O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi termiz davlat universiteti
Download 4.35 Mb.
|
Axborot texnologiyalari Yangi Majmua
Временные файлы Интернета parametri internetdan yuklanishni tezlatadigan vaqtincha fayllarni qattiq diskda saqlanish muddatini aniqlaydi. (Bu fayllar web-sahifalarni qayta yuklaganda ishlatiladi. Unda brauzer ularni internetdan emas qattiq diskdan chaqiradi va jarayon tezlashadi. (Vaqtincha fayllar papkasi shunday qilib diskning kesh-xotirasini hosil qiladi).
Jurnal sohasida yuklangan WEB-sahifalarning manzillarini qancha saqlanishini belgilanadi. WEB-sahifalarni aks ettirilganidagi shrift va ranglarni belgilash uchun quyida joylashgan tugmalardan foydalanamiz. Amalda Web 2.0 veb-saytlarning axborotni to’siq yig’uvchilaridan bog’langan dasturiy platformalarga o’tish deb tushiniladi va foydalanuvchilar uchun barcha amallar uning kompyuterida bajarilayotganday tuyuladi. Web 2.0 saytlari foydalanuvchilarga quyidagi imkoniyatlarni beradi: axborotlarni nafaqat qabul qilish, balki dasturlarni faqat brauzerlar orqali bajarish; o’zining ma’lumotlarini joylashtirish va ularni boshqarish. Web 2.0 uchun quyidagi texnologiyalar asosiy deb hisoblanadi: Veb-servislar - bu shunday dasturlarki, ularga kirish HTTP orqali, ma’lumotlarning almashishi esa XML formatida amalga oshiriladi. Veb-servis uni yaratgan kompaniyaning serverida amalga oshiriladi va foydalanuvchi har qachon yangi ma’lumotlarga ega bo’lishlari mumkin. AJAX - JavaScript va XML ni ishlatish metodikasi. U veb-sahifani ma’lumotlar bilan “og’irlashtirmasdan” foydalanuvchining harakatlariga qarab kerakli ma’lumotlarni yuklab beradi. Google o’zining Gmail va Google Maps saytlarini yaratishda AJAX ni faol ishlatganidan keyingina u ommalashib ketdi. Veb-sindikasiya (RSS va Atom texnologiyalari asosida ) - axborot (audio- va video shular qatorida)ning turli sahifa va veb-saytlarga bir vaqtning o’zida tarqalishi. Veb mash-up - boshqa manbalardagi axborotlarni to’liq yoki qisman jalb etgan holda foydalanuvchiga yangi imkoniyatlar beruvchi servis. Shu bilan birga Veb mash-up boshqa Veb mash-up servislar uchun ham manba bo’lishi mumkin. Bunda bir biriga bog’langan va bir biri bilan integrasiyalashgan to’r hosil bo’ladi. Teglar - ko’rilayotgan obyektni ta’riflovchi yoki uni biron kategoriyaga kirituvchi kalit so’zlar. Ularga obyektning boshqa obyektlar qatorida o’rnini ko’rsatuvchi belgi sifatida ham qarash mumkin. Folksonomiya - Inglizcha folk - (xalq) + taxonomy - (taksonomiya) so’zlaridan kelib chiqqan. Teg orqali veb-sayt axborotini (ishora, surat, video va h.k.) turlash. Ijtimoiy tarmoq dasturiy ta’minoti - Veb foydalanuvchilarga axborot almashish va birgalikda ishlash imkoniyatini beruvchi dasturlar ko’lami. Web 2.0 ning kamchiliklari: Internetga doimo ulangan bo’lishi; Saytlarning imkoniyatlari ularni yaratgan kompaniyalarga bog’liqligi; Servislarning ish sifati boshqa ko’plab kompaniyalarga bog’liqligi; Mavjud veb-infrastrukturalarining murakkab hisob-kitob vazifalarni bajarishdagi imkoniyatlarining cheklanganligi; Boshqa serverda saqlanayotgan shaxsiy ma’lumotlarga ruxsat so’ramasdan egalik qilish. Meshaplar Download 4.35 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling