O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi termiz davlat pеdagogika instituti pedagogika fakulteti


Asosiy yondoshuvlar. Fan metodologiyasi


Download 0.72 Mb.
bet4/6
Sana21.01.2023
Hajmi0.72 Mb.
#1106967
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Pedagogik kanfliktlarni bartaraf etishda pedagogik hamkorlik-fayllar.org

Asosiy yondoshuvlar. Fan metodologiyasi. Ilmiy metodologiyaga falsafiy dunyoqarash bilan belgilanuvchi tadqiqotning muayyan bosh tamoyillari, mantiqiy usullari va maxsus metodlarini qo’llash sifatida qarash mumkin.
Pedagogik konfliktologiyaning metodologik asosi etarli darajada murakkabdir. U umumlashganlik darajasi va bilish vazifalariga qarab turlicha usullarni o’z ichiga oladi, ya’ni:
barcha aniq fanlarda va ilmiy bilishning turli bosqichlarida qo’llaniladigan umumiy falsafiy metodlar ;
muayyan huquqiy hodisalar va jarayonlarni bilishda foydalaniladigan maxsus yoki xususiy metodlar: statistik, aniq-sotsiologik, qiyosiy-huquqiy, psixologik, matematik metodlar.
Falsafiy ta’limotga ko’ra, hissiy va nazariy yondoshuvlar ilmiy bilishning asosiy yondoshuvlari, ilmiy bilishning ikki bosh shakllaridir. Hissiy va nazariy yondoshuvlarning farqlanishi negizida ilmiy bilish, pedagogik sohada esa huquq va davlat hodisalarini, shuningdek konfliktli jarayonlarni ajratib o’rganish yotadi. Birinchi yo’nalish bevosita ob’ektga yo’naltiriladi, kuzatuv va eksperiment ma’lumotlariga tayanadi, ikkinchisi konfliktologiyani o’rganish va tushunish jarayonini rivojlantirish hamda takomillashtirish bilan bog’liq va ob’ektiv borliqni har tomonlama va mukammal bilishni o’z maqsadi deb biladi. Ikkala yondoshuv o’zaro aloqador va biri ikkinchisini taqozo etadi. Hissiy yondoshuv kuzatuv va eksperiment natijasida yangi ma’lumotlarni aniqlashga qaratiladi, nazariy tadqiqotning rivojlanishiga turtki bo’ladi, uning oldiga yangi vazifalarni qo’yadi. Nazariy yondoshuv fanning nazariy mazmunini boyitadi va rivojlantiradi, yangi istiqbollarni belgilaydi, faktlarni izohlaydi, hissiy tadqiqotlarni umumlashtiradi va yo’naltiradi.
Mantiqiy va tarixiy metodlar fanning mavhumlikdan aniqlikka o’tishi bilan bog’liq. Ular nazariyaning mazmunini tashkil etuvchi tushunchalar, ta’riflar, kategoriyalarni ishlab chiqishning tartibi va ketma-ketligini belgilaydi.
Konfliktlarni o’rganishda qaysi metod yoki yondoshuv qo’llanilmasin, ular ijtimoiy-huquqiy hodisalarning rivojlanish dialektikasini e’tiborga olishi kerak.
Fan kategoriyalari. Dialektika qonunlari huquqiy tadqiqotlarda muhim ahamiyat kasb etuvchi bilishning mantiqiy vositalari bilan uzviy aloqada bo’ladilar. Masalan, analiz yordamida yaxlit huquqiy tizim alohida tarkibiy qismlarga bo’linadi (huquq normalari, huquqbuzarlik, pedagogik faktlar va h.) , ularning har biri mustaqil o’rganiladi, so’ng barcha qismlar sintez yordamida o’ziga xos jihatlari bilan umumlashtiriladi.
Dialektikaning asosiy kategoriyalari - umumiy belgilar va aloqadorlikni aks ettiruvchi tushunchalardir, ya’ni bu belgilar va aloqadorlik ijtimoiy hayot hodisalari va predmetlariga hech bir istisnosiz taalluqli bo’ladi, demak, pedagogik konfliktlarga ham xos xususiyatlardir.
Serbiyalik olim R.Lukichning ta’kidlashicha, “Huquqqa xos maxsus metodlarni qo’llash uchun zarur bilimlarga ega bo’lmagan “sof“ dialektikdan yaxshi yurist chiqmaydi. SHuningdek, faqat maxsus, sof professional metodlar doirasida qolib huquqqa eng umumiy, dialektik metod nuqtai nazaridan yondoshmaslik ham yaxshi yurist uchun xos bo’lmagan xususiyat hisoblanadi“.

Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling