O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi termiz davlat pedagogika instituti


Sportchi umumiy va maxsus tayyorgarligining birligi


Download 381.74 Kb.
bet6/12
Sana16.01.2023
Hajmi381.74 Kb.
#1096343
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
15-MAVZU

Sportchi umumiy va maxsus tayyorgarligining birligi - Sportda ixtisoslashish sportchining har tomonlama rivojlanishini inkor etmaydi. Aksincha organizmning funksional imkoniyatlarini umumiy yuksaltirish, jismoniy va ruxiy qobiliyatlarini har tomonlama rivojlantirish asosidagina tanlangan sport turida mumkin qadar ko’proq yutuqqa erishiladi. Sport amaliyotidagi butun tajriba ham, nazariy va eksperimental tadqiqotlarning juda ko’p ma’lumotlari ham ana shuni ta’kidlaydi (A.N.Krestovnikov, G.V.Vasilev, N.G.Ozolin, L.P.Matveev, N.N.Yakovlev, X.Mittensvey va boshqalar).
Sport yutuqlari sportchining har tomonlama taraqqiy etganligiga bog’liqligining ikkita asosiy sababi bor. Birinchidan, organizmning ajralmas ekanligi - uning barcha a’zolari, sistema va funksiyalari faoliyat va taraqqiyot jarayonida o’zaro uzviy bog’liqdir. Qaysi jismoniy sifat ko’proq, qaysinisi kamroq rivojlanishi zarur ekani, har qaysi sport turining o’ziga xos nisbatda bo’lsa-da, biron jismoniy qobiliyatni g’oyat yuksak darajada rivojlantirishi uchun organizm funksional imkoniyati umuman yuksak bo’lishi shart, ya’ni har tomonlama rivojlanish jarayonidagina bunga erishish mumkin degan umumiy qonuniyat ham hamisha kuchda qoladi. Ikkinchidan, turli harakat malakalari va mahoratlari o’zaro hamkorlikda ishlaydi. Sportchi tomonidan o’zlashtirilgan harakat malakalari va mahoratlari doirasi qanchalik keng bo’lsa (albatta tanlangan sport turining o’ziga xos xususiyatlariga bog’liq bo’lgan ma’lum me’yorda) harakat faoliyatining yangi formalarini yaratish va ilgari o’zlashtirilganlarini takomillashtirish uchun shunchalik qulay asos mavjud bo’ladi. Yangi harakat formalari ilgari tarkib topgan formalar asosida paydo bo’ladi va ularning u yoki bu elementlarini o’z ichiga oladi. Xilma-xil harakat koordinatsiyalarini o’zlashtirish jarayonida bu yo’lda uchraydigan qiyinchiliklarni yenga borish natijasida harakat faoliyatini yana ham takomillashtirish qobiliyati, trenirov-kalanish rivojlanishi yana ham muhimroqdir.
Demak, sportda takomil topishning ob’ektiv qonunlari sport mashg’uloti chuqur ixtisoslashtirilgan jarayon bo’lishi bilan birga, xar tomonlama rivojlanishga olib kelishini talab qiladi. Shunga ko’ra sport trenirovkasida umumiy va maxsus tayyorgarlik bir-biriga mahkam qo’shib olib boriladi.
Shu narsa muhimki, umumiy va maxsus tayyorgarlikning organik hamohangligi faqat sport takomillining qonuniyatlariga javob beribgina qolmay, balki hamma narsa insonni har tomonlama o’stirishga qaratilgan tarbiya sistemasining umumiy qonuniyatlariga ham mos keladi. Shuning uchun umumiy va maxsus tayyorgarlik birligini shaxsni har tomonlama rivojlantirishning umumiy prinsipini sport mashg’ulotida aniq ifoda etadigan sport maktabining eng muhim prinsipi deb qarash zarur.
Sportchining umumiy va maxsus tayyorgarligini birligi degan so’z sport yutuqlariga erishishga hamda oqibat natijada sportdan tarbiya vositasi sifatida foydalanishga ziyon yetmazmay turib, bu birlikning qaysidir tomonini mashg’ulotdan olib tashlab bo’lmaydi, demakdir. Umumiy va maxsus tayyorgarlikning birligi shuningdek, ular mazmunining bir-biriga bog’liq ekanligi bilan ham ifodalanadi, chunki umumiy jismoniy tayyorgarlikning mazmuni, yuqorida ko’rsatib o’tilganidek, tanlangan sport turining xususiyatlariga qarab belgilanadi, maxsus tayyorgarlikning mazmuni esa umumiy tayyorgarlik natijasida paydo bo’lgan shart-sharoitlarga bog’liq bo’ladi.
Umumiy va maxsus tayyorgarlik birligini dialektik tarzda qarama-qarshi birlik sifatida tushunmoq kerak. Mashg’ulot vaqtida, bu birlik tomonlarining har xil ishga birdek foyda keltiravermaydi. Har bir aniq holatda ma’lum me’yor mavjud bo’lib, uning buzilishi sportda taraqqiyotga erishishga halaqit beradi. Bu me’yor tanlangan sport turining o’ziga xos xususiyatlariga hamda boshqa bir qator shart-sharoitlarga bog’liq. Amalda mashg’ulot jarayonining ayrim etaplarida umumiy tayyorgarlikka yetarli baho bermaslik hollarini ham, unga haddan tashqari ko’p o’rin berib yuborish hollarini ham kuzatish mumkin. Bu yana shu bilan murakkab-lashadiki, umumiy va maxsus tayyorgarlikning optimal nisbati doimiy bo’lib qolmay, balki sport takomilining turli etaplarida qonuniy suratda turlicha o’zgarib turadi. Hozir bu muammo garchi to’liq hal etilmagan bo’lsa-da, mazkur o’zgarishlarning asosiy tendensiyalari aniqlab chiqilgan. Mazkur muammoning qanday hal etilishini bir yillik va ko’p yillik mashg’ulot strukturasiga tavsif berilishi munosabati bilan quyida ko’rsatiladi.

Download 381.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling