O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi termiz davlat pedagogika instituti pedagogika va san’at fakulteti «umumiy psixologiyа»
Download 1 Mb.
|
О`збекистон республикаси олий ва о`рта махсус-fayllar.org
Odamni ishlashga majbur qiluvchi motiv uning ovqatlanish ehtiyoji bo‘lishi mumkin. Biroq odam, masalan, dastgohni ochlik ehtiyojini qondirish uchun boshqarmaydi. Inson faoliyatining mazmuni jamiyat talab qiladigan biron mahsulotni tayyorlash maqsadi bilan belgilanadi. Faollik manbai bo‘lgan faoliyat yaxshi anglab olingan maqsad bilan belgilanadi.Yuqoridagi jadvalda inson faoliyati bilan hayvonlar hatti-harakati o‘rtasidagi farqlar aks ettirilgan. Faoliyat faollikni anglab olingan maqsad bilan boshqaradi. Faoliyatni anglash qanday darajada bo‘lmasin maqsadni anglash hamma vaqt ham zaruriy belgi sifatida qolaveradi. I.M.Sechenov fiziologik organlar va tizimlar faolligi yoki ishi to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lgan, shu sababdan uning asarlarida “Tafakkurning faol shakli”, “Tafakkur faoliyati”, “Miya faoliyati”, “Muskul faoliyati” so‘z birikmalar keng ko‘lamda joy olganligi I.P.Pavlov tomonidan “Oliy nerv faoliyati”, N.A.Bernshteyin esa “Fiziologik faolligi” atamani fan olamiga olib kirgan. Lekin N.A.Bernshteyn faollik, faoliyat, ish, mehnat tushunchalarini ma’nosiga ko‘ra farqlagan bo‘lishiga qaramay, u aksariyat hollarda faollikni faoliyat ma’nosida qo‘llagan.Psixofiziologiyada faoliyat faollikni fiziologik ma’nosi sifatida talqin qilingan bo‘lsa, ish, mehnat faoliyati, “mehnat faolligi” mazmunida qo‘llaniladi. Ijtimoiy psixologiyada “Faoliyat – faollik – ish - mehnat”, “Faoliyat - xulq”, “mehnat – xulq, faoliyat” ko‘rinishlari juftligi uchrab turadi. S.L.Rubinshteyn ong va faoliyat birligi tamoyilini ilgari surib, uni atroflicha asoslab berib, faoliyat psixologiyasini yaratish zarurligini tushuntira oldi. Uningcha, mehnat psixologik emas, balki “ijtimoiy kategoriya”, psixologiya esa “mehnat faoliyatining psixologik jabhalarini” tadqiq etadi. A.N.Leontev faoliyatning psixologik nazariyasini yaratib, uning asosiy tushunchasi sifatida “Predmetli faoliyat” so‘z birikmasini fanga olib kirdi. Muallif tomonidan “Odamning hissiy amaliy faoliyati” so‘z birikmasi “ijtimoiy inson” sifatida talqin etiladi. Uning asarlarida “Faoliyat”, “Xulq” tushunchalari har xil mazmunda ishlatiladi, jumladan “Teskari aloqalar vositasida xulqni boshqarish”, “Faoliyatning halqali tuzilishi”, “Faoliyatni boshqarish”, “Qo‘lning tuyush faoliyati”, “Perseptiv faoliyat”, “Retseptor va effektor” apparatlarining hamkorlik faoliyati kabilar. B.G.Ananev faoliyat psixologiyasini faollik psixologiyasi ma’nosida tushunadi. Uning fikricha bilish va muomala faoliyatning birlamchi ko‘rinishidir. Tadqiqotchi “Inson faoliyati”, “Tashkiliy ish”, “Tashkilotchilik faoliyati”, “Xulq jarayonining algoritmlari” atamalaridan har xil ma’noda foydalanadi. Download 1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling