O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi sog`liqni saqlash vazirligi toshkеnt farmatsеvtika instituti


Download 5.28 Mb.
Pdf просмотр
bet1/61
Sana25.03.2017
Hajmi5.28 Mb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   61

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA 

MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI   

   SOG`LIQNI SAQLASH VAZIRLIGI  

 

 

TOSHKЕNT FARMATSЕVTIKA INSTITUTI 

 

 

 

FARMAKOGNOZIYA KAFEDRASI 

 

 

FARMAKOGNOZIYA FANIDAN O’QUV-USLUBIY 

MAJMUA  

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

TOSHKENT -2016

   

 

Mazkur  o’quv-uslubiy  majmua  Oliy  va  o’rta  maxsus  ta'lim  vazirligining 



2016  yil  6  aprеlidagi  137-sonli  buyrug’i  bilan  tasdiqlangan  o’quv  rеja  va  dastur 

asosida tayyorlandi. 



 

 

 

 

Tuzuvchilar:  

Urmanova F.F. - farmakognoziya kafеdrasi mudiri, farmatsеvtika fanlari  doktori,  

profеssor 

Xodjayeva M.A. - farmakognoziya kafеdrasi dotsenti, farmatsеvtika fanlari  

nomzodi, dosent 

Pulatova D.Q. -  farmakognoziya kafеdrasi dotsenti, farmatsеvtika fanlari  

                           nomzodi, dosent                  

Mullajonova M.T. - farmakognoziya kafеdrasi dotsenti, farmatsеvtika fanlari  

nomzodi, dosent 

 

 



 

Taqrizchilar: 

Yuldashev  Z.A.        -  Toshkеnt    farmatsеvtika  instituti    toksikologik,  organik  va         

biologik    kimyo    kafеdrasi  mudiri,    farmatsevtika  fanlari 

doktori, profеssor 

Do'stmatov A.F.    -  O’zR SSV  qoshidagi  Farmakopeya  qo’mitasi  raisi,   

                                      farmatsevtika fanlari doktori   

 

 

 



 

 

 



 

O’quv-uslubiy majmua Toshkent farmatsevtika instituti soha uslubiy kеngashining 

da  2016 yil   “ 15 ” iyundagi  15-sonli qarori bilan nashrga tavsiya qilingan .    

 

 Soha uslibiy kengash raisi: ________________Tojiev M.A. 



 

 

 



O’quv-uslubiy majmua MUK da ko’rib chiqildi va tasdiqlandi.    

“     ”    iyundagi  2016 yil        -sonli bayonnomasi. 

 

Kelishilda: Markaziy  uslibiy kengash raisi   _______________ Aliev S.U. 



 

 

 



MUNDARIJA 



 

I.

 



ISHCHI DASTURLAR............................................................................................  

II.


 

SILLABUS................................................................................................................ 

  4 

 76 


III.  MODULNI  O‘QITISHDA  FOYDALANILADIGAN  INTER-FAOL  TA’LIM 

METODLARI................................................................................................................           

 

 79 


IV. NAZARIY MASHG‘ULOT MATERIALLAR….................................................. 

93 


V. AMALIY MASHG‘ULOT MATERIALLARI…..……………………………….. 

359 


VI. KEYSLAR BANKI……………………………..……………..…………………. 

471 


VII. MUSTAQIL TA’LIM MAVZULARI………………….......……........................  

VIII.TESTLAR………………………………………………………………………. 

         TESTLAR BANKI ILOVA QILINADI 

474 


475 

IX. GLOSSARIY…...………………………………………..........…………………. 

476 

X. ADABIYOTLAR  RO‘YXATI…………………………........................................ 



483 

 

 



 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

I.  FARMATSIYA VA KASB TA’LIMI YO’NALISHI UCHU ISHCHI  DASTUR



 

Kirish 

 

Ilm fanni rivojlanishi, sanoat soxasida erishilayotgan katta yutuqlar va uning o’sib borishi  



aholini  ko’proq  o’simlik  olamiga  ehtiyojini  va  qiziqishini  oshib  borishiga  sabab  bo’lmoqda. 

Dorivor o’simliklarga va ulardan olinadigan prеparatlarga tibbiyotda kеlajakda talabni  yanada 

oshirishga asosiy sabablardan biri sintеz yo’li bilan olingan har bir kimyoviy dorivor prеparatni 

uzoq  vaqt  uzluksiz  ravishda  istе'mol  qilish  inson    organizmida  turli  ko’ngilsiz  va  nohush 

o’zgarishlarga  olib  kеlishidir.  Bu  esa  o’z  navbatida  dorivor  o’simliklarni  ahamiyatini  yanada 

oshishiga olib kеladi, jumladan dorivor o’simliklar orasida istiqbolli dorivor  turlarini aniqlash, 

yangi o;simliklarni har tomomnlama va chuqur o’rganish, dorivor o’simliklarni muxofaza qilish 

va ularni rеsurslaridan oqilona foydalanish alohida ahmiyat kasb etadi. 

O’zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  2015  yil  20  aprеldagi  “Dorivor 

o`simliklar asosidagi dori vositalarini va biologik faol qo’shimchslarini mahalliy korxonalarda 

ishlab  chiqarishni  rivojlantirish  chora  tadbirlari  to’g’risida”gi    32-sonli    yig’ilish  bayonida 

belgilangan  vazifalarni  ijrosini  taminlash  borasida  rеspublikamizda  dorivor  o’simliklar 

soxasidagi izlanishlar va isloxatlarga alohida e'tibor bеrilmoqda. Shuning uchun xozirgi kunda 

maxalliy  o’simlik  mahsulotlari  asosida  dori  vositalarini  ishlab  chiqish  va  tibbiyot  amaliyotiga 

tadbiq etish farmasevtika sohasini ustivor vazifarardan bir hisoblanadi.  

Farmakognoziya  fani  aynan  dorivor  o`simliklar,  o`simlik  mahsulotlari,  qisman 

xayvonlardan  olinadigan  mahsulotlar  hamda  shu  dorivor  mahsulotlarni  biologik  faol  moddalari 

va ularni taxlilini o`rganadigan fandir. 

Farmakognoziya  fani  mutaxasislovchi  fan  sifatida    bo`lajak  farmatsеvtlarga  ularning  ish 

faoliyati  uchun  zarur  bo`lgan  bilimlarni  bеrib,  ulardan  tabiatda  o`suvchi  dorivor  o`simliklarni 

topish  va  aniqlay  olishni,  dorivor  o`simlik  mahsulotlarini  yig`ish  vaqti,  quritish  va  saqlashning 

tеjamli  usullarini  bilish  hamda  mahsulotlarni  farmakognostik  taxlilining  turli  usullaridan 

foydalanib taxlil qila bilishni talab etadi. 

Farmakognoziya  fanini  o’qitishda  nafaqat  mahalliy  balki  xorijiy  manbalardan  jumladan 

Jaxon  Sogliqni  saqlash  tashkiloti  tomonidan  tavsiya  etilgan    Vilyam  CHarlz  Evans  (William 

Charles  Evans).Farmakognoziya.  –  Xalqaro  nashr:  Edinburg,    London  Nyu–  York,  Filadelfiya,  

Sidney,  Toronto  (16  nashr).-  London(Birlashgan  Qirollik):Saunders  Elsevier  Limited,  2009. 

adabiyotidan foydalanish ko’zda tutilgan.  

 

 

Fanning maqsadi va vazifalari 



 

Farmakognoziya fanining o’z oldiga qo’ygan asosiy maqsadi quyidagilardan iborat:  

 

Fitoprеparatlar  yaratish  uchun  zarur  bo’lgan  biologik  faol  moddalar  hamda  dori  turlari 



tayyorlash  manbai  sifatida  dorivor  o’simliklarni  o’rganish.  Shu  maqsadda  ularning 

kimyoviy  tarkibi  tеkshiriladi  hamda  asosiy  ta'sir  etuvchi  biologik  faol  moddalar 

yig’iladigan organlari va vaqti aniqlanadi. 

 

Tabiiy  sharoitda  yo’qolib  kеtish  xavfi  bo’lgan  va  kamayib  kеtayotgan  muhim  dorivor 



o’simliklarni  muhofaza  qilish  maqsadida  ularni  asrab  qolish  va  plantatsiyalarda  o’stirish 

tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish.  

 

Rеspublikamizda  yovvoyi  holda  o’sadigan  dorivor  o’simliklardan  oqilona  foydalanish 



maqsadida  ularni  ko’plab  o’sadigan  joylarini  izlab  topib,  xaritaga  tushirish,  zahirasini 

aniqash,  yillik  yig’ish  miqdorini  rеjalash  hamda  dorivor  mahsulotni  yig’ish,  quritish, 

saqlash va transportda jo’natish tadbirlarini ishlab chiqish. 

 

Dorivor  mahsulotlarga  mе'yoriy-  hujjatlarni  (MX)  tuzish.  Buning  uchun  dorivor 



mahsulotlarning  chinligini,  sifati  hamda  biologik  faol  moddalarini  aniqlash  usullarini 

mukammallashtirish, qayta ko’rib chiqish yoki yangi usullar yaratish. 



 

 



Fitoprеparatlar  va  dorivor  o’simliklar  xazinasini  boyitish  maqsadida  yangi  dorivor 

o’simliklar  izlab  topish  va  yangi,  samarali  fitoprеparatlar  yaratish.  Shu  maqsadda  xalq 

orasida  va  an'anaviy  tabobatda  ishlatiladigan  dorivor  o’simliklarni  hamda  tibbiyotda 

ishlatiladigan dorivor o’simliklarning boshqa turlarini o’rganishni tashkil qilish. 



 

Fan bo`yicha talabalarning malakasiga qo`yiladigan talablar 

      


“Farmakognoziya” fanini o’zlashtirish jarayonida  talabalar:  

-

 



farmakognoziyaning  asosiy  tushunchalari,  uning  maqsad  va  vazifalari,    rivojlanish 

bosqichlari, dorivor o‘simliklar soxasidagi ilmiy tekshirishlarning asosiy yo‘nalishlari; 

-

 

O‘zbekiston dorivor o‘simliklar xom ashyosi  bazasi; dorivor o‘simlik mahsulotlari  va 



qisman hayvonlardan olingan dori vositalari nomenklaturasi va tasnifi; 

-

 



dorivor o‘simlik mahsulotlarini tayyorlash asoslari; 

-

 



dorivor  o‘simliklarning  kimyoviy  tarkibi  va  uning  ontogenezda  hamda  tashqi  omillar 

ta’sirida o‘zgarishi; 

-

 

dorivor  o‘simlik  mahsulotlarini  amaldagi  MX  asosida  qabul  qilish  va  taxlildan 



o‘tkazish tartibi; 

-

 



dorivor  o‘simliklar  hamda  o‘simlik  va  qisman  xayvonlardan  olingan  dori  vositalaring 

tibbiyot amaliyotida qo‘llanilishi to‘g‘risida asosiy ma’lumotlar  haqida tasavvurga ega bo‘lishi;   

-

 

 dorivor o‘simliklarni morfologik   belgilari bo‘yicha aniqlash; 



-

 

dorivor o‘simlik mahsulotlarini makro-, mikroskopik va kimyoviy taxlil usullari; 



-

 

amaldagi  MX  asosida  dorivor  o‘simlik  mahsulotlarini  qabul  qilish  va  ularning  sifatini 



aniqlash uchun tovarshunoslik taxlil usullari; 

-

 



dorivor  o‘simlik  mahsulotlarini  butun,  maydalangan,  kukun  xolida  aniqlash, 

shuningdek  dorivor  o‘simlik  briketlari,  yig‘malarni  taxlil  qilish  usullarini  bilishi  va  ulardan 



foydalana olishi

-

 



dorivor o‘simlik mahsulotlarini tayyorlashni uyushtirish; 

-

 



dorivor  mahsulotlar  tarkibidagi  asosiy  ta’sir  etuvchi  moddalar  (polisaxaridlar, 

vitaminlar,  efir  moylari,  iridoidlar,  alkaloidlar,  yurak  glikozidlari,  saponinlar,  oddiy  fenollar  va 

ularning  glikozidlari,  antratsen  unumlari,  oshlovchi  moddalar,    flavonoidlar,  kumarinlar,  yog‘, 

yog‘simon moddalar va boshqalar) ni sifat va miqdoriy taxlilini o‘tkazish;   

-

 

dorivor  o‘simlik  mahsulotlarini  qabul  qilish  va  ularning  sifatini  belgilovchi 



ko‘rsatkichlarini  amaldagi MX talablariga muvofiq aniqlash ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak. 

 

O’quv rеjadagi boshqa fanlar bilan  bog’liqligi 



 

1.   Filosofiya 

Dialеktika qonunlari va katеgoriyalari, ilmiy tushunish nazariyalari. 



2.   Botanika 

Fotosintеz xaqida tushuncha. 

Botanik mikrotеxnika asoslari. 

O’simlik ayrim qismlarining morfologiyasi. 

O’simlik xamma qismlarini mikroskopik tuzilishi. 

Uglеvodlar  (kraxmal,  inulin)ga,  yog’lar  va  efir  moylariga  xamda  yog’ochlangan  elеmеntlarga 

xos mikrokimyoviy rеaktsiyalar. 

Sistеmatika bo’yicha – asosiy oilalarga xos bo’lgan morfologik bеlgilar. 



3. Biologik  kimyo 

Vitaminlar bo’limi. 



4. Organik kimyo 

Quyidagi  organik  birikmalarni  kimyoviy  tuzilishi  va  xossalari,  ularni  taxlil  qilish  usullari  va 

ularga xos rеaktsiyalar: 


 

 



To’yingan va to’yinmagan uglеvodlar, poliеnlar. 

 

 Kislorod  saqlovchi  birikmalar  –  spirtlar,  aldеgidlar  va  kеtonlar,  fеnollar,  karbon  kislotalar; 



oddiy  va  murakkab  efirlar,  yog’lar  va  moylar;  oksikislotalar  -  ritsinol  kislota;  oksiaromatik 

kislotalar (fеnolkislotalar) - galla, digalla, dolchin, kumar, fеrul va boshqa kislotalar; uglеvodlar 

—  mono-di  va  oligosaxaridlar,  yuqori  poliozlar  -  kraxmal,  dеkstrin,  inulin,  pеktin  moddalar, 

o’simlik еlimi va shilliq moddalari, uron kislotalar. 

 

Siklopropan - prostaglandinlar xaqida tushuncha. 



 

Tеrpеn va tеrpеnoidlar. 

 

Yurak glikozidlar va saponinlar. 



 

Antraxinon va uning xosilalari: xrizatsin, alizarin, emodinlar. 

 

Olti  a'zoli  gеtеrotsikllar-piran,  pironlar,  bеnzopironlar,  xromon,    flavon,  kumarin  va  ularning 



xosilalari. 

 

Gеtеrotsiklik birikmalar: alkaloidlar va boshqalar. 



 5. Analitik kimyo 

 

Sifat  tahlili  bo’limi  bo’yicha:  asosiy  funktsional  gruppalar  saqlovchi  organik  birikmalarni 



aniqlash:  gidroksil,  karbonil,  karboksil,  atsil  va  boshqalar.  Organik  birikmalar  aralashmalarini 

ajratish usullari. 

 

Miqdoriy  tahlil  bo’limi bo’yicha: kislota — ishqor titrlash usuli (nеytrallash); 



oksidlanish-qaytarilish  titrlash  usullari  (oksidlanish  -  qaytarilish);  asboblar  yordamida 

bajariladigan  miqdoriy  tahlil  usullari:  polyarimеtriya,  rеfraktomеtriya,  kolorimеtriya,  foto-

elеktrokolorimеtriya,  spеktrofotomеtriya  (ko’rinuvchi  ultrabinafsha  va  infraqizil  spеktor 

oblastlarida),  nеfеlomеtriya,  fluorimеtriya,    atom-adsrobtsion  spеktoroskopiya  optic,   

xromatografik  usullari  va  ularni  o’simlik  moddalarini  miqdoriy  taxlilida  ishlatilishi: 

ionalmashinish, qog’oz, yupqa qavatli va kolonkali xromatografiya, gaz, gaz - suyuqlik va suyuq 

xromatografiyalari;  Mass-spеktromеtriya,  IK,  UB  va  YaMR-spеktroskopiyalar  xaqida 

tushuncha. 



6. Fizika. 

 

Aniq tortish. 



 

Piknomеtr yordamida suyuqlik zichligini aniqlash. 

 

Ostvald viskozimеtri yordamida suyuqlik yopishqoqligini aniqlash. 



 

Moddalarning gigroskopikligi. Namlik va quritish. 

 

Optik  asboblar  va  ularning  ishlatilishi.  Bugеrt–Lambеrt-Bеr  qonuni.  Rеfraktomеtriya, 



polyarimеtriya, kolorimеtriya, nеfеlomеtriya, fluorimеtriya, lyuminеstsеnt taxlil. 

 

UB - va IQ - spеktrlari yordamida spеktral taxlil 



7. Farmatsеvtik kimyo 

O’simliklardan      olinadigan      dorivor      moddalar      va      prеparatlar  xossalarini  o’rganuvchi  va 

tahlil  qiluvchi bo’limlar: 

 

Tеrpеnoidlar. 



 

Alkaloidlar. 

 

Glikozidlar. 



 

Vitaminlar: askorbin kislota, rutin 



8. Dorilar tеxnologiyasi 

Dorivor  o’simlik  va xayvon  mahsulotlaridan  olinadigan  prеparatlar  va  dori  turlarini  tayyorlash 

tеxnologiyasini o’rganuvchi bo’limlar: 

 

Damlama va qaynatmalar. Shilliq eritmalar. 



 

Nastoyka va ekstraktlar. 

 

Xushbo’y suvlar va siroplar. 



 

Novogalеn prеparatlar. 

 

Tibbiyot moylari. 



 

Biogеn stimulyator prеparatlari. 



9. Mikrobiologiya 

 

O’simlik antibiotiklari xaqida tushuncha, ayniqsa gulli o’simliklar antibiotiklari - fiton- tsidlar va 



ular asosida olinadigan dorivor prеparatlar.  

10. Lotin tili 

Dorivor o’simlik, oilasi  va dorivor  mahsulotlarini lotin tilida to’g’ri nomlay bilish va yozish. 

 

Fanni o`qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar 

 

O`quv  jarayoni  bilan  bog`liq  ta`lim  sifatini  belgilovchi  holatlar  quydagilar:  yuqori  ilmiy- 

pedagogik  darajada  dars  berish,  muammoli  ma`ruzalar  o`qish,  darslarni  savol  -  javob  tarzida 

qiziqarli tashkil qilish, ilg`or pedagogik   texnologiyalar va multimedia vositalaridan foydalanish, 

tinglovchilarni  undaydigan,  o`ylantiradigan  muammolarni  ular  oldiga  quyish,  talabchanlik, 

tinglovchilar bilan individual ishlash, erkin muloqot yuritishga, ilmiy izlanishga jalb qilish. 

 

“Farmakognoziya” kursini loyihalashtirishda quydagi asosiy konseptual yondashuvlardan 



foydalaniladi: 

Shaxsga  yo`naltirilgan  ta`lim.  Bu  talim  o`z  mohiyatiga  ko`ra  talim  jarayoning  barcha 

ishtirokchilarini 

to`laqonli 

rivojlantirishni 

ko`zda 

tutadi. 


Bu 

esa 


ta`limni 

loyihalashtirilayotganda,  albatta  ma`lum  bir  ta`lim  oluvchining  shaxsini  emas,  avvalo, 

kelgusidagi  mutahasislik  faoliyati  bilan  bog`liq  o`qish  maqsadlaridan  kelib  chiqqan  holda 

yondoshilishni nazarda tutadi. 

 

Tizimli  yondashuv.  Ta`lim  tehnologiyasi  tizimning  barcha  belgilarini  o`zida  mujassam 

etmog`I  lozim:  jarayonning  mantiqiyligini,  uning  barcha  bo`g`inlarini  uzaro  bog`langanligi 

yahlitligi. 

 

Faoliyatga  yunaltirilgan  yondashuv.  Shaxsning  jarayonli  sifatlarini  shahkllantirishga 

ta`lim  oluvching  faoliyatini  aktivlashtirish  va  intinsevlashtirish,  o`quv  jarayonida  uning  barcha 

qobiliyatlari va imkoniyatlari, tashabbuskorligini ochishga yunaltirilgan ta`limni ifodalaydi. 

 

Dialogik  yondashuv.  Bu  yondashuv  o`quv  munosabatlarini  yaratish  zaruriyatini 

bildiradi. Uning natijasida shaxsning o`z – o`zini faollashtirishi va o`z- o`zini ko`rsata olish kabi 

ijodiy faoliyati kuchayadi. 

 

 Hamkorlikdagi  ta`limni  tashkil  etish.  Demokratik  tenglik,  ta`lim  beruvchi  va  ta`lim 

oluvchi  faoliyat  mazmunini  shakllantirishda  va  erishilgan  natijalarni  baholashda  birgalikda 

ishlashni joriy etishga e`tiborni qaratish zarurligini bildiradi. 

 

Muammoli  ta`lim.  Ta`lim  mazmunini  muammoli  tarzda  taqdim  qilish  orqali  ta`lim 

oluvchi  faoliyatini  aktivlashtirish  usullaridan  biri.  Bunda  ilmiy  bilimni  obektiv  qarama  – 

qarshiligi  va  uni  hal  etish  usullarini,  dialektik  mushohadani  shakllantirish  va  rivojlantirishni, 

amaliy faoliyatga ularni ijodiy tarzda qo`llashni mustaqil ijodiy faoliyati ta`minlanadi. 

 

Axborotni  taqdim  qilishni  zamonaviy  vositalari  va  usullarini  qo`llash  -  yangi 

kompyuter va axborot tehnologiyalarni o`quv jarayoniga qo`llash. 

 

O`qitishning  usullari  va  texnikasi.  Ma`ruza  (kirish,  mavzuga  oid,  vizuallash), 

muammoli ta`lim, keys-stadi, pinbord, paradoks  va loyihalash usullari, amaliy ishlar. 

 

 O`qitishni  tashkil  etish  shakllari.  Diologik,  polilok,  muloqot  hamkorlik  va  o`zaro 

hamkorlikka asoslangan frontal, kollektiv va guruh. 

 

O`qitish  vositalari.  O`qitishning  ananaviy  shakllari  (darslik,  ma`ruza  matni)  bilan  bir 

qatorda- kompyuter va axborot texnologiyalari. 

 

Kommunikatsiya  usullari.  Tinglovchilar  bilan  operativ  teskari  aloqaga  asoslangan 

bevosita o`zaro munosabatlar. 

 

Teskari aloqa usullari va vositalari: kuzatish, blist-so’rov, oraliq va joriy, yakunlovchi 

nazorat natijalarini tahlili asosida o`qitish diagnostikasi. 

 

Boshqarish  usullari  va  vositalari.  O`quv  mashg`uloti  bosqichlarini  belgilab  beruvchi 

texnologik  karta  ko’rinishidagi  o`quv  mashg`ulotlarini  rejalashtirish,  qo’yilgan  maqsadga 

erishishda o`qituvchi va tenglovchining birgalikdagi harakati, nafaqat auditoriya mashg`ulotlari- 

balki auditoriyadan tashqari mustaqil ishlarning nazoratlari. 



 

 



 Monitoring  va  baholash.  O`quv  mashg`ulotida  ham  butun  kurs  davomida  xam 

o`qitishning  natijalarini  rejali  tarzda  kuzatib  borish.  Kurs  oxirida  test  topshiriqlari  yoki  yozma 

ish variantlari yordamida tinglovchilarning bilimlari baholanadi .  

“Farmakognoziya” fanini o`qitish jarayonida kompyuter tehnologiyasidan, “Stat” statistic 

dasturlar  foydalaniladi.  Ayrim  mavzular  bo`yicha  talabalar  bilimini  baholash  test  asosida  va 

kompyuter yordamida bajariladi. “Internet” tarmog`idagi ma’lumotlardan foydalaniladi, tarqatma 

materiallar  tayyorlanadi,  test  tizimi  hamda  tayanch  so`z  va  iboralar  asosida  oraliq  va  yakuniy 

nazoratlar o`tkaziladi.  



 

Farmakognoziya  fanidan mashg’lotlarning mavzular va soatlar bo’yicha 

taqsimlanishi 

 

t/r 

Mavzular nomi 

Jami soat 

Ma’ruza 

Laboratoriya 

mashg’lotlari 

Mustaqil 

ta’lim  

Far

m

 

 

k

asb

 

ta’

li

m



Far

m

 

 

k

asb

 

ta’

li

m

1. 


Farmakognoziyaga 

kirish. Farmakognoziyani 

ilmda va fanda tutgan 

o`rni. Fanni 

mеtodologiyasini asosiy 

tushunchasi va tеkshirish 

usullari, uning hozirgi 

davrdagi vazifalari. 

Dorivor o`simliklar 

mahsulotlarini 

standartlash. 

Farmakognostik analiz 

qilish usullari. 

26 


23 

 



12 

 

12 



2. 


Tibbiyotning ananaviy 

tizimlardagi o’simliklar. 

Sharq, Osiyo, Xitoy, 

Evropa va Afrika 

ananaviy tibbiyot 

tizimlaridagi dorivor 

o’simliklar . 



 

 



 

3. 


Dorivor o’simlik 

mahsulotlarini qabul 

qilish va mе'yoriy 

hujjatlar asosida tahlil 

qilish.  

MX tuzish, kеlishib olish, 

tasdiqlash tartibi, 

ularning katеgoriyalari, 

tuzilishi. D.O`.larning 

sifatiga qo`yiladigan 

talablar, mahsulotni 

sifatli bo`lishidagi roli.  

10 







4. 

Tarkibida polisaxaridlar 

bo’lgan dorivor 

12 


11 





 

o’simliklar va 



mahsulotlar.  

5. 


Tarkibida vitaminlar  

bo’lgan dorivor 

o’simliklar va 

mahsulotlar. 

20 

18 




6. 


O’tilgan mavzular 

bo’yicha noma’lum 

o’simlik va gerbariylarni 

o’rganish yuzasidan 

oraliq    nazorati 

10 


10 

 



7. 



Tarkibida tеrpеnoidlar 

bo’lgan dorivor 

o’simliklar va 

mahsulotlar.  

29 

26 


12 


8. 



Glikozidlar to’g’risida 

tushuncha va ularning 

tasnifi.  

Tarkibida iridoidlar 

(achchiq glikozidlar) 

bo’lgan dorivor 

o’simliklar va 

mahsulotlar.  







9. 

O’tilgan mavzular 

bo’yicha noma’lum 

o’simlik va gerbariylarni 

o’rganish yuzasidan 

nazorat    ishi 

10 



 





10.  Tarkibida alkaloidlar 

bo’lgan dorivor 

o’simliklar va 

mahsulotlar.  

40 

40 


16 


16 

16 


11.  O’tilgan mavzular 

bo’yicha noma’lum 

o’simlik va gerbariylarni 

o’rganish yuzasidan 

oraliq    nazorati 

10 


10 

 



12.  Tarkibida yurak 



glikozidlar bo’lgan 

dorivor o’simliklar va 

mahsulotlar.  

13 


12 



13.  Tarkibida saponinlar 



bo`lgan dorivor 

o’simliklar va 

mahsulotlar. 

13 


13 



14.  O’tilgan mavzular 



bo’yicha noma’lum 

o’simlik va gerbariylarni 

o’rganish yuzasidan 

nazorat    ishi 



 





15.  Tarkibida  oddiy fenollar, 

fеnologlikozidlar va 

11 

10 






 

10 


lignanlar bo`lgan  dorivor 

o`simliklar va 

mahsulotlar. 

16. 


 

Tarkibida antratsеn 

unumlari bo`lgan dorivor 

o`simliklar va 

mahsulotlar. 

20 


18 



17.  Tarkibida oshlovchi 



moddalar bo`lgan dorivor 

o`simliklar va 

mahsulotlar. 

20 


20 



18.  O’tilgan mavzular 



bo’yicha noma’lum 

o’simlik va gerbariylarni 

o’rganish yuzasidan 

oraliq    nazorati 



 





19.  Tarkibida flavonoidlar 

bo`lgan dorivor 

o`simliklar va 

mahsulotlar. 

33 

27 


12 


15 

20.  Tarkibida kumarinlar va 



xromonlar bo’lgan 

dorivor o`simlik va 

mahsulotlar.  

11 


10 



21.  Tarkibida turli  biologik 



faol moddalar va 

tioglikozidlar, 

sianoglikozidlar 

saqlovchi dorivor 

o’simlik va mahsulotlar.   

10 


10 



22.  Maydalangan mahsulot 



tahlili.  

Dorivor yig’malar va 

choylar. 





23.  Yog`, yog`simon 

moddalar bo`lgan dorivor 

o`simliklar va 

mahsulotlar.  

14 


14 



24. 



Dorivor  bo’lmagan 

zaxarli  o’simliklar  va 

pestitsidlar 

Galutsenogen, 

allergen, 

teratogen 

va 

boshqa 


zaxarli 

o’simliklar. 

Tabbiy pestisidlar. 



 

 



 

25.  Hayvonlardan olinadigan 

dorivor  mahsulotlar. 



 

 



 

26.  O’tilgan mavzular 

bo’yicha noma’lum 

o’simlik va gerbariylarni 

o’rganish yuzasidan 

oraliq    nazorati 



 





 

11 


27.  Kurs ishlarining 

himoyasi 



 



 

 



 

Jami 


364 

343 


72 

144 


148 

127 


Каталог: library -> books -> majmua obshiy -> fkg
fkg -> Toshkent farmatsevtika instituti farmakognoziya kafedrasi "botanika" fanidan o
majmua obshiy -> Toshkent farmatsevtika instituti ijtimoiy fanlar kafedrasi t
majmua obshiy -> Toshkent farmatsevtika instituti farmakologiya va klinik farmatsiya
majmua obshiy -> Toshkent farmasevtika instituti farmakologiya va klinik farmatsiya kafedrasi
majmua obshiy -> “Fizika, matematika va axborot texnologiyalari” kafedrasi
fkg -> Toshkent farmatsevtika instituti farmakognoziya kafedrasi "botanika" fanidan o
fkg -> O`zbеkiston rеspublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi sog`liqni saqlash vazirligi toshkеnt farmatsеvtika instituti
fkg -> O’zbеkiston Rеspublikasi Soqliqni Saqlash Vazirligi Toshkеnt farmatsеvtika instituti Farmakognoziya kafеdrasi


Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   61


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling