O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi sh. Dj. Ergashxodjaeva strategik marketing toshkent 2019
Download 0.53 Mb.
|
O
* Iste'molchi rasm. Tovar harakati va taqsimot kanallarining turlari Taqsimot oqimlari. Ko‘rib chiqilgan funksiyalarning bajarilishi ayirboshlash jarayoni qatnashchilari o‘rtasida bir-biriga qarama-qarshi tomonlarga yo‘nalgan tijoriy oqimlarning paydo bo‘lishiga olib keladi. Sotish kanalida hammasi bo‘lib besh xil turdagi oqimlarni ajratish mumkin: -egalik huquqlari oqimi: tovarlarga egalik huquqining bir tashkilotdan boshqa tashkilotlarga o‘tishi; -jismoniy oqim: tovarlarning ishlab chiqaruvchidan vositachilar orqali pirovard iste’molchiga tomon ketma-ket jismoniy ko‘chib o‘tishi; -buyurtmalar oqimi: xaridorlar va vositachilardan tushayotgan va ishlab chiqaruvchilarga yuborilayotgan buyurtmalar; -moliyaviy oqim: pirovard foydalanuvchidan vositachi va ishlab chiqaruvchilar tomon harakatlanuvchi turli to‘lovlar, schetlar va yig‘imlar; -axborot oqimi: bu oqim ikki yo‘nalishda harakatlanadi: bozor haqidagi ma’lumotlar ishlab chiqaruvchi tomonga, taklif qilinayotgan tovarlar haqidagi ma’lumotlar esa ishlab chiqaruvchi va vositachilarning tashabbusi bilan bozor tomonga harakatlanadi. Demak, sotish kanalining mavjudligi ayirboshlash ishtirokchilari o‘rtasida funksiyalar va oqimlarning taqsimlanishini ko‘zda tutadi. Tarmoqni tashkil qilishdagi hal qiluvchi masala ushbu funksiya va oqimlarning zarur yoki zarur emasligi emas, balki kanal ishtirokchilaridan qaysi biri ularni amalga oshirishidir. Funksiyalarning taqsimlanishidagi xilma-xillikni bir necha bozorlarda emas, balki bir bozor miqyosida ham kuzatish mumkin. Sotish kanalining vertikal tuzilishi Sotish kanalining tuzilishini tanlashda ayirboshlash jarayoni qatnashchi o‘rtasida majburiyatlarni taqsimlash haqidagi savolni echish orqali amalga oshiriladi. Firma nuqtai nazaridan avvalambor kimgadir sotish funksiyasining qismini topshirish mumkinmi yoki yo‘qligini hal qilish kerak, agar mumkin bo‘lmasa, qanday chegara va qanday sharoitda? Sotish kanaliga kirish mumkin bo‘lgan 4 ta vositachilar sinfi mavjud: -ulgurji savdogarlar; -chakana savdogarlar; -agentlar; -xizmat ko‘rsatish bo‘yicha tijorat kompaniyalari. Ulgurji savdogarlar vositachilar odatda sotuvda oxirgi iste’molchiga emas, balki boshqa sotuvchilarga sotish orqali amalga oshiriladi. Masalan, chakana savdogarga yoki mijozlarga - tashkilotlarga (mehmonxona, restoranlarga). Ular tayyorlovchining tovarini xarid qilib oladi, mulkchilik huquqini egallab va ular qo‘shimcha xizmatlarga qarab, hamda ularni saqlashini va uncha katta bo‘lmagan partiyalarda chakana savdogarlarga qayta sotuvni ta’minlaydi. Bog‘liq bo‘lmagan chakana savdogarlar. Chakana savdogarlar - oxirgi foydalanuvchiga o‘zlarini shaxsiy ehtiyojlarini qondirish uchun tovarlar va xizmatlarni sotadi. Bu savdogarlarni 3 guruhga bo‘lish mumkin: Keng miqyosli savdogarlar. Maxsus savdogarlar Savdogar- hunarmandlar. Xuddi shuningdek, boshqa klassifikasiyani taklif etish mumkin. Masalan, xizmat ko‘rsatish darajasiga ko‘ra (o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish yoki to‘liq xizmat ko‘rsatish) yoki foyda xarakteri bo‘yicha (kichik qo‘shimcha narxlar katta tovar aylanma yoki yuqori qo‘shimcha narxlar kichik tovar aylanma). “Kichik qo‘shimcha narxlar katta tovar aylanma” tamoyili buyicha qanoatlanuvchi chakana savdogarlar qoidaga ko‘ra narxlar bo‘yicha raqobatlashadi. “Katta qo‘shimcha narxlar kichik tovar aylanma” tamoyiliga amal qiluvchilar alohida assortimentga, savdo nuqtasi va xizmat imidjiga e’tibor qaratadi. Integrasiyalangan taqsimotda hozirgi holat uchun ulgurji va chakana savdo funksiyalarini birlashtiruvchi baquvvat sotish tizimini tashkil etish xarakterlidir. Bunday tizimlar, masalan, yirik savdo tarmog‘i (supermarket, gipermarket) yoki do‘kon tarmoqlari shaklida harakatlanishi, bunga esa yirik savdo markazlarida, ayniqsa oziq-ovqat sektorida o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish keng rivojlana boshladi. Ular menejmentni 6 qoidasiga asoslanadi: assortiment; kichik xarid narxlari; kichik savdo qo‘shimcha narxlari va kichik sotish narxi; tovarlarni siljitish; boshqarish miqyosida iqtisod qilish; to‘lovlarni katta muddatlari. Kanalning vertikal tuzilmasi ishlab chiqaruvchini pirovard foydalanuvchidan ajratib turgan bo‘g‘inlar soni bilan tavsiflanadi. Bu mezonga ko‘ra kanallar bevosita yoki bilvosita bo‘lishi mumkin. Bevosita kanalda egalik huquqini qo‘lga kirituvchi vositachi bo‘lmaydi va ishlab chiqaruvchi tovarni bevosita iste’molchi yoki pirovard foydalanuvchiga sotadi. Bilvosita kanalda bir yoki bir necha vositachi bo‘ladi. Bunday kanal ishlab chiqaruvchi bilan pirovard foydalanuvchi o‘rtasidagi vositachilar soniga qarab «uzun» yoki «qisqa» deb ataladi. Ishlab chiqaruvchi nuqtai nazaridan kanal qancha uzun bo‘lsa, uni nazorat qilish shuncha qiyin bo‘ladi. Firma odatda bir necha sotish kanallaridan foydalanadi. Bundan maqsad yo raqobatli vaziyatni, sotuvchilar o‘rtasida kurashni yuzaga keltirish yoki xaridorlar odatlari turli bo‘lgan bir necha segmentlarga chiqish bo‘ladi. Masalan, «Filips» rusumli apparatura arzonlashtirilgan tovarlar bozorida, gipermarketlarda, yirik do‘konlarda, yangilik do‘konlarida va hatto «Filips» firmasining o‘ziga qarashli chakana savdo do‘konlarida ham sotiladi. Koreyaning «Samsung Elektroniks» firmasi Rossiya bozorlarida o‘z mahsulotlarini distributorlar va tez kengayib borayotgan dilerlik tarmoqlari orqali sotar ekan, ayni paytda o‘zining firma do‘konlari, omborlari va o‘z mahsulotlariga xizmat ko‘rsatish markazlarini ham jadallik bilan tashkil qilmoqda.
Download 0.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling