information ageing
|
старение информации
|
Axborotning vaqt o‘tishi bilan o‘zining amaliy qiymatini yo‘qotish xususiyati. U ushbu axborot aks ettiruvchi fan sohasi ahvolining o‘zgarishiga bog‘liq.
|
axborot foydalanuvchisi
|
information user
|
пользователь информации
|
1. Axborotni yoki unga ishlov berish imkonini oluvchi subyekt.
2. Axborot tizimi yoki vositachiga kerakli
axborot olish uchun murojaat qiluvchi yoki
undan foydalanuvchi subyekt.
|
axborot huquqi
|
information law
|
информационное право
|
1.Huquq subyektlarining axborot sohasidagi faoliyatini tartibga soluvchi jami huquqiy me’yorlar.
2. Axborot sohasida (ishlab chiqarish, axborotni o‘zgartirish va iste’mol qilish sohasida) paydo bo‘luvchi, davlat tomonidan muhofaza qilinuvchi ijtimoiy me’yorlar va munosabatlar tizimi. Bu yerda huquqiy rostlashning asosiy predmetlari – bu axborot jarayonlarini (axborotni yaratish, yig‘ish, ishlov berish,
to‘plash, saqlash, izlash, tarqatish va iste’mol qilish) amalga oshirishda paydo bo‘luvchi axborot munosabatlari.
|
axborot egasi
|
ingl.: information owner
|
rus.: владелец информации
|
1. Qonun va/yoki axborot egasi tomonidan belgilangan huquqlar doirasida axborotga ega bo‘lgan va undan foydalanayotgan hamda foydalanish vakolatlarini amalga oshirayotgan subyekt.
2. Axborot uzatishni va tarqatishni, yaratilgan axborotni iste’molchiga eltib berishni ta’minlaydigan alohida huquqlarni qo‘lga kiritgan shaxs yoki shaxslar.
3. Axborot ishlab chiqaruvchilari va
iste’molchilari orasidagi vositachi.
|
axborot ehtiyojlari
|
ingl.: information needs
|
rus.: информационные потребности
|
Nomoddiy ehtiyojlar turi. Aniq vazifani bajarish yoki muayyan maqsadga erishish
uchun zarur bo‘lgan axborotga ehtiyoj.
|
axborot jamiyati
|
ingl.: information society, information oriented
society
|
rus.: информационное общество
|
1. Zamonaviy sivilizatsiya taraqqiyoti bosqichi. U jamiyat hayotida axborot va bilimlar roli o‘sishi, axborot ommunikatsi, axborot mahsuloti va xizmatlarining yalpi ichki mahsulot (YAIM) dagi ulushi ortishi,
insonlarning samarali axboriy aloqada o‘zaro ishlashini ta’minlovchi global axborot makonining yaratilishi, ularning jahon axborot resurslaridan foydalanishi hamda axborot mahsulotlari va izmatlariga bo‘lgan ijtimoiy hamda shaxsiy ehtiyojlarini qondirishni ta’minlash darajasi bilan tavsiflanadi.
|
axborot iste’molchisi
|
ingl.: information consumer
|
rus.: потребитель информации
|
O‘z ehtiyojlarini qondirish (bilimlarni oshirish, ta’lim olish, qarorlarni qabul qilish va h.k.) maqsadida axborotga muhtoj, uni izlovchi va oluvchi shaxs yoki shaxslar.
|
axborot izlash
|
|