarlardan bo‘ldi. U yorug‘likning sinishi 
va qaytishini aniqlagan.
Beruniy   yorug‘likning   korpuskulyar   hamda   to‘lqin   xossasi,   tovush   va 
yorug‘lik  tezligi,  yorug‘likning  qaytishi  hamda  sinishining  sabablari,  dispersiya 
hodisasini aniqlagan.
Ibn   Sino   tovush   va   yorug‘lik   tezligi,   yorug‘lik   dispersiyasi,   linza,   atom 
tuzilishi va boshqa mavzularga tegishli mulohazalarining aksariyati hozirgi zamon 
tushunchalariga mos keladi.
17-mavzu. Mikro zarrachalarning to‘lqin xususiyatlari. Atomning  
                  energetik sathlarining diskretligi.
Ko‘p   amaliy   hollarda   qoniqarli   natijalar   beradigan   klassik   fizika   katta 
tezliklar va mikroob’ektlar bilan bog‘liq hodisalarni to‘g‘ri tushuntirishga ojizlik 
qildi.   Shunday   hodisalar   qatoriga   qattiq   jismlarning   issiqlik   sig‘imi,   atom 
tizimlarining   tuzilishi   va   ulardagi   o‘zgarishlar   harakteri,   elementar   zarralarning 
o‘zaro ta’siri hamda bir-biriga aylanishi, mikrotizimlardagi energetik holatlarning 
uzlukli o‘zgarishi, massaning tezlikka bog‘liqligi va boshqa masalalar kiradi.
20-asrning   20-yillariga   kelib,   kvant   mexanikaga   to‘la   asos   solindi, 
mikrozarralar   harakatining   norelyativistik   nazariyasi   to‘la   isbotlandi.   Buning 
asosini   Plank-Eynshteyn-Borlarning   kvantlashuv   va   L.Broylning   materiyaning 
korpuskulyar – to‘lqin xususiyati to‘g‘risidagi g‘oyalarni tashkil etdi. Tajribalarda 
kuzatilgan   elektron   difraksiyasi   bu   fikrni   tasdiqladi.   Avstriyalik   fizik 
E.Shryodinger   atomlarning   uzlukli   energiyaga   ega   ekanligini   ifodalovchi   kvant 
mexanikasining asosiy tenglamasini yaratdi.
V.Pauli bir xil kvant holatda faqat bittagina elektron bo‘la olishini ko‘rsatdi 
(Pauli prinsipi), shu asosda Mendeleev davriy sistemasiga nazariy tus berildi.
55

3. O‘quv kursi bo‘yicha ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlarda 
o‘qitish texnologiyalarini ishlab chiqishning 
konseptual asoslari
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va hukumati jahon andozalariga mos 
keladigan   kadrlar   tayyorlash   masalalariga   e’tiborni   qaratib   kelmoqda.   Dars 
jarayonini   boshqarish   va   tashkillashtirishda   professor-o‘qituvchining   bilimi, 
tajribasi, ko‘nikmasi, ilmiy-pedagog salohiyati, mahorati, qobiliyati asosiy  omil 
hisoblanadi.   Shunga   ko‘ra,   jumladan   ma’ruzani   oddiydan   murakkabga   qarab 
rivojlantirib qo‘llaniladigan o‘quv qo‘llanmalar va vositalar tayyorlanadi. O‘quv 
xonasi dars uchun tayyorlab qo‘yiladi.
O‘qituvchi ma’ruza qila turib quyidagilarga e’tibor qaratadi:
-   talabalarni   savol-javobga   undash   orqali   guruhda   muhokama   muhitini 
yaratadi, ijobiy javobni shakllantiradi;
- vaqtincha erkin fikr almashishga ruxsat beradi;
- kundalik hayotdan ibratli misollar keltiradi;
- talabalarni savol berishga undaydi;
-   ilgari   o‘rganilgan   hodisa   va   vaziyatlarni   yangilari   bilan   taqqoslashni 
amalga oshiradi;
- fan doirasida turli ma’lumotlarni jonli, qiziqarli bayon qiladi.
Dars jarayonida talabaning tanqidiy (tahliliy) fikrini shakllantirishda uchta 
bosqichdan foydalaniladi:
1. Yo‘llanma berish.
2. Ahamiyatini oshirish.
3. Fikrlash.
Talabalarning   tanqidiy   (tahliliy)   fikrini   rivojlantirishda   interaktiv 
uslublarning   muhim   o‘rni   bor,   bular   hamkorlik   sub’ektlarni   ijodiy   izlanishga 
yo‘naltirish, noma’lum holatni ochishga, kashf etishga ko‘mak beruvchi nazariy 
aqliy mulohazalarda ifodalanadi.
Darsni boshlash jarayonida talabalarda ko‘tarinki kayfiyat, yuksak ehtiros, 
ijodiy ruhlanish kuzatilsa dars jarayonining samaradorligi yuqori bo‘ladi.  Bunda 
o‘qituvchining  faoliyati  aniq  reja  asosida,   oldindan  tayyorlangan  holda  bo‘lishi 
zarur. Demak, o‘qituvchi tomonidan dars davlat ta’lim standartlari asosida olib 
boriladi.
Kadrlar tayyorlash Milliy dasturining ikkinchi bosqichi ta’lim jarayonidagi 
sifat ko‘rsatkichlarini yaxshilash, ya’ni jahon andozalariga mos, raqobatbardosh, 
yuqori   saviyaga   ega   bo‘lgan   mutaxassislar   tayyorlashdir.   Ushbu   murakkab 
muammolarni   yechimini   topib   ularni   amalda   keng   qo‘llash   oliy   ta’lim   tizimi 
xodimlari oldiga juda katta vazifalar belgilaydi. 
Ta’lim   sifati   va   usuliga   qarab   bilim   hosil   bo‘ladi.   Bu   o‘qituvchining 
mahoratinigina   emas,   balki   tinglovchining   istak-hohishi,   qobiliyati   va   bilim 
darajasini   ham   belgilaydi.   Ta’lim   uzoq   davom   etadigan   jarayondir.   Bilim   esa 
ta’limning uzluksizligi vositasida beriladigan mavhum tushunchaga ega bo‘lgan 
hodisadir.   Bilim   xususiylikka   ega   bo‘lsa,   ta’lim   umumiylikka   egadir.   Ta’lim 
barcha uchun bir xilda davom etadigan jarayon. Bilim ob’ektiv borlikdagi voqea-
hodisalarning   in’ikosi   natijasida   inson   miyasidagi   mushohadalar   va   tasavvurlar 
56

natijasida   hosil   bo‘ladigan   tushunchalar   yig‘indisi   sifatida   namoyon   bo‘ladi. 
Ta’limdagi sifat uni berishda ishtirok etadigan kishilar sifati bilan belgilansa, bilim 
individuallikka   ega   bo‘ladi.   Ta’limni   amalga   oshiradigan   yoki   dars   beradigan 
kishilarning   saviyasi   turlicha   bo‘lishi   mumkin.   Lekin   guruhdagi   talablarga 
beriladigan ta’lim bir xildir. O‘qituvchi bilim emas, balki ta’lim beradi. Talaba esa 
ana shu ta’lim jarayonida bilimga ega bo‘ladi. Buning uchun u mustaqil o‘qiydi, 
tayyorlanadi,   mushohada   qiladi,   tasavvurlarga   ega   bo‘ladi,   eshitganlari   va 
o‘qitganlarini sintez qiladi. Natijada bilimga ega bo‘ladi.
O‘quv jarayoni bilan bog‘liq ta’lim sifatini belgilovchi holatlar quyidagilar: 
yuqori   ilmiy-pedagogik   darajada   dars   berish,   muammoli   ma’ruzalar   o‘qish, 
dasrlarni   savol-javob   tarzida   qiziqarli   tashkil   qilish,   ilg‘or   pedagogik 
texnologiyalardan   va   multimediya   qo‘llanmalardan   foydalanish,   tinglovchilarni 
undaydigan,   o‘ylantiradigan   muammolarni   ular   oldiga   qo‘yish,   talabchanlik, 
tinlovchilar bilan individual ishlash, ijodkorlikka undash, erkin muloqot yuritishga, 
ijodiy fikrlashga o‘rgatish, ilmiy izlanishga jalb qilish va boshqa tadbirlar ta’lim 
ustivorligini ta’minlaydi.
Aytilganlardan   kelib   chiqqan   holda,   «Fizika»   o‘quv   fani   bo‘yicha   ta’lim 
texnologiyasini loyihalashtirishdagi asosiy konseptual yondoshuvlarni keltiramiz:
Shaxsga   yo‘naltirilgan   ta’lim.  Bu   ta’lim   o‘z   mohiyatiga   ko‘ra   ta’lim 
jarayonining barcha ishtirokchilarini to‘laqonli rivojlanishlarini ko‘zda tutadi. Bu 
esa   ta’limni   loyihalashtirilayotganda   albatta,   ma’lum   bir   ta’lim   oluvchining 
shaxsini   emas,   avvalo,   kelgusidagi   mutaxassislik   faoliyati   bilan   bog‘liq   o‘qish 
maqsadlaridan kelib chiqqan holda yondoshilishni nazarda tutadi.
Tizimli yondoshuv. Ta’lim texnologiyasi tizimning barcha belgilarini o‘zida 
mujassam   etmog‘i   lozim:   jarayonning   mantiqiyligi,   uning   barcha   bo‘g‘inlarini 
o‘zaro bog‘langanligi, yaxlitligi.
Faoliyatga   yo‘naltirilgan   yondoshuv.  Shaxsning   jarayonli   sifatlarini 
shakllantirishga, ta’lim oluvchining faoliyatini faollashtirish va intensivlashtirish, 
o‘quv   jarayonida   uning   barcha   qobiliyati   va   imkoniyatlari,   tashabbuskorligini 
ochishga yo‘naltirilgan ta’limni ifodalaydi.
Diolog   yondoshuv.  Bu   yondoshuv   o‘quv   jarayoni   ishtirokchilarning 
psixologik birligi va o‘zaro munosabatlarini yaratish zaruriyatini bildiradi. Uning 
natijasida shaxsning o‘z-o‘zini faollashtirish va o‘z-o‘zini ko‘rsata olish kabi ijobiy 
faoliyati kuchayadi.
Hamkorlikdagi   ta’limni   tashkil   etish.  Demokratlilik,   tenglik,   ta’lim 
beruvchi   va   ta’lim   oluvchi   o‘rtasidagi   sub’ektiv   munosabatlarda   hamkorlikni, 
maqsad va faoliyat mazmunini shakllantirishda va erishilgan natijalarni baholashda 
birgalikda ishlashni joriy etishga e’tiborni qaratish zarurligini bildiradi.
Muammoli ta’lim. Ta’lim mazmunini muammoli tarzda taqdim qilish orqali 
ta’lim   oluvchi   faoliyatini   faollashtirish   usullaridan   biri.   Bunda   ilmiy   bilimni 
ob’ektiv   qarama-qarshiligi   va   uni   hal   etish   usullarini,   dialektik   mushohadani 
shakllantirish va rivojlantirishni, amaliy faoliyatga ularni ijodiy tarzda qo‘llashni 
mustaqil ijodiy faoliyati ta’minlaydi.
Axborotni taqdim qilishning zamonaviy vositalari va usullarini qo‘llash – 
yangi kompyuter va axborot texnologiyalarini o‘quv jarayoniga qo‘llash.
57

Keltirilgan   konseptual   yo‘riqlarga   asoslangan   holda,   «Kompyuter 
modellashtirish»   kursining   maqsadi,   tuzilmasi,   o‘quv   axborotining   mazmuni   va 
hajmidan kelib chiqqan holda, ma’lum sharoit va o‘quv rejasida o‘rnatilgan vaqt 
oralig‘ida   o‘qitishni,   kommunikatsiyani,   axborotni   va   ularni   birgalikdagi 
boshqarishni kafolatlaydigan usullari va vositalari tanlovi amalga oshirildi.
O‘qitishning   usullari   va   texnikasi.  Ma’ruza   (kirish,   mavzuga   oid, 
vizuallash),   muammoviy   usul,   keys-stadi,   pinbord,   paradokslar   va   loyihalar 
usullari, amaliy ishlash usuli.
O‘qitishni  tashkil etish  shakllari:  dialog, polilog,  muloqot  hamkorlik  va 
o‘zaro o‘rganishga asoslangan frontal, kollektiv va guruh.
O‘qitish vositalari o‘qitishning an’anaviy shakllari (darslik, ma’ruza matni) 
bilan bir qatorda – kompyuter va axborot texnologiyalari.
Kommunikatsiya   usullari:  tinlovchilar   bilan   operativ   teskari   aloqaga 
asoslangan bevosita o‘zaro munosabatlar.
Teskari aloqa usullari va vositalari: kuzatish, blits-so‘rov, oraliq va joriy va 
yakunlovchi nazorat natijalarini tahlili asosida o‘qitish diagnostikasi.
Boshqarish usullari va vositalari: o‘quv mashg‘uloti bosqichlarini belgilab 
beruvchi   texnologik   harita   ko‘rinishidagi   o‘quv   mashg‘ulotlarini   rejalashtirish, 
qo‘yilgan maqsadga erishishda o‘qituvchi va tinglovchining birgalikdagi harakati, 
nafaqat auditoriya mashg‘ulotlari, balki auditoriyadan tashqari mustaqil ishlarning 
nazorati.
Monitoring va baholash: o‘quv mashg‘ulotida, ham butun kurs davomida, 
ham   o‘qitishning   natijalarini   rejali   tarzda   kuzatib   borish.   Kurs   oxirida   test 
topshiriqlari yordamida tinglovchilarning bilimlari baholanadi.
58

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling