O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi termiz davlat universiteti
Download 4.35 Mb.
|
Axborot texnologiyalari Yangi Majmua
Grafik tasvir (graphic) - bitta kadrdar va bitta yoki bir nechta qatlamlardan iborat belgi. Aktiv tugma (button) - to’rtta kadrdan (Up, Over, Down, Hit) va bitta yoki bir nechta qatlamlardan iborat belgi. Up - tugma oddiy ko’rinishi, Over - sichqoncha kursori tugmaga ko’rsatib turgan ko’rinishi, Down - sichqoncha kursori tugmaga ko’rsatib bosilib tugran ko’rinishi, Hit - tugma aktivlashish sohaning ko’rinishi. Animatsiyalashgan klip (movie clip) - cheklanmagan kadrdar va qatlamlardan iborat belgi. Ushbu belgi o’z ichiga bir nechta boshqa belgilarni (grafik tasvirlar, aktiv tugmalar va boshqa animasion kliplarni) olishi mumkin. 3.1-rasm.
Belgilar kutubxonasi (Biblioteka - Library) - xar hil turdagi belgilar bilan ishlash uchun Flash ning maxsus oynasi. Uni ekranga chiqarish uchun Ctrl+L yoki F11 yoki Окно menyusining Библиотека (Window Library) buyrug’ini tanlashimiz kerak. Ushbu oyna orqali biz barcha belgilarni ko’rishimiz, ularni tahrirlashimiz, yangi yaratishimiz va o’chirishimiz, hamda ularni kadrlar qo’shishimiz mumkin. Animatsiya (Animatsiya - Animation) - Flash dasturning asosiy harakatlari. Animatsiya 2 hil bo’ladi: kadrli (покадровое создание) va avtomatik (автоматическое создание промежуточнбих кадров). Kadrli animatsiya faqat boshqaruv kadrlardan iborat. Macromedia Flash dasturining ish qurollar sohasi. Dasturning yana bir asosiy ish sohalaridan biri bu - ish qurollar tugmalar sohasi. U yordamida biz xar hil grafik shakllarni yaratishimiz va ular ustidan xar hil amallarni bajarishimiz mumkin bo’ladi. Ushbu sohada ish qurol tugmalari pastida y - chiziqlar rangini va orqa rangini o’zgartirish sohalari, hamda tanlangan ish qurol xususiyatlarini sozlash sohasi joylashgan. Xar bitta ish quroli o’zining imkoniyatlariga, holatlariga va xususiyatlariga ega. Masalan rangni shakl ichiga berishda: to’liq cheklangan shakl, to’liq cheklanmagan shakl va butunlay cheklanmagan shakl holatida ishlash mumkin. Ushbu qo’shimcha holatlar va xususiyatlar tugma ma’nosidan keyin qavslarda ko’rsatilgan. Download 4.35 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling