DIАZОBIRIKMАLАRDА АZОT CHIQMАSDАN BОRАDIGАN RЕАKTSIYALАR BO`YICHА BАJАRILАDIGАN SINTЕZ
β – naftoloranj sintеzi
Rеaktivlar:β - naftol 1 gr (0,007 mol); sulfanil kislota 2H2O 1,5 gr (0,007 mol); natriy nitrit 0,5 gr (0,007 mol); osh tuzi 3,5 gr; 10 % li o’yuvchi natriy eritmasi 13 ml; 2 n xlorid kislota eritmasi 12 ml.
Stakanda 10 ml 10 % li o’yuvchi natriyning eritmasidan 1 gr β - naftol qizdirib eritiladi (eritma № 1).
Boshqa stakanda 1,5 gr sulfanil kislota (yoki 1,24 gr suvsiz quruq kislota) 3 ml 10 % li o’yuvchi natriy eritmasida qizdirib eritiladi. Bu ishq oriy eritmaga 0,5 gr natriy nitritning 6 ml suvdagi eritmasi quyiladi. Eritma sovitilgandan so’ng, aralashtirib turilgan xolda, muz bilan sovutilgan 12 ml 2 n xlorid kislota eritmasiga asta – sеkin quyiladi (eritma № 2). So’ngra eritma № 2 ga muz bilan sovutilgan eritma № 1 ni quyib, 30 minut aralashtirib turiladi va unga 3,5 gr osh tuzining to’yingan eritmasi solinadi.
β - naftoloranj to’q sariq kristall xolidagi cho’kmaga tushadi. U filtrlanib, sovuq suv bilan yuvilib, filtr qogozlari orasida quritiladi. Miqdori 2 gr atrofida.
Do'stlaringiz bilan baham: |