O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi termiz davlat pеdagogika instituti pedagogika fakulteti


Pedagogik konfliktlarning rivojlanish


Download 0.72 Mb.
bet3/6
Sana21.01.2023
Hajmi0.72 Mb.
#1106967
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Pedagogik kanfliktlarni bartaraf etishda pedagogik hamkorlik-fayllar.org

1.2. Pedagogik konfliktlarning rivojlanish darajasi va bosqichlari
Eng yangi davrga kelib konfliktlar nazariyasi yanada rivojlantirildi.
Konfliktlarni tadqiq qilishning nazariy jihatlarini ishlab chiqishda amerikalik sotsiolog Tolkott Parsons (1902-1979) tomonidan asoslantirilgan tashkilotning tuzilmaviy funktsional modeli muhim o’rin egallaydi. U jamiyatga insonlar o’rtasidagi munosabatlar tizimi, normalar va qadriyatlarga uni bog’lovchi bo’g’in deb qaragan. U quyidagi qoidalarga amal qilgan: a) har qanday ijtimoiy tizim nisbatan barqaror, doimiy va yaxshi tashkil etilgan tuzilmadan iborat ; b) bu tizimning har bir elementi muayyan funktsiyani bajarishi bilan tizim barqarorligini saqlashga o’z ulushini qo’shadi; v) bu ijtimoiy tuzilmaning amal qilishi zarur barqarorlik va hamkorlikni ta’minlovchi jamiyat a’zolarining qo’llab-quvvatlashiga asoslanadi.
Parsonsning fikricha, ijtimoiy harakatning me’yoriy komponenti quyidagi to’rtta darajada namoyon bo’ladi: organizm, shaxs, ijtimoiy tizim, madaniyat. Konfliktning bo’lishi ijtimoiylashuv jarayonining o’zida mavjud, bunda inson nafaqat ijtimoiy tizimning namoyon bo’lish usullariga, shuningdek, tegishli madaniyatning me’yorlari va qadriyatlariga ham jalb qilinadi. Ijtimoiylashuv jarayonida organizmning ichki fiziologik ehtiyojlari bilan insonning ijtimoiy munosabatlardagi ehtiyojlari o’rtasida shakllanadigan nomuvofiqlik, muayyan tanglik konfliktga aylanishi mumkin.
Bunda ijtimoiy tizimning ichki qarama-qarshiligini, va demak, konfliktlarni vujudga kelishining realligini tan olinishi juda muhim edi. Biroq , umuman olganda, Parsons tizim elementlari o’rtasidagi konfliktsiz , “uyg’un“ munosabatlar tarafdori bo’lgan. U konfliktni ijtimoiy anomaliya, o’ziga xos kasallik va uni engish zarur deb hisoblagan.
Ijtimoiy konflikt tabiatiga nisbatan Parsons tomonidan bildirilgan nuqtai nazar XX asrning 30-40-yillarida “kishilar munosabatlari “ maktabi vakillari tomonidan qo’llab-quvvatlangan. Ular ham sanoati rivojlangan mamlakatlar qurishi kerak bo’lgan jamiyatning tabiiy holati uyg’unlik va ijtimoiy konsensus holati bo’lishi lozim deb hisoblaganlar.
Bu maktabning yirik vakili, Garvard universiteti professori Elton Meyo (1880-1949) “hozirgi zamonning bosh muammosi“ bo’lgan “sanoatda tinchlik“ni o’rnatishga yordam qilish zarur deb ta’kidlagan. U konfliktni xavfli “ijtimoiy illat“ deb bilgan. Undan iloji boricha qochish kerak, “ijtimoiy muvozanat“ga va “hamkorlik holati“ga intilish kerak.
Turli mamlakatlar olimlari hech bir nuqsonsiz faoliyat ko’rsatadigan va boshqariladigan tashkilotlarda ham konfliktlar paydo bo’lishiga e’tibor qaratganlar. Bu holat barqaror konsensusni ta’minlashga qodir qandaydir ijtimoiy tizim modeli borligiga shubhalanishga olib keldi. SHu bilan birga konfliktlarga o’sib o’tuvchi ijtimoiy ziddiyatlarning tabiiy muqarrarligi va qonuniy xarakter kasb etishini hisobga olish zarurligini tushunish ham mustahkamlanib bordi. Natijada XX asrning 50-yillarida AQSH, Germaniya, Frantsiya va qator g’arb mamlakatlarida konfliktning hozirgi zamon kontseptsiyalari shakllandi va keng tarqaldi.
Hozirgi zamon tadqiqotchisi amerikalik Lyuis Kozer 1956 yilda nashr qilgan “Ijtimoiy konflikt funktsiyalari“ nomli kitobida konfliktli munosabatlarsiz ijtimoiy guruhlar mavjud bo’lmasligini hamda ijtimoiy tizimlarning amal qilishi va almashinishida konfliktlarning ijobiy amaliy ahamiyat kasb etishini to’g’ridan-to’g’ri ko’rsatdi. Uning fikricha, butun jamiyatning barqarorligi unda mavjud konfliktli munosabatlarning miqdoriga va ular o’rtasidagi aloqalar tipiga bog’liq.
L.Kozerning ijobiy-funktsional konflikt nazariyasining mohiyati shundaki, konfliktlar jamiyat uchun begona, anomal hodisa emas ; ular ijtimoiy tizim ichki holatining, undagi alohida shaxslar va ijtimoiy guruhlar o’rtasidagi odatiy munosabatlarning elementi, mahsulidir. Uning fikricha, konfliktlar muhim funktsiyalarni bajaradilar, ular vaqti-vaqti bilan jamiyatdagi tarang vaziyatni yumshatish, alohida shaxslar va ijtimoiy guruhlar o’rtasidagi ziddiyatlar va kolliziyalarni hal etish usuli sifatida zarurdir.
Nemis sotsiologi Ralf Darendorf jamiyatning konfliktli modeli kontseptsiyasini ishlab chiqqan. Uning 1965 yilda chop etilgan “Sinfiy tuzilma va sinfiy konflikt“ asarida har bir jamiyat hukmronlikka, majburlash va bo’ysunishga asoslangan deb hisoblaydi. Qarama-qarshiliklar, konfliktlarning bo’lishiga sabab, faqat odamlarning ijtimoiy notenglikka mahkumligi emas, shu bilan birga hokimiyat, shon-shuhrat, avtoritet uchun bo’lgan kurash, boshqaruv munosabatlaridagi noteng mavqega ega bo’lishdir, bunda bir xil odamlar faqat buyruq berish huquqiga, boshqa odamlar bu buyruqlarni bajarishga va bo’ysunishga majburdirlar.
Darendorf konfliktlarni ijtimoiy hayotda bartaraf etib bo’lmaydigan va har qanday ierarxik tizimga xos xususiyat deb hisoblaydi. Biroq, odamlar konfliktlarni tartibga solish imkoniyatiga egadirlar. Buning uchun uchta shartning bo’lishi zarur: birinchidan, konfliktlashuvchilarning tafovutlanishini va qarama-qarshiligini tan olish ; ikkinchidan, taraflarning, shu jumladan, jamiyatning uyushganlik darajasi qanchalik yuqori bo’lsa, bitimga kelishish shuncha engil bo’ladi ; uchinchidan, konfliktda ishtirok etuvchi taraflar o’rtasidagi munosabatlarni saqlashga olib keluvchi muayyan qoidalarning o’zaro maqbulligi.
Konfliktlarning umumiy nazariyasi deb nomlangan kontseptsiyaga amerikalik sotsiolog va iqtisodchi Kennet Boulding asos solgan. U ham konfliktlar hamma erda uchrashi, odamlar o’ziga o’xshaganlarga nisbatan doimiy dushmanlik qilishga va kurash olib borishga intilishlarini ko’rsatib, zo’rlik ishlatish eskalatsiyasi inson tabiatida yotadi deb bilgan. SHu bilan birga konfliktlar umumiy xususiyatlar bilan paydo bo’ladi va rivojlanadi, yagona elementlar orqali namoyon bo’ladi deb ko’rsatgan hamda ularni ijtimoiy sharoitlardan ajratib bo’lmasligini , ularning oldini olish va engish mumkinligini ta’kidlagan. Boulding fikricha, konfliktlarni barham toptirishga qaratilgan “ijtimoiy terapiya“ asosini uchta narsa tashkil qiladi : yuzaga keluvchi qarama-qarshiliklar sababini tushunish ; ularni tugatishning kelishilgan usullarini oqilona tanlash ; insonlarning ma’naviy takomillashuvi .
Konfliktning hozirgi zamon kontseptsiyalarida kishilarning har qanday harakatlari, shu jumladan, konfliktli harakatlari ham ijtimoiy mohiyat kasb etishi, ularning u yoki bu darajada ijtimoiy muhit bilan bog’liqligi haqida fikr mavjud. Konfliktni, uning sababini, namoyon bo’lish sohasi va shaklini, tartibga solish usulini faqatgina jamiyat, ayniqsa, inson tabiatini, ijtimoiy munosabatlar mohiyatini va insonlarning o’zaro munosabatlarga kirishish qonuniyatlarini chuqur anglash asosida tushunish mumkin.
“Inson“ mezoni, inson mohiyati, uning jamiyatda tutgan o’rni va ijtimoiy tayinlanishi haqidagi masalalar hozirda ham konfliktlarni tushunishda belgilovchi muhim asosdir.
Hozirgi zamon konflikt tadqiqotlarida ikkita asosiy yo’nalish uzil-kesil shakllangan. Birinchi yo’nalish Farbiy Evropada( Frantsiya, Gollandiya, Italiya, Ispaniya) keng tarqalgan bo’lib, u konfliktlarni o’rganish bilan shug’ullanuvchi institutlar faoliyati bilan bog’liq. Ikkinchi yo’nalish AQSHda keng tarqalgan bo’lib, tinchlik muammolarini tadqiq etuvchi institutlar faoliyati bilan bog’liq. Bu institutlarning maqsadlari bir-biriga juda o’xshash, biroq ularga turli metodologik yondoshuvlar asosida erishiladi. Bir xil tadqiqotlarda g’alabaga erishish yo’llari haqida fikrlar birlamchi ahamiyatga ega, ya’ni: “Tinchlikni xohlasang, urushni o’rgan“. Tinchlikni tadqiq qiluvchi institutlar xodimlari tinchlik va kelishuv muammolariga birinchi darajali ahamiyat beradilar. Konfliktlar va ularni hal qilish yo’llariga bo’lgan umumiy qiziqishning ortishi shu darajaga etdiki, siyosiy fanlar Xalqaro assotsiatsiyasining Butun jahon kongressi (Seul,1997) mazkur masalaga bag’ishlandi.
Sobiq Sovet Ittifoqida ijtimoiy konflikt muammolari uzoq yillar davomida ijtimoiy fanlar uchun yopiq mavzu bo’lib keldi. Garchi turli darajadagi konfliktlarning muayyan turlarini huquqiy fanlar an’anaviy tarzda o’rgangan bo’lsalar-da ( xalqaro huquq - davlatlar o’rtasidagi konfliktlarni, fuqarolik huquqi – mulkiy nizolarni, jinoyat huquqi – jinoiy vaziyatlarni o’rgangan), pedagogik konfliktologiya fan sifatida umuman rivojlanmagan.
Hozirda dunyo mamlakatlarida va MDH davlatlarida konfliktning umumtan olingan nazariyasi uzil-kesil ishlab chiqilmagan, konfliktologiyaning ahamiyati va o’rnini tavsiflovchi metodologik yondoshuvlarda jiddiy tafovutlar mavjud.
Konfliktli vaziyatlarni hal etishda kuch ishlatishga bo’lgan yondoshuvning inkor etilishi. Har qanday fan muayyan metodga, ya’ni o’rganadigan hodisalar va jarayonlarni bilishning usuli (yoki usullari yig’indisi)ga ega. Pedagogik konfliktologiya fan sifatida jadal shakllanish bosqichida. SHu bois unga tayyor, mukammal haqiqatlar va bilimlar majmui sifatida qarash mumkin emas. Unda hali davlat-huquqiy amaliyotning ko’p qiyin muammolarini hal qilishga yo’naltirilgan metodlar va yo’llarning keng tizimi uzil-kesil qaror topmagan.
Konfliktologiya psixologiya, huquq nazariyasi, huquq sotsiologiyasi tamoyillari asosida olib boriladigan ilmiy tadqiqotlarning kompleks yo’nalishi bo’lganligi sababli bu fanlarda mavjud bo’lgan ilmiy bilishning metodologik tamoyillari va usullaridan foydalanadi. O’z navbatida uning o’zi bu fanlarni o’z tadqiqotlarining natijalari va metodologik yutuqlari bilan boyitadi.
Metodologiya demokratik jamiyat uchun eng maqbul bo’lgan hamkorlik strategiyasini, konfliktlarni kelishish orqali hal etish, konsensusga erishish yo’llarini nazarda tutadi. SHu nuqtai nazardan kelib chiqib, pedagogik konfliktologiyaning muhim metodologik tamoyili - konfliktli vaziyatlarni hal qilishda kuch ishlatishni inkor etish ekanligini ta’kidlash o’ta muhimdir.
Insoniyatning tarixiy o’tmishi zo’rlikning oqibatda behuda ekanligini tushunishga, maqbul va muqobil qarorlarni izlab topishga undaydi.

Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling