O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi sog’liqni saqlash vazirligi turon zarmed universiteti


Download 125.1 Kb.
bet7/10
Sana17.10.2023
Hajmi125.1 Kb.
#1706130
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Biofizika fan dastur 2022

ORALIQ NAZORAT (ON)
Oraliq nazoratga krеdit ajratilmyadi: JBdan to‘liq krеdit to‘plamagan talaba ONga kiritilmaydi. ONda talabaning modul mavzulari bo‘yicha bilim, amaliy ko‘nikma va kompеtеntsiyalarni egallash darajasini aniqlash va baholab borish ko‘zda tutiladi. Fizika moduli bo‘yicha ON og‘zaki, test yoki yozma kabi shakllarda o‘tkazilishi mumkin. ON yozma shaklida o‘tkaziladi. Maksimal ball 100, o‘tish bali 56 ball. Oraliq nazoratda saralash (o‘tish) ballidan kam ball to‘plagan va uzrli sabablarga ko‘ra nazoratlarda qatnasha olmagan talabaga qayta topshirish uchun, navbatdagi shu nazorat turigacha, so‘nggi oraliq nazorat uchun yakuniy nazoratgacha bo‘lgan muddat bеriladi. Kasalligi sababli darslarga qatnashmagan hamda bеlgilangan muddatlarda oraliq nazoratni topshira olmagan talabalarga fakultеt dеkani farmoyishi asosida, o‘qishni boshlaganidan so‘ng ikki hafta muddatda topshirishga ruxsat bеriladi. 11 Sеmеstr yakunida modul bo‘yicha oraliq nazoratda saralash balidan kam ball to‘plagan talaba akadеmik qarzdor hisoblanadi. Akademik qarzdor bo`lgan talabalarga semestr tugaganidan keyin fakultet dekani tavsiyasiga ko‘ra belgilangan tartibda NIZOM asosida qayta o`zlashtiradi. Talabalar modul bo‘yicha mustaqil ta‘lim topshiriqlarini bajarishlari majburiy.
Modul boʼyicha talaba reytingi quyidagicha aniqlanadi:

Ball

ECTS
Baho

ECTS ning ta’rifi

Baho

Ta’rifi

86-100

A

«aʼlo» – aʼlo natija, minimal hatoliklar bilan

modul dasturining barcha boʼlimlari boʼyicha tizimli, toʼla va chuqur bilimga ega boʼlishi, zarur dalillar bilan asoslay olishi;
terminologiyadan (shu jumladan, ilmiy, xorijiy tilda ham) aniq, oʼz oʼrnida foydalanishi, savollarga javobni mantiqan toʼgʼri, stilistik savodli ravishda ifodalashi;
muammoli savollarni aniqlashi, oʼz qarashlarini ilmiy-amaliy tilda asoslab bera olishi;
modulning tayanch tushunchalarini bilishi va uni qisqa vaqt ichida ilmiy va amaliy masalalarni yechishda samarali qoʼllay olishi;
nostandart vaziyatlarda muammolarni mustaqil va ijodiy hal qila olish qobiliyatini koʼrsata olishi;
amaliy koʼnikmalarni mustaqil ravishda toʼliq bajara olishi (sifati va belgilangan soni jihatdan) va kompetentsiyalarni toʼliq egallashi;
amaliy masalalarni qisqa, asoslangan va ratsional ravishda hal etishi;
modul dasturida tavsiya etilgan asosiy va qoʼshimcha adabiyotlarni toʼliq va chuqur oʼzlashtirishi;
modul boʼyicha nazariyalar, kontseptsiyalar va yoʼnalishlar mohiyatini anglash, ularga tanqidiy baho berish va boshqa modullar ilmiy yutuqlarini qoʼllay olishi;
nazariy va amaliy mashgʼulotlarda butun semestr mobaynida ijodiy va mustaqil qatnashishi, guruhli muhokamalarda faol boʼlishi, vazifalarni bajarishda yuqori madaniyat darajasiga ega boʼlishi lozim;

5

aʼlo

81-85

B

«juda yaxshi» – oʼrtadan yuqori natija, ayrim hatoliklar bilan

modul dasturining barcha boʼlimlari boʼyicha tizimli, toʼla va chuqur bilimga ega boʼlishi, zarur dalillar bilan asoslay olishi;
terminologiyadan (shu jumladan, ilmiy, xorijiy tilda ham) aniq, oʼz oʼrnida foydalanishi, savollarga javobni mantiqan toʼgʼri, stilistik savodli ravishda ifodalashi;
oʼz fikrini isbotlashda yoki boshqa nazariy materialni bayon qilishda yuzaga kelgan noaniqliklarni mustaqil bartaraf eta olishi;
modulning tayanch tushunchalarini bilishi, qisqa vaqt ichida ilmiy va kasbiy vazifalarni qoʼyish hamda hal qilishda undan unumli foydalanishi;
standart vaziyatlarda muammolarni oʼquv dasturi doirasida mustaqil hal qila olishi;
amaliy koʼnikmalarni mustaqil ravishda toʼliq bajara olishi (sifati va belgilangan soni jihatdan) va kompetentsiyalarni toʼliq egallashi;
amaliy mashgʼulotlarda normativ-huquqiy hujjatlarni yaxshi bilishini namoyish qilishi, ushbu bilimlarni yangi vaziyatlarda toʼgʼri (lekin doim ham ratsional emas) qoʼllay olishi, bajarilgan ish natijalarini yetarli darajada rasmiylashtira olmaganligi;
modul dasturida tavsiya qilingan asosiy adabiyotlarni oʼzlashtirishi;
oʼrganilayotgan modul boʼyicha nazariyalar, kontseptsiyalar va yoʼnalishlar mohiyatini anglay olishi va ularga tanqidiy baho berishi;
nazariy va amaliy mashgʼulotlarda butun semestr mobaynida ijodiy va mustaqil qatnashishi, guruhli muhokamalarda faol boʼlishi, vazifalarni bajarishda juda yaxshi madaniyat darajasiga ega boʼlishi lozim;

4

yaxshi

71-80

C

«yaxshi» – oʼrtacha natija, sezilarli hatoliklar bilan

modul dasturining barcha boʼlimlari boʼyicha tizimli, toʼla va chuqur bilimga ega boʼlishi, zarur dalillar bilan asoslay olishi, ammo bir oz kamchiliklar bilan;
terminologiyadan (shu jumladan, ilmiy, xorijiy tilda ham) aniq, oʼz oʼrnida foydalanishi, savollarga javobni mantiqan toʼgʼri, stilistik savodli ravishda ifodalashi;
oʼz fikrini isbotlashda yoki boshqa nazariy materialni bayon qilishda yuzaga kelgan noaniqliklarni mustaqil bartaraf eta olishi;
modulning tayanch tushunchalarini bilishi, qisqa vaqt ichida ilmiy va kasbiy vazifalarni qoʼyish hamda hal qilishda undan unumli foydalanishi;
standart vaziyatlarda muammolarni oʼquv dasturi doirasida mustaqil hal qila olishi;
amaliy koʼnikmalarni mustaqil ravishda bajara olishi (sifati va belgilangan soni jihatdan) va kompetentsiyalarni egallashi, ammo bir oz kamchiliklar bilan;
amaliy mashgʼulotlarda normativ-huquqiy hujjatlarni yaxshi bilishini namoyish qilishi, ushbu bilimlarni yangi vaziyatlarda toʼgʼri (lekin doim ham ratsional emas) qoʼllay olishi, bajarilgan ish natijalarini yetarli darajada rasmiylashtira olmaganligi;
modul dasturida tavsiya qilingan asosiy adabiyotlarni oʼzlashtirishi;
oʼrganilayotgan modul boʼyicha nazariyalar, kontseptsiyalar va yoʼnalishlar mohiyatini anglay olishi va ularga tanqidiy baho berishi;
nazariy va amaliy mashgʼulotlarda butun semestr mobaynida ijodiy va mustaqil qatnashishi, guruhli muhokamalarda faol boʼlishi, vazifalarni bajarishda yaxshi darajaga ega boʼlishi lozim;

60-70

D

«qoniqarli» – sust natija, qoʼpol kamchiliklar bilan

davlat taʼlim standartlari (talablari) doirasida yetarli bilim hajmiga ega boʼlishi;
terminologiyani ishlatishi, savollarga javoblarni toʼgʼri bayon qilishi, lekin bunda ayrim xatolarga yoʼl qoʼyishi;
javob berishga yoki ayrim maxsus koʼnikmalarni namoyish qilishda qiynalganda, modul boʼyicha asosiy tushunchaga ega ekanligini namoyish etishi;
amaliy koʼnikmalarni (sifati va belgilangan soni jihatdan) mustaqil ammo hatoliklar bilan toʼliq bajara olishi;
kompetentsiyalarni mustaqil, ammo hatoliklar bilan egallashi;
modulining umumiy tushunchalari boʼyicha qisman bilimga ega boʼlishi va uni standart (namunaviy) vaziyatlarni hal etishda qoʼllay olishi;
pedagog xodim yordami bilan standart vaziyatlarni hal eta olishi;
oʼqilayotgan modul boʼyicha asosiy nazariyalar, kontseptsiyalar va yoʼnalishlar mohiyatini anglashi, ularga baho bera olishi;
nazariy va amaliy mashgʼulotlarda pedagog xodim rahbarligida qatnashishi, vazifalarni bajarishda yetarli madaniyat darajasiga ega boʼlishi lozim;

3

Qoniqarli

55-59

E

«oʼrta» – minimal natijaga teng

davlat taʼlim standartlari (talablari) doirasida qoniqarli bilim hajmiga ega boʼlishi;
terminologiyani ishlatishi, savollarga javoblarni toʼgʼri bayon qilishi, lekin bunda ayrim qoʼpol xatolarga yoʼl qoʼyishi;
javob berishga yoki ayrim maxsus koʼnikmalarni namoyish qilishda qiynalganda va hatolarga yoʼl qoʼyganda, modul boʼyicha asosiy tushunchaga ega ekanligini namoyish etishi;
amaliy koʼnikmalarni (sifati va belgilangan soni jihatdan) mustaqil emas va hatoliklar bilan toʼliq bajara olishi;
kompetentsiyalarni mustaqil emas va hatoliklar bilan egallashi;
modulining umumiy tushunchalari boʼyicha qisman bilimga ega boʼlishi va uni standart (namunaviy) vaziyatlarni hal etishda qoʼllay olishi;
pedagog xodim yordami bilan standart vaziyatlarni hal eta olishi;
oʼqilayotgan modul boʼyicha asosiy nazariyalar, kontseptsiyalar va yoʼnalishlar mohiyatini anglashi, ularga baho bera olishi;
nazariy va amaliy mashgʼulotlarda pedagog xodim rahbarligida qatnashishi, vazifalarni bajarishda yetarli madaniyat darajasiga ega boʼlishi lozim;

31-54

FX

«qoniqarsiz» – minimal darajadagi bilimlarni olish uchun qoʼshimcha mustaqil oʼzlashtirishi zarur

davlat taʼlim standartlari (talablari) doirasida faqat ayrim fragmentar bilimlarga ega boʼlsa;
ilmiy terminlarni ishlata olmasa yoki javob berishda jiddiy mantiqiy xatolarga yoʼl qoʼysa;
nazariy va amaliy mashgʼulotlarda passiv qatnashib, vazifalar bajarish madaniyatining past darajasiga ega boʼlsa;
amaliy koʼnikmalarga va kompetentsiyalarga ega boʼlmasa, oʼz xatolarini hatto pedagog xodim tavsiyalari yordamida ham toʼgʼrilay olmasa.

2

Qoniqarsiz

0-30

F

«mutloq qoniqarsiz» – toʼliq qayta oʼzlashtirishi lozim

davlat taʼlim standartlari (talablari) doirasida faqat ayrim fragmentar bilimlarga ega boʼlsa;
terminlarni ishlata olmasa yoki javob berishda jiddiy va qoʼpol mantiqiy xatolarga yoʼl qoʼysa yoki umuman javob bermasa;
nazariy va amaliy mashgʼulotlarda passiv qatnashib, vazifalar bajarish madaniyatining past darajasiga ega boʼlsa yoki umuman bajarmasa;
amaliy koʼnikmalarga va kompetentsiyalarga ega boʼlmasa, oʼz xatolarini hatto pedagog xodim tavsiyalari yordamida ham toʼgʼrilay olmasa.










Download 125.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling