O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi termiz davlat pedagogika instituti pedagogika va san’at fakulteti «umumiy psixologiyа»


-mavzu: Diqqat va hayol haqida tushuncha


Download 1 Mb.
bet47/158
Sana31.01.2024
Hajmi1 Mb.
#1829490
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   158
Bog'liq
О`збекистон республикаси олий ва о`рта махсус-fayllar.org

6-mavzu: Diqqat va hayol haqida tushuncha.
Reja:
1. Xayol va diqqat haqida
2. Diqqatning nerv fiziologik asosi va xususiyatlari
3. Xayolning nerv fiziologik asosi va xususiyatlari


1. Diqqat va hayol haqida tushuncha. Avlod-ajdodlarimizning hayotiga doir tarixiy kitoblarni o‘qiyotganimizda yoki bo‘lmasa, o‘qituvchining uzoq chet el mamlakati haqidagi qiziqarli gaplarini eshitar ekanmiz, yuqoridagi narsalarga nisbatan tasavvurlar hosil bo‘ladi. Xayol qilish jarayonida idrok qilingan obrazlar orqali hosil qilingan tasavvurlar va bunday tasavvurlarni ongimizda xotira orqali orttirilishi tufayli yuzaga keladi. Demak, xayol jarayonining bo‘lishi uchun xotira tasavvurlarining bo‘lishi shart. Shuning uchun xayolning rivojlanishi insonning bilim boyligi, turmush tajribasi bilan bog‘liq.
Xayol deb odamning ongida ilgaridan bor bo‘lgan vaqtli aloqalarning (assotsiatsiyalarni) qaytadan tiklanishi va bir-biri bilan yangicha qo‘shilishi orqali narsa va hodisalarning yangi obrazlarini hosil qilishga aytiladi.
Xayol – obraz tasavvur yoki g‘oya shaklida yangi narsaning yaratilishi, ong faoliyati, ya’ni ilgari idrok qilinmagan narsalarning obrazlarini mavjud tasavvurlar asosida miyada yaratishda ifodalanadigan faoliyatdir.
Xayolning inson hayotidagi o‘rni juda kattadir. Istalgan mehnat faoliyatini oladigan bo‘lsak, xayolning ishtirokisiz deyarli amalga oshirib bo‘lmaydi. Masalan, biror narsa yasash biror o‘simlikni o‘stirish uchun qo‘lga kiritiladigan natijalarni oldindan bilish, ya’ni xayolda tasavvur etib ko‘rish lozim bo‘ladi. Shuning uchun xayol juda ko‘p faoliyatlarning tarkibiy qismiga kiradi.
Kishining butun ruhiy hayoti shaxsning bilish faoliyati va emotsional irodaviy holatlari bilan uzviy bog‘liq. Xayol idrok xotira tafakkur kabi mantiqiy bilish jarayonlari bilan uzviy bog‘liq holda rivojlanadi. Xayolning mahsuli shundaki, u orqali avvalgi tajribalar qayta ishlanadi. Xayol tafakkur bilan shunday bog‘liq-ki, xayol ham, tafakkur, ham muammoli vaziyatlardan kelib chiqadi va shaxs ehtiyojlariga asoslanadi. Tafakkurda fikrlar, tushunchalar asosida ifodalanadi.
Odam ayrim narsalarga o‘z diqqatini ongli ravishda o‘zi hohlab qaratsa, boshqa bir narsalar diqqatni beixtiyor ya’ni bizning hohishimizdan tashqari jalb qiladi. Odam psixik faoliyatining muayyan ob’ektga yo‘naltirilishi va to‘planishida ifodalanadigan diqqat quyidagi turlarga bo‘linadi.
  • Diqqatning aktivligiga qarab - ixtiyorsiz, ixtiyoriy va ixtiyoriydan so‘nggi diqqat.


  • Diqqatning ob’ektiga qarab - tashqi va ichki diqqat.


  • Diqqatning faoliyat turlariga qarab – individual, guruhiy va jamoaviy diqqat


Ayrim adabiyotlarda diqqatning ikkita va ayrimlarida uchta deb ko‘rsatiladi. Ular ixtiyorsiz diqqat, ixtiyoriy diqqat va ixtiyoriydan so‘nggi diqqat turlaridan iboratdir.



Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling