O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi termiz davlat pedagogika instituti pedagogika va san’at fakulteti «umumiy psixologiyа»


Download 1 Mb.
bet90/158
Sana31.01.2024
Hajmi1 Mb.
#1829490
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   158
Bog'liq
О`збекистон республикаси олий ва о`рта махсус-fayllar.org

Pantomimika - inson tanasi yoki uning qismlari yordamida ifodalanadigan harakatlar tizimidir.
Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, kundalik muloqot jarayonida so‘zlar 7% ni, tovushlar va intonatsiya 38% ni, nutqsiz muloqot esa 55% ni, tashkil qiladi.Publitsiy aytganidek, biz «Ovoz bilan gapiramiz tana bilan suhbatlashamiz». Noverbal kommunikatsiyaning boshqa belgilar tizimini ko‘rib chiqaylik.Paralingivistik va ekstralingvistik belgilar tizimi - bu lokalizatsiya tizimi bo‘lib, u ovoz sifatida diapozonini nutqdagi pauzalar, yo‘tal, yig‘i, kulgu, nutq tempida namoyon bo‘ladi.Muloqot jarayonida muloqotga kirishuvchilarni bir-birlariga nisbatan joylashishlari ham muhim ahamiyatga ega. Masalan, auditoriyadagi stollar joylashishi muloqot uchun juda noqulaydir. Ayniqsa, seminar mashg‘ulotlari jarayonida o‘qituvchi, ma’ruzachi muloqoti vaqtida qolganlari munozarada faol ishtirok etish imkoniyatiga ega emasdirlar.Seminarlarni yoki shu kabi suhbatlarni «T» shaklida joylashgan stol stullarda o‘tkazish ham foydali, lekin dumaloq shaklda joylashtirilgan stol, stullarda muloqot juda samaralidir.Vizual muloqotda «ko‘z kontakti» belgilar tizimi ham qo‘llaniladi. Ushbu tizim pedagoglar, rahbarlar ish faoliyatida muhim ahamiyatga egadir.Qiziqarli belgilar tizimi sifatida muloqot jarayonida gul, fotorasm va boshqalardan foydalanish mumkin. Ehtimol gullar orqali insonlar ma’lum bir ma’lumotni uzatish imkoniyatiga egalar. Shu bois gullar tarixi haqida ayrim ma’lumotlarni keltiramiz. Gullar tili qadimda Sharqda paydo bo‘lgan. Uni ayollar yaratishgan. O‘z yuzlarini ochish imkoniyatiga ega bo‘lmagan ayollar o‘z hislarini va kayfiyatlarini gullar orqali ifodalashga harakat qilganlar. Assotsiatsiya sifatida paydo bo‘lgan belgilar qat’iy odatlarga aylangan. Masalan, azaliya guli sog‘inch, yolg‘izlik, gnatsint g‘unchalarining soni uchrashuv kunini, qo‘ng‘iroq gullar soni uchrashuv vaqtini anglatadi.XIX asrga kelib, gullar tili dastlab Fransiyada, so‘ng Angliya va butun jahonga tarqalgan. Asta-sekin gullar tili bilan ranglar tili ham yuzaga keldi. Jumladan, Yevropaning ko‘p davlatlarida siyoh rang do‘stlik, hashamatlilik, to‘kinlik ramzi bo‘lsa, Yaponiyada-g‘am og‘riq belgisi bo‘lgan. Har qaysi rang ma’lum holat, kayfiyat ma’nosini anglatadi. Jumladan qizil rang hayot, sevgi, pushti - yoshlik, sariq - baxt, quyosh, to‘y, xursandchilik, yashil - tinchlik, xotirjamlik, ko‘k- ishonch, vafo, qora tantanavorlik, qayg‘u, oq - poklik, beg‘uborlik ramzi sifatida tushuniladi.

Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling